Kalit so’zlar



Download 119,15 Kb.
bet1/18
Sana03.07.2022
Hajmi119,15 Kb.
#734269
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
21-MAVZU. Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti. (1)


4.2.1-MAVZU. Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti.
Reja:

4.2.1.Chorvachilikning respublika iqtisodiyotidagi ahamiyati va uni rivojlanishi. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari va ularning xususiyatlari.


4.2..2.Chorvachilikda xujalik yuritish tizimi. Podani takror ishlab chiqarish va poda xarakati.
4.2..3.Chorva mollari mahsuldorligini va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni rejalashtirish.
4.2.4.Yem-xashak rejasi va yem-xashak balansini tuzish. Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash va sotish tizimlarini rivojlantirish.
4.2.5.Chorvachilik tarmoqlari ishlab chiqarishi va ularning iqtisodiy samaradorligi.
4.2.6.Qoramolchilik, quychilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, pillachilik iqtisodiyoti.
Kalit so’zlar: Chorvachilik, qoramolchilik, qo’ychilik, baliqchilik, pillachilik


4.2.1.Chorvachilikning respublika iqtisodiyotidagi ahamiyati va uni rivojlanishi. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari va ularning xususiyatlari.

Chorva hayvonlari barcha turdagi mahsulotlarni insonlar iste’moli uchun qariyb tayyor va sanoat uchun natural xom-ashyo sifatida ishlab chiqaradi. Natijada asosan o’simlik va boshqa ozuqa resurslari nobud bo’lmasligiga bevosita sharoit yaratadi, iqtisodiyot tarmoqlari shu jumladan, qishloq xo’jaligining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshiradi.


Chorvachilikdan aholi iste’moli uchun go’sht, sut, yog’, tuxum va boshqa mahsulotlar olinadi. Ilmiy asoslangan me’yor bo’yicha jon boshiga iste’mol qilinadigan barcha mahsulotlar oqsilning 60 %, ularning kaloriyaga aylantirilgani esa 30 % ni tashkil etishi zarur.
Oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlari xom-ashyo bazasining anchagina qismi ham chorvachilik mahsulotlari hisobiga tashkil topadi. Ularni qayta ishlashdan jun va ipakli gazlamalar, charm, turli xil oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadi. Aholi tomonidan iste’mol qilinadi.
Chorvachilikning qo’shimcha mahsulotlari (go’ng va boshqalar) o’simlikchilik tarmoqlarida organik o’g’it shaklida va boshqa mahsulotlar uchun ishlatiladi, yerning unumdorligini, binobarin ekinlar hosildorligini oshiradi. Demak, o’simlikchilik va chorvachilik tarmog’ining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, ularni qo’shib olib borish barcha ijtimoiy iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarini ma’lum darajada barqarorlashtiradi.
Chorva mahsulotlarini qayta ishlashdan hosil bo’ladigan qo’shimcha va qoldiqlar ham ozuqa sifatida ishlatiladi.
Ta’kidlash lozimki, chorva mahsulotlari oqsili o’simlik mahsulotlari oqsiliga nisbatan juda qimmat turadi. Chunki, 1 kg sut oqsiliga 3-5 kg ozuqa birligi, mos ravishda tuxum oqsiliga 4-6, mol go’shti oqsiliga esa 15-20 kg ozuqa birligi sarflanadi.
Chorva oqsillarining qimmatligi va uni ishlab chiqarish hajmining kamligi tufayli jahon xalqlarining taxminan 50 %i ilmiy asoslangan me’yorga nisbatan kam chorva oqsili iste’mol qiladilar.
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda yashovchi taxminan 20 % jahon aholisi 1 kunda 100 gr. dan ko’proq, iqtisodiyoti kuchsiz mamlakatlarning xalqlari esa 10-25 gr. chorva oqsili iste’mol qiladilar.
Chorva mahsulotlari iste’mol qilish darajasi faqatgina aholining turmush darajasi bilan emas, balki urf-odatlari bilan ham bog’liq. Masalan, Hindiston aholisining ko’pchiligi go’sht mahsulotlarini iste’mol qilmaydi.
O’zbekistonda yashovchi aholi turmush darajasining o’sishi bilan chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan talab oshadi, ularni ko’paytirish imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish tarmoqning ijtimoiy iqtisodiy samaradorligini yanada oshirishga sharoit yaratadi.
Ayrim chorvachilik tarmoqlarining samaradorlik ko’rsatkichlari o’ziga xos xususiyatlarga ega, ularni hisoblash tahlil etish va baholashda ham tafovutlar majud. Binobarin, har bir tarmoqning samaradorligi ishlab chiqarish hamda iqtisodiy ko’rsatkichlarni alohida-alohida o’rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Chorva hayvonlari iqtisodiyoti quyidagi guruhlari va turlari bo’yicha o’rganiladi:
1.Qoramolchilik- go’sht va sut yo’nalishi bo’yicha;
2.Qo’ychilik- go’sht, jun, teri yo’nalishi bo’yicha;
3.Echkichilik- jun va tivit, sut yo’nalishi bo’yicha;
4.Cho’chqachilik- bekon, yarim yog’, yog’lik go’sht yo’nalishi bo’yicha;
5.Parrandachilik- tuxum va go’sht broyler yo’nalishi bo’yicha;
6.Yilqichilik- go’sht va sut, ish hayvonlari hamda sport yo’nalishi bo’yicha;
7.Tuyachilik- go’sht, jun va sut yo’nalishi bo’yicha;
8.Pillachilik bo’yicha;
9.Asalarichilik bo’yicha;
10.Quyonchilik bo’yicha;
11.Hovuz baliqchiligi bo’yicha;
12.Mo’ynachilik bo’yicha va boshqalar;
Har bir chorva hayvonining jami bosh soni va tarkibi, mahsuldorligi, zotlari, oziqlantirilishi, saqlanishi, mahsulotlari tannarxi, sotish baholari, rentabelligi va boshqa ko’rsatkichlari o’rganiladi, tahlil etiladi va baholanadi.
Bundan tashqari, ayrim hayvonlarni shartli molga (aniqrog’i sigirga) aylantirilib, ayrim ishlab chiqarish ko’rsatkichlari ham o’rganiladi va h.k.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari — hisobot davrida fermer xo‘jaliklarida, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda ishlab chiqarilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining jami qiymatini belgilab, qishloq xo‘jaligida yetishtirishning umumiy hajmini ifodalaydi.


2020– yilning yanvar – dekabr oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 249,8 trln. so‘mni yoki 2019– yilning mos davriga nisbatan 102,8 % ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari –123,6 trln. so‘mni (103,4 %), chorvachilik mahsulotlari – 126,2 trln. so‘mni (102,1 %) tashkil qildi. Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 68,0 % i – dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 27,8 % i – fermer xo‘jaliklariga, 4,2 % i – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulushining hududlar bo‘yicha xo‘jalik toifalari kesimida taqsimlanishi tahlil qilinganda, eng yuqori ko‘rsatkichlar barcha hududlarda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.
Asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining ulushi quyidagicha:
 Go‘sht (tirik vaznda) — 90,1 %
 Sog‘ib olingan sut — 94,3 %
2020– yilning yanvar – dekabr oylarida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 126,2 trln. so‘mni yoki 2019– yilning mos davriga nisbatan 102,1 % ni tashkil qildi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi
50,5 % ni tashkil etdi.
Chorvachilik sohasining ichki imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilib borilayotganligi, shuningdek, ularga davlat tomonidan tizimli yordam ko‘rsatilib kelinayotganligi chorva mollari bosh sonining ko‘payishiga, ichki iste’mol bozorlarini chorvachilik mahsulotlari bilan to‘ldirishga imkon yaratdi.
2020– yilning yanvar – dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 2 526,2 ming t. go‘sht (2019– yilning yanvar –dekabriga nisbatan 2,1 % ga ko‘p), 11 009,9 ming t. sut (2,8 % ga ko‘p),7 825,0 mln. dona tuxum (0,7 % ga ko‘p), 35,7 ming t. jun (1,5 % ga ko‘p) yetishtirildi va 144 085 t. baliq (18,4 % ga ko‘p) ovlandi.
2020- yilning yanvar - dekabr oylarida go‘sht yetishtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarning xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil natijalariga asosan, go‘sht yetishtirishning eng katta hajmi 2 277,1 ming t. yoki umumiy yetishtirish hajmidan 90,1 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etilganligini ta’kidlash lozim.Ko‘rsatib o‘tilgan davrlarda, go‘sht yetishtirishning eng kam hajmi 118,2 ming t. yoki umumiy yetishtirish hajmidan 4,7 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda kuzatildi.2019- yilning mos davri bilan solishtirganda, 2020- yilda fermer xo‘jaliklarida 4,1 %, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 2,1 % va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 1,0 % o‘sish kuzatildi.
Xo‘jalik toifalari orasida sut yetishtirishning eng katta hajmi 10 386,4 ming t. yoki umumiy yetishtirish hajmidan 94,3 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi. 2020- yilning yanvar - dekabr oylari yakunlari bo‘yicha eng kam hajm 98,8 ming t. yoki umumiy yetishtirish hajmidan 0,9 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda kuzatildi.2019- yilga nisbatan ko‘rsatib o‘tilgan davrlarda, fermer xo‘jaliklarida 13,6 % va dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 2,3 %, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 3,2 % o‘sish kuzatildi.
Boshqa toifadagi xo‘jaliklarga nisbatan taqqoslanganda, tuxum yetishtirishning eng katta hajmi 4 579,8 mln. dona yoki umumiy yetishtirish hajmidan 58,5 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi.2020- yilning yanvar - dekabr oylarida, tuxum yetishtirishning eng kam hajmi 1 135,0 mln. dona yoki umumiy yetishtirish hajmidan 14,5 % i fermer xo‘jaliklarida kuzatildi.2019- yilga nisbatan, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 2,0 % o‘sish kuzatildi.
Baliq ovlash ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilish jarayonida, ovlangan baliqlar hajmining asosiy qismi 70 347 t. yoki umumiy ovlangan hajmidan 48,8 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda qayd etildi. 2020- yilning yanvar - dekabr oylari natijalari bo‘yicha baliq ovlashning eng kam hajmi 9 543 t. yoki umumiy ovlangan hajmidan 6,6 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida kuzatildi. 2019- yilga nisbatan, fermer xo‘jaliklarida 18,6 % va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 21,8 % o‘sish kuzatildi.
2021– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, yirik shoxli qoramollarning 5,9 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga, 92,8 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 1,3 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini qayd etib o‘tish lozim, shunga mos ravishda qo‘y va echkilarning umumyiy sonidan 13,3 % i fermer xo‘jaliklariga, 81,4 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 5,3 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi, shunga mos ravishda otlarning umumyiy sonidan 19,1 % i fermer xo‘jaliklariga, 76,3 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 4,6 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi, shuningdek, parrandalar umumiy sonidan 14,8 % i fermer xo‘jaliklariga, 58,9 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 26,3 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.
2021– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 13 188,7 mingtaga yetdi.2020– yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni – 239,0 mingtaga (1,8 %) ko‘paydi. 2021– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar boshsoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jamiyirik shoxli qoramollarning 92,8 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzaitildi. 2021– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, sigirlarning umumiy bosh soni 4 744,3 mingtaga yetdi.2020– yilning mos davri bilan solishtirilganda barcha toifadagi xo‘jaliklarda sigirlar bosh soni – 80,8 mingtaga (1,7 %) ko‘paydi. 2021– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, sigirlar bosh sonito‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, jamisigirlarning 93,2 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelmoqda. 2021– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 22 498,6 mingtaga yetdi.2020– yilning mos davri bilan solishtirilganda barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar bosh soni – 591,7 mingtaga (2,7 %) ko‘paydi. 2021– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, qo‘y va echkilar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami qo‘y va echkilarning 81,4 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelmoqda. 2021– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, otlarning umumiy bosh soni 254,0 mingtaga yetdi.2020– yilning mos davri bilan solishtirilganda barcha toifadagi xo‘jaliklarda otlar bosh soni – 6,9 mingtaga (2,8 %) ko‘paydi. 2021– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, otlar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, jami otlarning 76,3 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ta’kidlash lozim. 2021– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, parrandalarning umumiy bosh soni 90 131,8 mingtaga yetdi.2020– yilning mos davri bilan solishtirilganda barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar bosh soni – 2 272,1 mingtaga (2,6 %) ko‘paydi. 2021– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, parrandalar bosh sonito‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami parrandalarning 58,9 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishini qayd etish lozim

Download 119,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish