AQSh va G‘arbiy yevropa mamlakatlari fermer xo‘jaliklarining asosiy
ko‘rsatkichlari
t/r
Ko‘rsatkichlar
Mamlakatlar
AQSh
Germaniya
Fransiya
Angliya
Italiya
1
Fermer xo‘jaliklarining
umumiy soni, ming dona
2115
640
948
230
1850
2
Umumiy yer maydoni,
mln.ga
405
11,5
27,5
18,5
20
3
Shu jumladan:
xaydaladigan,mln.ga
215
7
17
17
14
4
1 ta fermer xo‘jaligiga
to‘g‘ri
keladigan
yer
maydoni, ga
190
18
28
80
11
5
Shu jumladan:
xaydaladigan, ga
100
11
18
26
8
6
1 ta fermer xo‘jaligiga
to‘g‘ri keladigan ishchilar
soni
1,5
1,8
1,6
2,6
0,9
O‘rtacha mahsulot xajmi:
7
1 ta fermer xo‘jaligiga,
ming dollar
85
60
60
87
19
8
1 ishchiga, ming dollar
55,5
33
37
33
20
9
1 ga maydonga, dollar
445
330
210
110
210
11
Rivojlangan mamlakatlar fermer xo‘jaliklarining ish tajribasini
O‘zbekistonda qo‘llash
Rivojlangan
mamlakatlar
fermer
xo‘jaliklarining
ish
tajribasini
O‘zbekistonda qo‘llash natijasida fermer xo‘jaliklari faoliyati rivojlanadi.
Rivojlangan mamlakatlar fermer xo‘jaliklarining ish tajribasiga ko‘ra fermer
xo‘jaliklarini rivojlanishiga kooperatsiya munosabatlarini rivojlanishi katta ta'sir
ko‘rsatmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda fermer xo‘jaliklari o‘rtasida kooperatsiyalar
ularni yagona xo‘jalikka birlashishini ifoda etmaydi, balki iqtisodiy faoliyatini
mustaqil olib boradigan, jismoniy va yuridik shaxs bo‘lgan, hamkorlikda iqtisodiy
manfaatlarini qimoya etadigan fermerlar faoliyati turini aks ettiradi. Hamkorlikdagi
kooperatsiyalarni takomillashtirish orqali kooperatsiyaning quyidagi shakllarini
vujudga keltirish mumkin:
barcha yo‘nalishlarda hamkorlikda faoliyat yurituvchi;
fermer xo‘jaliklariga texnikaviy-servis xizmati ko‘rsatuvchi;
mehnatni hamkorlikda tashkil etish;
yer resurslaridan hamkorlikda foydalanish;
maxsulotni sotish va ta'minot yo‘nalishidagi;
hamkorlikda kredit olish va sug‘urtalash bo‘yicha.
Mehnatni hamkorlikda tashkil etish bo‘yicha kooperatsiyada uning ikki
asosiy, ya'ni ichki xo‘jalik va xo‘jaliklararo turlarini farqlash maqsadga muvofiqdir.
Ichki xo‘jalik kooperatsiyasi oilaviy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Mehnat borasida
hamkorlik qilish bo‘yicha xo‘jaliklararo kooperatsiya, odatda butun ishlab chiqarish
davri davomida (doimiy) yoki ayrim ishlab chiqarish jarayonlari davomida
(vaqtinchalik mehnat kooperatsiyasi) vujudga keladi.
Masalan: bir fermer g‘allachilik bilan shug‘ullanadi, g‘allachilik esa ko‘p
mehnat talab etmaydi. Sheningdek, g‘alla may, iyun oylarida o‘riladi. Natijada
fermer a'zolari vaqtincha ishsiz bo‘lib turadi.
Ikkinchi fermer esa paxtachilik bilan shug‘ullanadi. Paxtachilikda mehnat
kuchi ko‘proq talab etiladi. Agar ushbu ikki fermer o‘rtasida mehnat kooperatsiyasi
bo‘lsa, g‘allachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer a'zolarini uzluksiz ish bilan
ta'minlash imkoniyati yaratiladi, ularning mahsulotlarning xarid qilish quvvati
oshadi.
yer resurslaridan hamkorlikda foydalanish bo‘yicha kooperatsiya.
Bunday kooperatsiyalar yerdan unumli va samarali foydalanish, uning
unumdorligini saqlash maqsadida ikki yoki undan ortiq fermer xo‘jaliklari yer
uchastkalari qo‘shib ishlatishi asosida tashkil etiladi.
Bunda turli ixtisoslashuvga ega bo‘lgan, masalan, birinchisi paxtaga,
ikkinchisi esa bug‘doy yetishtirishga ixtisoslashgan ikkita fermer xo‘jaligining
yagona almashlab ekishni tashkil etish borasidagi yer maydonlaridan hamkorlikda
foydalanishini misol qilib keltirish mumkin. Ushbu xo‘jaliklarda ikki ekinni
yetishtirish uchun sharoit yo‘qligidan ekin maydonlarining qisqarishiga olib keladi.
Ikala fermer hamkorlikda yagona almashlab ekishni tashkil etishi (paxta va
bug‘doyni) mahsulot yetishtirishda sezilarli samaraga erishish imkonini berishi
12
mumkin.
Mahsulotlarni sotish va ta'minot yo‘nalishidagi kooperatsiya.
Agrosanoat ishlab chiqarish sohasida bozor munosabatlarini samarali joriy
etish, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini ishlab chiqarish
vositalari bilan ta'minlash, ularga turli tavsifdagi xizmatlar ko‘rsatish va
yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotishni yaxshi yo‘lga qo‘yish tizimining
mavjudligiga bog‘liqdir. Ushbu tizimda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini
qayta ishlovchi kooperatsiyada– xarid kooperatsiyasi muhim ahamiyatga ega.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilishning ilgari mavjud bo‘lgan davlat tizimi
o‘z o‘rnini yo‘qotayotgan hozirgi vaqtda savdo kooperatsiyalarini tashkil etish o‘ta
dolzarbdir. Bunday turdagi kooperatsiyalarning tashkil etilishi fermerlar uchun
quyidagi qo‘shimcha imkoniyatlar va sharoitlarni yaratadi:
ta'minot ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yiladi;
yetishtirilgan mahsulotlarni tashish va saqlash muammolari hal
bo‘ladi, bu jarayonlar xarajatlari keskin kamayadi;
mahsulotlarni sotish yoki xarid qilish uchun savdo shoxobchalari
tashkil etish imkoniyati tug‘iladi;
mahsulotlarni eksport qilishga qulaylik tug‘iladi.
Bunday kooperatsiyalarni tashkil etilishi kooperatsiya a'zosi bo‘lgan har bir
fermer uchun urug‘ o‘g‘it va tayyor mahsulotlarni tashishda ham talaygina
mablag‘larni iqtisod qilinishiga olib keladi. Bundan tashqari kooperatsiya natijasida
tegishli savdo do‘konlari yoki shoxobchalarni ochish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Kooperatsiyaga birlashganda agroresurslardan kutilayotgan natijalar
quyidagicha bo‘ladi.
Rivojlangan davlatlarda fermerlarga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘p tarmoqli
korxonalar tashkil etilgan. Xo‘jalik-huqukiy maqomiga ko‘ra bu korxonalar bir
nechta guruhlarga, shu jumladan, dilerlik punktlariga bo‘lingan bo‘lib, ular
fermerlar uchun turli texnikalar (yangi,ishlatilgan), ehtiyot qismlar sotuvchi,
shuningdek mashinalarni ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatuvchi savdo
korxonalarini ham o‘z ichiga olgan. Diler va turli uskunalar ishlab chiqaruvchi
korxona o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat prinsiplariga
asoslangan.
Evropa mamlakatlaridagi fermerlar kooperatsiyasi mayda mahsulot ishlab
chiqaruvchilarga xizmat ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, yirik
korxonalarning tazyiqini qaytarish, o‘z o‘rni va manfaatlarini himoya qilish
maqsadida fermerlar ixtiyoriy ravishda birlashib, ishlab chiqarish vositalarini
yetkazib beruvchi ta'minot kooperativlarini tuzadilar. Bu yirik yetkazib berish bilan
shug‘ullanuvchi firmalar, dilerlik xizmati monopoliyasidan chiqish va bozor
raqobatchisini ta'minlovchi omil hisoblanadi.
Rivojlangan davlatlarda fermer xo‘jaliklarining turli xil kooperatsiyalarga
birlashishi bo‘yicha boy tajriba to‘plangan. Bir qator davlatlarning qishloq xo‘jaligi
sohasidagi erishgan yutuqlariga ko‘p jihatdan turli xil kooperatsiyalarning tashkil
etilishi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi sabab bo‘lgan.
Fermerlar ishlab chiqarish, ta'minot, xizmat ko‘rsatish, marketing va boshka
shu kabi kooperatsiyalarga birlashganlar.
13
Rivojlangan mamlakatlarda kooperativlarning soni fermerlar sonidan ancha
ko‘p. Chunki, odatda fermer bir vaqtning o‘zida 2 — 3 ta, ba'zi hollarda esa 4—5 ta
kooperativlarga a'zo bo‘ladi. AQSh qishloq xo‘jaligi departamentining
ma'lumotlariga ko‘ra, har 5 ta tovar firmasining egasidan 4 tasi fermerlar
kooperativlari xizmatidan foydalanadi.
Kooperatsiya bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularning eng
muhimlari kooperativ o‘z a'zolarining umumiy mulki sifatida bo‘lishi,
boshqarishning demokratik asosga qurilganligi va boshqalardir. Bu mamlakatda
kooperativlarning bir necha turlari faoliyat ko‘rsatadi. Servis kooperativlari, sotish
bilan shug‘ullanuvchi kooperativlar ana shular jumlasidandir. Kooperativlar orqali
sotilayotgan mahsulotlarning 90 foizini don, chorvachilik mahsulotlari, sabzavot va
meva tashkil qiladi. Kooperativlar orqali urug‘lik, chorva ozuqasi, o‘g‘it,
pestitsidlar, yonilg‘i-moylash va qurilish materiallarining qariyb 80 foizi sotib
olinadi.
Kooperativlar esa fermer xo‘jaliklarini sug‘urtalash, kreditlash, aloqa
tarmoqlarini o‘rnatish, melioratsiya, transport xizmati, chorva mollarini sun'iy
qochirish, tuproqqa ishlov berish, yangi texnologiyalarni qo‘llash va boshqa sohalar
bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.
Xususan, AQShdagi "Heartland" kooperativining tajribasi
1
diqqatga sazovor.
Mazkur kooperativ fermerlarni mineral o‘g‘it, zaharli kimyoviy vositalar, urug‘lik
bilan ta'minlaydi. Kooperativning zaharli kimyoviy vositalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
olish bo‘yicha yevropadagi kimyo zavodlar bilan shartnomasi mavjud. Shu bilan
birgalikda kooperativ fermerlar buyurtmasiga binoan ularning o‘simliklariga
kimyoviy ishlov berish xizmatini ham ko‘rsatadi. Buning uchun barcha zarur texnika
vositalari mavjud. Kooperativ fermerning buyurtmasiga binoan mineral o‘g‘itlarni
sof yoki aralashtirilgan holda fermerning dalasiga yetkazib beradi.
Shu bilan birga fermer xo‘jaliklari soya, makkajo‘xori donlarini sotib olish
bilan ham shug‘ullanadi. Fermerlar o‘z mahsulotlarini xohlagan paytda
kooperativga olib kelib sotishlari mumkin. Kooperativ mahsulot sifatini tekshirib,
uni Chikago Tijorat Birjasidagi (Chisado Mercantile Exchange) narxlardan sal
pastroq narxda sotib oladi. Eng muhimi, kooperativ o‘zi yetkazib berayotgan
resurslarni fermerlar tomonidan sotib olinishini o‘zi moliyalashtiradi. Ya'ni,
kooperativning mijozi bo‘lgan fermerda urug‘lik, mineral o‘g‘it yoki boshqa turdagi
resursni sotib olish uchun mablag‘ yetishmasa, kooperativ unga imtiyozli kredit
beradi.
Fransiyada fermerlarning kooperativ harakati XIX asrning ikkinchi yarmidan
boshlangan. Bunday kooperativlar dastlab fermerlar huquqlarini himoya qilish bilan
shug‘ullangan. Keyinchalik fermerlar mahsulotini sotish, ularni qayta ishlash va
boshqa xizmat ko‘rsatish ishlari bilan xam shug‘ullana boshlagan.
Kooperativlar Fransiyani qishloq xo‘jaligi mahsulotlari import qiladigan
davlatdan eksport qiluvchi davlatlar qatoriga qo‘shilishida hal qiluvchi rol o‘ynadi.
1
Маматқулов Б. Бошбеков Б. Бирни кўриб фикр қил. //Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги// журнали, № 3, 2006,
8-бет
14
Kanadada
2
qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilar mahsulot
assotsiatsiyalari Kanadaning agrar siyosati muvaffaqiyatli qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarishi uchun iqtisodiy sharoitlarni ham, ishlab chiqaruvchilarga o‘z iqtisodiy
manfaatlarini himoya qilish va butun faoliyatlari daromadliligini oshirish uchun
qayta ishlash sanoati va bozor imkoniyatlaridan foydalanishga imkon beruvchi
tashkiliy asoslarni ham yaratishga qaratilgan. Bunday tashkiliy asoslar ishlab
chiqaruvchilarning qishloq xo‘jalik mahsulotini qayta ishlash va bozoroldi
tayyorlashlari sohasidagi kooperatsiyasi, shuningdek kooperativ shakldagi ishlab
chiqaruvchilarning ixtisoslashgan savdo assotsiatsiyalarini tashkil etishga asos
bo‘ladi.
Ulgurji, ba'zan esa chakana savdo mahsulotini qayta ishlash sohasida ishlab
chiqaruvchilar kooperatsiyasi Kanadada o‘ttizinchi yillardayoq rivojlana boshladi.
Hozirgi vaqtda bunday ishlab chiqaruvchilar kooperatsiyasi qonunchilik asosga ega
va ishlab chiqaruvchilar faoliyatining tan olingan me'yoriga aylangan.
Germaniyada barcha qishloq xo‘jalik kooperativlari mamlakatdagi eng yirik
kooperativ birlashma "Nemis raffayzen ittifoqi" tarkibiga kiradi. Fermer
xo‘jaliklarini kreditlash, ularni ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlash, turli xil
xizmatlar ko‘rsatish, mahsulotlarni tayyorlash, sotish va qayta ishlashda
kooperativlar muhim rol o‘ynaydi. Kooperativlarni tuzish va ularni rivojlantirishni
davlat qo‘llab — quvvatlaydi.
Germaniya kooperativlari nemis o‘rta korxonalarining agrar sektordagi tabiiy
sheriklari bo‘lib, birgalikdagi kooperativ korxona yuritish orqali o‘z a'zolari
xo‘jaliklari va iqtisodiy faoliyatiga ko‘maklashish maqsadini ko‘zlaydi.
Kooperativning asosiy vazifasi tadbirkorlik faoliyatining u yoki bu sohasida xo‘jalik
yutuqlariga erishish, kooperativ a'zolari rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek
o‘z xo‘jaliklari manfaatlarini a'zolarga yordam ko‘rsata olish imkoniyatini uzoq
vaqtga saqlab qolish maqsadida himoyalashdir.
Agrar sektorning bozor va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalari kabi Rayffayzen
kooperativlari o‘z a'zolarini ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlaydilar. Ular
qishloq xo‘jalik mahsulotlarining deyarli butun assortimentini qamrab oladi va qayta
ishlaydi. Kooperativlar o‘z mahsulotlarini ichki hamda tashqi bozorda realizatsiya
qiladi. Nemis fermerlari yarimdan ortiq xaridlari va sotuvlarini o‘z kooperativlari
orqali amalga oshiradi. Kooperativlarda bandlik turli xizmatlar va maslahatlar bilan
to‘ldiriladi. Bularga qishloq xo‘jalik texnikasini ta'mirlash, bozorga yo‘naltirilgan
ishlab chiqarish va atrof – muhitni himoyalash masalalari bo‘yicha fermerlarga
maslahatlar ham kiradi. Ular tuproq tashhisini o‘tkazadilar, o‘simliklarni
himoyalash va chorvani oziqlantirish bo‘yicha maslahatlar beradi. Rayffayzen
kooperativ tashkilotlari muqobil mahsulot uchun bozor imkoniyatlarini oshiradilar.
Kooperativlar biodizel realizatsiyasiga boshchilik qiladilar.
Qishloq joylarini muhim mahsulotlar bilan ta'minlashda kooperativlar katta
o‘rin tutadi. Rayffayzen bozorlari uy va bog‘ uchun yuqori sifatli tovarlarni yetkazib
beradi. Malakali maslahatchilar mijozlarga o‘z xizmatlarini taklif etadi.
2
Ткач А.В. Сельскохозяйственная кооперация. Учеб.пособие. издательско-торговая корпорация «Дашков и
Ко». Москва-2005, 273-279 стр.
15
Oziq–ovqat sanoati, oziq mahsuloti savdosi uchun Rayffayzen tashkiloti
kooperativlari muhim sheriklardir. Federal darajada boshlang‘ich kooperativlar,
hududiy Markaziy banklar va muassasalarning o‘zaro harakati tufayli kooperativlar
istalgan vaqtda istalgan sifatda kerakli mahsulot hajmini bera oladi. Qishloq xo‘jalik
mahsulotini saqlanishi, dastlabki ishlov berilishi va yig‘imi tufayli ular istalgan
hajmdagi partiyalarni tashkil eta oladi. Kooperativlar sifatni doimiy nazoratini olib
beradi va o‘z mahsulotini kafolatlaydi. Kooperativ ishlab chiqargan mahsulotlar o‘z
va chet el bozorlarida yuqori baholanadi.
Isroilda qishloq xo‘jaligida erishilgan yutuqlar siri – qishloq xo‘jaligi va oziq-
ovqat majmuasining barcha sohalarida eng yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish
va qo‘llashda hamkorlik qiluvchi qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilari va
tadqiqotchilari o‘rtasidagi kooperatsiyadir.
Xorij tajribasini o‘rganishda kooperatsiyaviy aloqalar to‘g‘risida quyidagi
xulosa kelish mumkin. Rivojlangan davlatlarda kooperatsiyaning turli xil samarali
yo‘nalishlaridan foydalaniladi. Ular haqida – rasmda keltirilgan.
Kooperatsiyani ilmiy asosda shakllantirish, mavjudlarini takomillashtirish
tizimi zamon talabiga javob bera oladigan xo‘jalik yuritishning yangicha shakllariga
o‘tishni, kompleks agroxizmat ko‘rsatishni ta'minlash imkonini beradi.
Qishloq xo‘jaligida kooperatsiyaviy tizimini shakllantirishga bo‘lgan bunday
yondoshuv quyidagi vazifalarni hal etishni ko‘zda tutadi:
-kooperatsiya asosida ishlab chiqarishni tashkil etish shaklini asoslash;
- kooperatsiya shakllarini tashkil etish va amalga oshirish prinsiplarini ishlab
chiqish;
-kooperatsiyaga talab katta bo‘lgan joylarda uning yo‘nalishlarini belgilash;
-xududlarda xo‘jalik yuritishning (xukukiy, tashkiliy, iqtisodiy) oqilona
shakllarni aniqlash hamda asoslash;
-hududiy kooperatsiyaning o‘zaro munosabatlari sxemasini ishlab chiqish.
Rivojlangan davlatlarda fermer xo‘jaliklarining turli xil kooperatsiyalarga
birlashishi bo‘yicha boy tajriba to‘plangan. Bir qator davlatlarning qishloq xo‘jaligi
sohasidagi erishgan yutuqlariga ko‘p jihatdan turli xil kooperatsiyalarning tashkil
etilishi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi sabab bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |