Geografiyasi



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana16.03.2022
Hajmi1,1 Mb.
#495143
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
6 ma'ruza sirtqi



VI-mavzu. JAHON VA O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI 
GEOGRAFIYASI
 
Reja: 
1.
 
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining milliy iqtisodiyotda hamda jahon 
xo‘jaligida tutgan o‘rni. 
2.
 
Rivojlangan mamlakatlar qishloq xo‘jaligining o‘rni va rivojlanish 
xususiyatlari 
3.
 
Rivojlanayotgan mamlakatlar qishloq xo‘jaligining o‘rni va rivojlanish 
xususiyatlari 
 
Qishloq xo‘jaligi har qanday milliy iqtisodiyotning tarkibiy qismi bo‘lib, 
undagi dinamik o‘zgarishlar iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Hozirgi jahon 
qishloq xo‘jaligi sohasi tashqi savdo-sotiqda bandlikni ta'minlashda va daromad 
keltirishda asosiy va muhim manba hisoblanadi. Hatto ko‘p rivojlangan 
mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi yalpi ichki mahsulotda uning ulushi kam bo‘lsa-da, 
o‘sha mamlakat iqtisodiyotida agrar sektor eng muhim sektorligi bilan ajralib turadi 
va ushbu sektorga katta ahamiyat beriladi.
Dunyo mamlakatlari milliy iqtisodining maqsadga muvofiq rivojlanishi 
qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining rivojlanish sur'atiga bog‘liq. Birgina yengil va oziq-
ovqat sanoatlarining 30 dan ortiqroq tarmoqlari qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan 
xom ashyo asosida ishlaydi. Qishloq xo‘jaligi o‘ziga xos ichki va tashqi sharoit 
ta'sirida rivojlanadi. Ichki sharoitga mamlakat doirasida tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy 
sharoitlarni agrotexnika va ixtisoslashu kiradi. Tashqi sharoit xalqaro munosabatlar, 
savdo, qo‘shma korxonalar, iqtisodiy munosabatlar, ishchi kuchlari migratsiyasini 
o‘z ichiga oladi. 
Shunga ko‘ra, jahon qishloq xo‘jaligi Dombravskiy ma'lumoti bo‘yicha 7 
tumanga bo‘linadi: 
1.
Afrikaning Janubiy Sahrosi; 
2.
Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlari
3.
Janubiy va Sharqiy Osiyo; 
4.
Avstraliya va Okeaniya; 
5.
Janubiy va Markaziy Amerika; 
6.
Shimoliy Amerika; 
7.
yevropa mamlakatlari. 
BMT ekspertlari fikricha oziq-ovqat muammosini yechish uchun uning hajmi 
har yili 6% oshirib borilishi talab etiladi. 
Dunyodagi ko‘plab mamlakatlar o‘z mustaqilligiga erishgach, o‘zining 
iqtisodiy poydevorini asosan qishloq xo‘jaligini tiklashdan va uni rivojlantirishdan 
boshlagan. Hozirgi kunda jahonning yuzdan ortiq rivojlanayotgan mamlakatlarning 
iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi yetakchi mavqyeni egallaydi. Xususan, aksariyat 
Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishida qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti 
ustuvor ahamiyat kasb etadi, jumladan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Xitoy, 
Hindiston, Isroil kabi mamlakatlarning qishloq xo‘jaligini rivojlantirish tajribasi 
keng qamrovli va diqqatga sazovordir. Ushbu mamlakatlar qatoridan joy olgan 



Hindiston qishloq xo‘jaligi nafaqat mamlakat iqtisodiyotida, balki jahon qishloq 
xo‘jaligida ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng asosiy e'tibor qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirishga qaratildi. Negaki, hozirgi paytda aynan mana shu sohada 
g‘oyat katta imkoniyatlar mavjud. Ana shu imkoniyatlarni ishga solib, aholini oziq-
ovqat va sanoatni xomashyo bilan ta'minlashni yaxshilash bilan birga, odamlarni ish 
bilan band qilish, qishloq aholisining turmush darajasini yanada yaxshilash imkonini 
topamiz. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy isloxotlarni yanada chuqurlashtirish va uning 
samaradorligini oshirish respublika hukumati olib borayotgan siyosatning ustuvor 
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi sohasida 
iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish darajasiga qarab mustaqil respublikamizning 
kelajagi qanday bo‘lishi aniqlanadi. Qishloq aholisini ish bilan ta'minlash, ishsiz 
yurganlarni va doimiy ish bilan band bo‘lmaganlarni ishlab chiqarish sohalariga jalb 
etish, ularni ijtimoiy jihatdan himoyalash hozirgi kunning dolzarb masalalaridan 
sanaladi. 
Bu ikki soha dunyo aholisi uchun dehqonchilik va chorvachilik 
mahsulotlariga yetkazib beradi.Qishloq xo‘jaligi o‘zining tarmoqlarida yetkazilgan 
mahsulotlarini birlamchi ya'ni dastlabki qayta ishlovchi bir qancha tarmoqlarni ham 
o‘z ichiga oladi. Dunyo mamlakatlarida oziq-ovqat ta'minoti barqarorligini 
yaxshilash uchun keng dasturlar majmui amalga oshirib kelinmoqda, maqsad aholini 
sifatli oziq-ovqat va xalq iste'moli tovarlari bilan talab darajasida ta'minlashdir. Bu 
muammo ulkan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, uning talab 
darajasida hal etilishi aholining turmush darajasini yuksaltiradi, farovon yashashini 
ta'minlaydi. 
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining iste'molchisi insondir. Dunyodagi aholi 
soni 1960 yilda – 3 mlrd , 2000 yilga kelib bu ko‘rsatkich 6 mlrd.dan oshib ketdi, 
xozirgi kunda 7 mlrd.dan ortiq deb belgilanmoqda Dunyoda aholi sonini har yili 
o‘rtacha o‘sib bormoqda, dunyoda aholi sonining o‘sish darajasi 2 foizni tashkil 
etmoqda, yillik o‘rtacha o‘sish sur'ati rivojlangan mamlakatlarda 1 foizni, 
rivojlanayotgan mamlakatlarda 2.5 – 3 foizni tashkil etmoqda. Dunyo aholisini 
oziq-ovqat bilan to‘liq ta'minlash uchun har yili oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish 
xajmini 3-4 foiz oshirib borish talab etiladi. Hozirgi paytda esa bu ko‘rsatkich 2,7 
foizni tahkil etmoqda.
Oziq-ovqat xavfsizligi mamlakatni mavjud salohiyatlar, resurslar bilan 
ta'minlash va aholini ichki va tashqi sharoitlarga bog‘liq bo‘lmagan holda, ilmiy 
jihatdan asoslangan tibbiy me'yorlar darajasida oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
ta'minlashni kafolatlashdir. 
Oziq-ovqat bilan o‘zini-o‘zi ta'minlash – bu davlatning ichki extiyojini oziq-
ovqatning barcha turlari hamda alohida maxsulot turlari bilan ta'minlash, qoplash 
qobiliyatidir. 
Oziq-ovqat xavfidan keladigan iqtisodiy zarar bevosita va bilvosita 
yo‘qotishlardan iborat bo‘lib, u quyidagilar bilan bog‘liq: 

qishloq xo‘jaligi va u bilan bog‘liq tarmoqlar faoliyatlarining buzilishi; 

oziq-ovqat maxsulotlari baholarining oshishi bo‘yicha import 
to‘lovlari; 




mehnatga yaroqli aholining kamayishi hisobiga mehnatning iqtisodiy 
samaradorligining pasayishi; 

oziq-ovqat qaramliligi va oziq-ovqat mustaqilligi. 
Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasining mustahkamlanishi, fan-
texnika yangiliklari hamda ilg‘or, samarali texnologiyalarni ishlab chiqarishga izchil 
joriy etilishini o‘zaro bog‘liq holda ta'minlanishi aholining oziq-ovqat va xalq 
iste'moli tovarlari bilan ta'minlanishini yuksaltiradi va shu bilan birga xozirgi kunda 
qayta ishlash tarmoqlari ko‘lamini kengaytirib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 
assortimentini ko‘paytirib, ularning raqobatbardoshligini ta'minlab, sifatli saqlab, 
aholiga o‘z vaqtida yetkazib berishga erishishishiga asos bo‘ladi. 
Dunyo mamlakatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq – ovqat 
xavfsizligini ta'minlash muammolarini hozirgi zamon talabi darajasida hal etish 
uchun: 

qishloq xo‘jaligini va uning mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlarni 
ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlash; 

qishloq xo‘jalik tarmoqlari mavjud bo‘lgan barcha ishlab chiqarish 
vositalaridan oqilona foydalangan holda aholi talabini qondiradigan miqdorda sifatli 
mahsulotlarni ishlab chiqarishga erishish; 

qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishini ta'minlash maqsadida ularga 
turli xildagi xizmatlarni vaqtida, sifatli va arzon narxlarda amalga oshirish; 

ekinlarni suv bilan, texnikalar, kimyoviy vositalar, o‘g‘itlar, ozuqa-yem, 
yoqilg‘i, yonilg‘ilar bilan ta'minlash; 

qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni nobud etmasdan vaqtida, 
sifatli tayyorlab, qayta ishlab, tayyor mahsulotlarni iste'molchilarga yetkazib 
berilishini ta'minlash;

tarmoqlar o‘rtasidagi barcha o‘zaro munosabatlarni (baholar, soliqlar, 
to‘lovlar) takomillashtirishga va ularni erkinlashtirishga qaratilgan tadbirlarni 
hamma bo‘g‘inlarda ishlab chiqish, ularning hayotga tatbiq etilishini ta'minlashga 
erishish borasida katta ishlar olib borilmoqda. Dunyo aholisining ijtimoiy 
muammolari, joylashishi qishloq xo‘jaligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Dunyo
aholisining 51 foizi qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatadi. 
Rivojlangan mamlakatlarda mehnatga layoqatli aholining 2- 5 foizi qishloq 
xo‘jaligi tarmoqlarida faoliyat olib boradigan bo‘lsa, dunyodagi rivojlanayotgan 
mamlakatlarning deyarli 60 foizi qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida band.Afrika va 
Osiyo qit'alari aholisining 60-70 foizi asosan qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi. 
Dunyo aholisining 72 foizi past darajadagi daromad oladigan sharoitida, 25 foizi 
yuqori daromad oladigan sharoitda yashamoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
ma'lumotlariga ko‘ra, Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarida, Afrikada aholining 20-
25 foizi ochlikdan qiynalmoqda. Oziq - ovqat muammosining hal qilinishi tub agrar 
islohotlar o‘tkazish hamda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini intensivlashtirishni 
talab etadi.
Qishloq xo‘jaligi aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish bilan 
birga qator sanoat tarmoqlari (oziq-ovqat, omuxta yem, to‘qimachilik, dori-darmon 
atir upa sanoat va boshqalar)ni xom ashyo, ot ulov (yilqichilik, bug‘uchilik va 



xakazo) bilan ta'minlaydi, dehqonchilik tarmoqlari (dalachilik sabzavotchilik
mevachilik 
uzumchilik 
va 
boshqalar) 
hamda 
chorvachilik 
tarmoqlari 
(qoramolchilik, cho‘chqachilik, qo‘ychilik, parrandachilik kabilar) ni o‘z ichiga 
oladi. Bu tarmoqlarni birgalikda rivojlantirish moddiy va mehnat resurslaridan 
to‘g‘ri foydalanish imkonini beradi. 
Dunyo mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi msahsulotlari ishlab chiqarish 
ko‘lami kengayib, unnig xajmi o‘sib borayotganligiga qaramay, dunyo aholisining 
muayyan qismi to‘yib ovqat yemaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining 
anchagina qismi, rivojlangan mamlakatlar aholisining moddiy jihatdan kam 
ta'minlangan guruhlari ana shular jumlasidandir. O‘tgan asrning 60-70-yillarida 
dunyo miqyosida yashil inqilob harakati sezildi. Bunda intensivlashtirish hamda 
agrotexnika, texnologiyani yaxshilash evaziga yalpi mahsulot miqdori sezilarli 
darajada ko‘payib bordi.
Dunyo mamlakatlarida qishloq xo‘jaligida jon boshiga yetishtirilgan 
mahsulotlar hajmi har xil. Agar rivojlangan mamlakatlarda oziq-ovqat mahsulotlari 
jon boshiga me'yordan yuqori yetishtirilayotgan bo‘lsa, kambag‘al davlatlarda esa 
o‘ta past. Shu sababli qashshoq mamlakatlar aholisi ocharchilik sharoitida 
yashamoqda.
FAO ma'lumoti bo‘yicha, jahonda ocharchilik holatida yashaydigan aholi 
soni 1970 yilda 400 mln., 1980 yilda 500 mln., 1985 yilda 700 mln., 2004 yilda 1 
mln., 2014 yilda 870 mln. kishidan ko‘pni tashkil etgan, 75foiz qashshoq aholi 
qishloq joylarida yashaydi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi rivojlangan 
mamlakatlardagiga nisbatan ancha katta rol o‘ynaydi. Yalpi ichki mahsulotda 
qishloq xo‘jaligining salmog‘i rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘rtacha 22%ni, 
rivojlangan mamlakatlarda 2-4 foizni tashkil etmoqda 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda rivojlangan mamlakatlarda yetishtirilayotgan 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmidan ko‘prog‘i yetishtirilmoqda. Lekin qishloq 
xo‘jaligi uchun ishlab chiqarish vositalari va eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari 
ishlab chiqarish tarmoqlari asosan rivojlangan mamlakatlarda to‘plangan. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar esa agrar xom ashyo uchun qo‘shimcha hudud bo‘lib 
qolmoqda. Aynan shu mamlakatlar agrar iqtisodiyotida ishga layoqatli aholining 
yarmiga yaqini banddir. Aholining ijtimoiy- iqtisodiy muammosini hal etish 
rivojlanayotgan mamlakatlar uchun juda qiyin va og‘ir vazifa bo‘lib qolmoqda. 
Dunyo mamlakatlarida qishloq xo‘jaligining rivojlanishi aholining ijtimoiy 
muammolarining ijobiy hal etilishini ta'minlaydi. Jaxon banki xar yili o‘zining 
investitsiyalarini 13-17 foizini qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltiradi.
Qishloq xo‘jaligini rivojlanishi natijasida
 
aholining ijtimoiy muammolari 
quyidagi yo‘nalishlarda xal etiladi: 
• 
qishloq hududlaridagi ishsizlarni ish bilan ta'minlash; 
• 
tayyor bozorbop mahsulotlarni ko‘proq ishlab chiqarish; 
• 
chiqimsiz texnologiyalarni joriy etilishi; 
• 
xo‘jaliklarning pul tushumlarini ko‘payishi; 
• 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining nobudgarchiligining kamayishi, 
• 
qishloq aholisi turmushining ko‘tarilishi va boshqalarga erishiladi. 



Rivojlangan mamlakatlarga AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, 
Franitsiya, Italiya Shvetsiya, Shveytsariya, Gretsiya, Turkiya, Kanada, Avstriya
Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika kabi mamlakatlar kiradi. Jahon hududining 8 
foizini band etgan bu mamlakatlarda yer yuzi aholisining 14%i yashaydi. 
Rivojlangan mamlakatlar qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyati shundan 
iboratki, ularda fan-texnika yutuqlaridan foydalanish, xo‘jaliklarni yiriklashtirish 
talab etadigan sanoatlashish, konsentratsiyalash jarayoni kuchayishi natijasida 
mayda va o‘rtahol fermer xo‘jaliklari ommaviy ravishda tugashiga, 
intensivlashtirish hisobiga fermer xo‘jaliklari yirik xo‘jaliklarga aylanmoqda. 
Rivojlangan mamlakatlar fermer xo‘jaliklarida o‘zaro munosabatlar, 
taraqqiyot jarayoni keskin ravishda tezlashdi, kompleks mexanizatsiya, ishlab 
chiqarishni elektrlashtirish va avtomatlashtirishni joriy etish negizida fermer
xo‘jaliklarining moddiy texnika bazasini mustahkamlanishi ro‘y bergan, natijada 
fermer xo‘jaliklari ishlab chiqarishining intensivligi, tor doiradagi ixtisoslashish 
mexanizatsiya, avtomatizatsiya, elektrlashtirish va tovar berishni yuksak 
darajadaligi bilan farqlanadi. 
Rivojlangan mamlakatlar jahon bo‘yicha olinayotgan yalpi mahsulotning 20-
25%ini yetishitirish qurbiga ega. AQSh, Yaponiya, Fransiya, Germaniya kabilarda 
rivojlangan mamlakatlar qishloq xo‘jalik tarmog‘i o‘z aholisini qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari bilan to‘liq ta'minlabgina qolmay, bu turdagi mahsulotlarning ko‘p 
qismini tashqi bozorga ham chiqazadilar. 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish