7
239 mln. nafar.
AQSh qishloq xo‘jaligi
yuksak tovarliligi, texnika bilan a'lo darajada
qurollanganligi, tor ixtisoslashganligi, yollanma mehnatdan keng foydalanishi bilan
ajralib turadi. AQSh dehqonchiligida sug‘orish tizimi katta maydonda joriy etilgan.
Sug‘oriladigan yerlarda yetishitirilayotgan mahsulot mamlakatda yetishtirilayotgan
mahsulotning uchdan bir qismini tashkil etadi. Sug‘orish
ishlarida
mexanizatsiyadan keng foydalaniladi.
AQShda fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi uzoq davom etgan murakkab
jarayondir. Oilaviy fermer xo‘jaliklari asosan oila a'zolaridan tashkil topadi. Ular
ayrim hollardagina yollanma mehnat resurslarini jalb etadilar. Qishloq xo‘jaligida
fermerlar xajmi ular tomonidan bir yilda yetishtirilgan mahsulotni realizatsiya etish
xajmi bilan belgilanadi.
Parrandachilik, go‘sht, sut, bug‘doy yetishtirish kabi tarmoqlar sanoat
negiziga ko‘chirilgan. AQShda meva, sabzavot, poliz, kartoshka, go‘sht, tuxum kabi
mahsulotlarni sanitariya-gigena talablari darajasida
saqlash uchun ombor va
muzxonalar yetib ortadi. Qishloq xo‘jaligining sanoatlashtirilishi, ishlab
chiqarish
kuchlarining sanoat darajasiga ko‘tarilishi shunga olib keldiki,
fermer
xo‘jaliklarining asosiy faoliyati bo‘lgan qishloq xo‘jaligi endilikda o‘z
mustaqilligini yo‘qotdi va tarmoqlar majmuining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib
qoldi. U agrobiznes nomini olgan. Mexanizatsiyaning yuksak darajada ekanligi fan
yutuqlaridan keng foydalanish va tor doirada ixtisoslashishni taqozo etgan.
AQShda fermer xo‘jaliklari faoliyati yuqori darajada rivojlangan marketingga
ega. Marketing tizimi quyidagi sarflardan iborat: haq to‘lash, o‘ramlash (qadoqlash),
mahsulotni tayyorlash va transport xarajatlari, yoqilg‘i
va elektroenergiya sarfi,
amortizatsiya ajratmalari, reklama uchun xarajatlar, asosiy fondlarni sotib olish va
ularni ta'mirlash xarajatlari.
AQSh qishloq xo‘jaligida asosan oilaviy fermerlar faoliyat yuritadi. Ular
qishloq xo‘jalik korxonalarining 99 foizini tashkil etadilar va mamlakatda
yetishitirilgan qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini 93foizini yetishitiradilar.
Mamlakatda 2,1 million oilaviy fermer mavjud edi. Bitta
oilaviy fermer har yili
o‘rtacha 80-100 ming dollarlik mahsulot sotadi, 187 gektar yerga ega (har gektar yer
qiymati 250 ming dollar) 2 ishchiga qiymati 140 ming dollar bo‘lgan ishlab
chiqarish fondlari to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: