Geografiyasi


Evropa ittifoqi mamlakatlarida fermer xo‘jaliklarini qishloq xo‘jaligi



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana16.03.2022
Hajmi1,1 Mb.
#495143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
6 ma'ruza sirtqi

Evropa ittifoqi mamlakatlarida fermer xo‘jaliklarini qishloq xo‘jaligi 
taraqqiyotidagi o‘rni 
Germaniya qishloq xo‘jaligi va unda fermer xo‘jaliklari faoliyati. Germaniya 
markaziy yevropada joylashgan. Maydoni 248 ming km
2
, aholisi 17 mln. nafar. 
Yuksak darajada rivojlangan mamlakat qishloq xo‘jaligida yirik fermer xo‘jaliklari 
faoliyat olib boradi.
Germaniya qishloq xo‘jaligida xajmi bo‘yicha xar xil fermerlar uchraydi. 1 – 
20 gektar yerga ega fermerlar mayda, 20 – 50 gektar yerga ega bo‘lgan fermerlar 
o‘rta va 100 gektardan ortiq yerga ega bo‘lgan fermerlar yirik fermer xo‘jaliklari 
hisoblanadi. Ularning hammasi davlatga yerning sifatiga ko‘ra renta to‘laydi. 
Fermerlarning 10 foizi meva – sabzavot, uzum va xmel yetishtiradi. Fermer 
xo‘jaliklari kooperativlarga birlashtirilgan.



 
9.2-jadval 
Germaniya qishloq xo‘jaligi va unda fermer xo‘jaliklari faoliyati 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Natijalar 

Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar 
11,9million ga 
2
Jami qishloq xo‘jaligi mahsulotida: 
100 foiz 
a) chorvachilikning ulushi 
80 foiz 
b)O‘simlikchilikning ulushi 
20foiz 

Fermer xo‘jaliklari soni
shundan: a)chorvachilikka ixtisoslashgan f/x 
500 ming ta 
250ming ta 

Fermer xo‘jaliklarining o‘rtacha yer maydoni 
18,2ga 
5.
Q/xo‘jaligi mahsulotida fermer xo‘jaliklarini ulushi 
99foiz 

Fermer xo‘jaliklarini turkumlanishi
a) yirik fermerlar
yeri 100ga dan ortiq
b) o‘rta fermerlar 
20-50 ga yerga ega 
v) mayda fermerlar 
1-20 ga yerga ega 

Bir fermer xo‘jaligi ishchisi yaratgan mahsulot 
68 kishini boqadi 

Fermer xo‘jaliklarining o‘rtacha yillik daromadi 
44673 ye 

Fermer xo‘jaliklariga yo‘naltirilgan subsidiyalarning 
o‘rtacha yillik qiymati 
25633 ye 
Germaniya fermer xo‘jaliklarini rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillardan biri 
fermer xo‘jaliklariga davlat tomonidan subsisiyalarning ajratilishidir. 
Subsidiya- (lotincha so‘z bo‘lib, yordam va qo‘llab quvvatlash ma'nosini 
bildiradi) davlat byudjeti tomonidan qaytarib bermaslik sharti balan o‘ta muhim 
sohalarga beriladigan moliyaviy yordam. 
Fransiya qishloq xo‘jaligi va unda fermer xo‘jaliklari faoliyati.
 
Maydoni 551 
ming km
2
, aholisi 58,3 million nafar. Fransiya yuksak darajada rivojlangan 
industrial agrar mamlakat bo‘lib, milliy daromadda qishloq xo‘jaligi ma'lum o‘rinni 
egallaydi. Unda mamlakat aholisining 5 mln. nafari band. Qishloq xo‘jaligini 
rivojlanishida fermer xo‘jaliklarining xissasi katta.
Fransiyada 2 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari faoliyat olib boradi. Ularning 
1115 tasi 10 gektaridan, 532 mingtasi 10 – 20 gektardan, 375 mingtasi 20 – 30 
gektardan, 75 mingtasi 50–100 gektardan, 20 mingtasi 100 gektardan oshiq yerga 
ega bo‘lgan fermer xo‘jaliklaridir. Fransiya fermer xo‘jaliklari uzum, qand lavlagi, 
sut va sut mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. 
Italiya qishloq xo‘jaligi va unda fermer xo‘jaliklari faoliyati.
Maydoni 301 ming km
2
, aholisi 58 mln. nafar. Qishloq xo‘jaligida mamlakat 
aholisining 11 foizi band. Mamlakatda 2,8 million fermer xo‘jaliklari bor bo‘lib, 
shulardan 1,9 million fermer xo‘jaligining o‘rtacha yer maydoni 1 gektardan ko‘p. 
Fermer xo‘jaliklarining 7 foizi 20 gektardan ortiqroq yer maydoniga ega. 
Chorvachilik fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi o‘rtacha yer maydoni 8 gektarni tashkil 
etadi. Fermer xo‘jaliklarining 85 foizi o‘simlikchilik, 15 foizi chorvachilik fermer 
xo‘jaliklaridir. Fermer xo‘jaliklarining tovarlilik darajasi yuqori, natijada mamlakat 
aholisi oziq ovqat mahsulotlari bilan o‘zini o‘zi ta'minlay oladi.
Buyuk Britaniya qishloq xo‘jaligi va unda fermer xo‘jaliklari faoliyati. Bu 



mamlakat G‘arbiy hududdagi Britaniya yarim orolida joylashgan. Hududi 244,1 
ming km
2
. Buyuk Britaniya yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakatdir. 
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotda ikkinchi darajada bo‘lsa ham, yuksak darajada 
taraqqiy etganligi bilan ajralib turadi. 
Buyuk Britaniya qishloq xo‘jaligida fermer xo‘jaliklari xo‘jalik yuritish 
usullarining asosiysidir. Bir fermer xo‘jaligining o‘rtacha yer maydoni 50 gektardan 
iborat. Lekin jami fermerlarning yarmidan ko‘prog‘i 2-20 gektar yer maydonida ish 
yuritadi. Fermer xo‘jaliklari texnika bilan qurollangan bo‘lib, yollanma mehnatdan 
keng foydalanadi.
Tabiiy yaylovlar va pichanzorlarga boy qishloq xo‘jaligida chorvachilik 
fermer xo‘jaliklari rivojlangan. Chorvachilik fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi 
jami daromadining 70 foizini beradi. Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer 
xo‘jaliklarini intensivlashtirish natijasida chorvachilikda kompleks mexanizatsiya 
va yangi texnologiyalarni joriy etish evaziga, mamlakatda chorva tuyog‘i qisqardi, 
1 bosh sigirdan bir yilda sog‘ib olinadigan sut 4350 kilogramdan 5000 kilogramga 
oshdi. Tovar–sut mahsuloti yetishtiradigan fermer xo‘jaliklarida o‘rtacha 70 
boshdan ziyod qoramol (sog‘in sigirlar) saqlanadi. Angliyada qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari uchun belgilanadigan baho tizimining bir me'yorda amal qilishini 
ta'minlash davlat tomonidan kafolatlanadi, qishloq xo‘jalik mahsulotlariga kvota 
belgilanadi.
Kvota – umumiy ishlab chiqarish, sotish, eksport, import va boshqa iqtisodiy 
faoliyat sohalarida kelishuv asosida har bir ishtirokchi uchun joriy qilinadigan hissa. 
Bitimlarga binoan amalga oshiriladi. Davlatlararo shartnomalarga ko‘ra ayrim yoki 
bir guruh tovarlar yuzasidan kvota o‘rnatiladiki, unga muvofiq mamlakatlar yoki 
mamlakatlar guruhi faqat belgilangan miqdordagi tovarlarni ishlab chiqarish va 
chetga sotishi mumkin. Kvota o‘rnatish shartini buzgan mamlakat yoki korxona 
iqtisodiy jihatdan jazolanadi. Kvota o‘rnatishdan maqsad bozordagi narxni ma'lum 
maqsad yo‘lida o‘zgartirib turish. Chunki kvota tovar taklifini chegaralaydi, bu bilan 
narxga binobarin, foyda ko‘rishga ta'sir etadi. 
Buyuk Britaniyada o‘simlikchilik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan 
fermer xo‘jaliklarining mahsulotlari yalpi mahsulotning 30 foizini tashkil etadi. 
Shundan 8 foizi meva-sabzavot, 5,4 foizi kartoshka, 9,5 foiz don mahsulotlari, 2,5 
foizi qand lavlagi mahsulotlaridir. Fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarishning 
mexanizatsiya, avtomatizatsiya va elektrlashtirilganligi tufayli mehnat 
unumdorligining yuksak darajaga erishilishi va to‘xtovsiz o‘sishi ta'minlamoqda.
Fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jalik maxsulotlarini sotish ishlari yirik
kooperativlar zimmasida. Ular maxsulotlarga o‘zlari narx belgilaydilar. Qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarni sanoatda qayta ishlash va xo‘jaliklarni texnika bilan qayta 
qurollantirish uchun fermerlarga kredit berish ham shu kooperativlar nazoratida. Sut 
va sut mahsulotlarining chakana narxi fermerlardan olingan shu turdagi mahsulot 
narxiga nisbatan 2 marta qimmat. 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish