Geografiyasi



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/21
Sana16.03.2022
Hajmi1,1 Mb.
#495143
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
6 ma'ruza sirtqi

 
6.4. Dehqonchilik 
Dehqonchilik qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining etakchi tarmog’i 


31 
hisoblanadi.
Dehqonchilik mahsulotlari jahon xalqlarining eng yirik tabiiy va iqtisodiy 
boyligidir. Jahon olimlari tomonidan er yuzida 500 mingga yaqin o’simliklarning 
mavjudligi aniqlangan. O’simliklarning 23 ming turidan jahon xalqlari turli xil 
maqsadlar uchun foydalanadilar. Ularning 6 ming yoki 26,1 foizi madaniy ekinlar 
guruhiga kiradi, shu jumladan 400 turi yoki 6,6 foizi O’zbekistonda uchraydi. 
O’simliklardan 120 turi yoki 30 foizi ochiq va yopiq maydondarda rivojlantiriladi. 
Bu mahsulotlardan aholi iste’molida oziq-ovqat, chorvachilikda em-xashak, 
sanoatda natural xom ashyo sifatida foydalaniladi. 
Jahon 
xalqlari, 
shu jumladan O’zbekiston aholisi dehqonchilik 
mahsulotlaridan yanada kengroq va samaraliroq foydalanish uchun real 
imkoniyatlarga ega. Asosiy vazifa bosqichma-bosqich ularni ishga solish, ko’proq, 
sifatliroq va raqobatdoshlik darajasi yuqori mahsulotlarni ishlab chiqarish va 
iste’mol qilishdir. 
Bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari, mexanizmlari va kategoriyalari talablarini 
hamda madaniy qishloq xo’jaligi ekinlarining botanik, agrotexnik va boshqa 
xususiyatlarini hisobga olgan holda ular quyidagicha turkumlanadi: 
- boshoqli va dukkakli don ekinlari mahsulotlari; 
- texnika ekinlari mahsulotlari; 
- kartoshka ekini mahsulotlari; 
- sabzavot ekinlari mahsulotlari; 
- poliz ekinlari mahsulotlari; 
- ozuqa ekinlari mahsulotlari; 
- mevali dov-daraxtlar mahsulotlari; 
- tokzorlar mahsulotlari; 
- tut daraxtlari mahsulotlari; 
- gulzorlar mahsulotlari; 
- ixota daraxtlar va o’rmonzorlar mahsulotlari; 
- tabiiy pichanzorlar va yaylovlar mahsulotlari va boshqalar. 
Yuqorida keltirilgan madaniy ekinlar o’z navbatida kichik guruhlarga 
bo’linadi. Masalan, don ekinlari oziq-ovqatga, em-xashakka va boshqa maqsadlarga 
foydalanilishi bo’yicha, texnika ekinlari – tola, shakar, yog’ beruvchi va boshqa 
turlarga bo’linib hisob-kitob qilinadi, oxirgi natijalari baholanadi. 
Donchilik dehqonchilikning etakchi tarmog’i hisoblanadi va alohida 
iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatiga ega. O’zbekiston aholisi iste’mol etadigan oziq-
ovqatlarning tarkibida katta kalloriya hamda oqsil hisobida don maxsulotlarining 
hissasi 50-60 foizni tashkil etadi. Respublikada aholi jon boshiga non va un 
mahsulotlari , guruch, mosh, no’xat, loviya va boshqa don mahsulotlari tibbiy 
me’yorlarga nisbatan ko’proq iste’mol qilinadi. Ozuqabop donlardan chorvador 
olimlar tomonidan aniqlangan me’yorlarda oziqlantirish zotli chorva mollari 
potentsial mahsuldorligi imkoniyatlaridan to’laroq foydalanishga sharoit yaratadi. 
Don oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyo hisoblanadi va uning rivojlanish 
darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. 
Respublikada sifatli don etishtirish davlat tomonidan rag’batlantiriladi. 
Yumshoq bug’doy doni 1-sinfga qabul qilinsa uning xarid narxi 5-sinf donining 


32 
xarid narxiga nisbatan 98 foiz , 4-sinfga nisbatan 55 foiz, 3-sinfga nisbatan 34 foiz 
sifat uchun ustama haq to’lanadi. Chunki, kuchli bug’doyning 100 kg unidan 115 kg 
sifatli non, kuchsiz bug’doynikidan 91 kg non olinadi. Kuchli bug’doy unidan 20-
25 foiz kuchsiz bug’doy uniga qo’shilsa, kuchsiz bug’doy uni ham non yopishga 
yaroqli bo’ladi. Shuning uchun kuchli bug’doy doniga jahon bozorida talab katta. 
Donchilikning qo’shimcha mahsulotlari (somon, poxol, poya va h.k.)dan 
chorva ozuqasi, to’shama, organik o’g’it, qog’oz va boshqa sanoat tarmoqlarida xom 
ashyo sifatida foydalanish ham yuqori iqtisodiy samara beradi. Donchilikning asosiy 
va qo’shimcha mahsulotlarini ko’paytirish va sotishni tashkil etish mamlakatning 
sotsial-iqtisodiy rivojlanishi hamda aholini arzon oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar 
bilan ta’minlash uchun qulay sharoit yaratadi. O’zbekiston tabiiy iqlim sharoitida 
kuzgi g’alla ekilgan maydonlarda ikkinchi ekin sifatida chorva ozuqasi, kartoshka 
va sabzavotlar etishtirib mahsulotlar olish mumkin. 
O’zbekistonda 15-20 turdagi madaniy g’alla ekinlari 2,5-3 ming yillardan 
buyon ekiladi. Mustaqillik davrlarigacha jami qishloq xo’jaligi ekinlarining 70 foizi 
don ekinlari bo’lgan. Mamlakat bo’yicha don ekinlarining 60,6 foizi bug’doyga, 
17,7 foizi arpaga, 10,4 foizi sholi ekiniga to’g’ri kelgan. Don ekinlarining, shu 
jumladan asosiy ekinlarning o’rtacha hosildorligi nisbatan past bo’lgan. Masalan, 
barcha turdagi don ekinlarining o’rtacha hosildorligi 6,65 ts.ga, shu jumladan: 
bug’doy-6 ts.ga, sholi-13 ts.ga, makka-10,2 ts.ga bo’lgan. 
O’tmishda, hosildorlikka kompleks omillar ta’sir etgan, albatta erni ekishga 
tayyorlashda omochdan foydalanilgan, mineral o’g’itlar solinmagan, bug’doy 
ekinining asosiy qismi kam sug’oriladigan yoki lalmikor maydonlarda etishtirilgan. 
G’allachilikda asosan ekstensiv omildan foydalanilgan. Mustakillik davrlarigacha 
aholi jon boshiga 236 kg don, shu jumladan 118 kg bug’doy, 4,8 kg guruch ishlab 
chiqarilgan. Binobarin, respublikaning o’z don mahsulotlari hisobiga aholini don 
mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirishi boshqa tarixiy davrlarga nisbatan yuqori 
darajada bo’lgan. 
Respublika bo’yicha ishlab chiqarilgan g’allaning 80-85 foizini bug’doy 
tashkil qiladi. Aholining bu mahsulotlarga bo’lgan talabi respublikada ishlab 
chiqariladi. Chorva hayvonlarining to’yimli don ozuqalariga bo’lgan talabining 40 
foizi respublikada ishlab chiqariladi, qolgan qismi esa paxta kunjarasi, sheluxasi va 
boshqa qo’shimcha sanoat mahsulotlari bilan to’ldiriladi. 
Bugungi kunda mamlakatimiz aholisi don va don mahsulotlari bilan barqaror 
ta’minlangan. Bunga esa don mustaqilligi dasturini izchillik bilan bosqichma – 
bosqich amalga oshirilishi natijasida erishildi. Bunga avvalo, dehqonlarimizni g’alla 
etishtirishga o’rgatib, bu sohadagi moddiy manfaatdorlik yuqori darajaga 
ko’tarilganligi yutuqlarning bosh mezoni bo’ldi. 
Paxtachilik universal tarmoqqa aylanib bormoqda. Uning asosiy mahsulotlari 
paxta xom-ash’yosi va poyasini qayta ishlash jarayonida 1200 dan ortiq sanoat 
mahsulotlari olinadi. O’zbekiston to’qimachilik sanoati xom-ash’yosi balansida 
paxta tolasi 70 foizni, o’simlik yog’-moy sanoati balansida – chigit 90 foizni tashkil 
etadi.
Paxta xom-ashyosidan gazlama, ip, momiq, sun’iy ipak, to’qimachilik va 
boshqa ko’pgina tovarlar ishlab chiqariladi. Chigitdan eng arzon yog’, margarin, 


33 
sovun, glitserin va boshqa mahsulotlar, chigit qoldig’idan esa kunjara, sheluxa 
olinadi. Paxta tozalash va yog’ zavodlari chiqindilaridan izolyatsiya materiallari, 
tsellyuloza, spirt, linoleum, lak, har xil buyoqlar, kino plyonkasi va boshqa ko’pgina 
tovarlar tayyorlanadi. 
G’o’za bargidan organik kislotalar, jumladan, sirka, limon, olma kislotasi 
olinadi. G’o’zapoyadan dag’al qog’oz, karton, faner va boshqa materiallar ishlab 
chiqariladi. Chigitdan olinadigan sheluxa chorva mollari uchun to’yimli ozuqa 
hisoblanadi, undan gidroliz sanoatida xom – ash’yo sifatida foydalaniladi, furfulon 
va texnik spirt olinadi. Furfulondan smola, plastmassa, kapron, sintetik tola, alif, har 
xil dorivorlar va boshqa mahsulotlar olinadi. Har bir gektar g’o’za gullaridan 
foydalangan holda mavsumda 60-70 kg asal mahsuloti olish mumkin. 
Asalarichilikni tashkil etish hisobiga g’o’zaning changlanish sifati tubdan 
yaxshilanadi va uning hosildorligi 2-3 tsentnerga oshadi. 
Paxta tolasini jahon bozorida sotish jarayonida O’zbekistonning valyuta fondi 
ko’payadi, yangi texnika va texnologiya sotib olish imkoniyati mustahkamlanadi, 
hamda iqtisodiy taraqqiyot tezlashadi.
Mustaqil rivojlanish yillarida paxta maydonlarini qisqartirish hisobiga 
sug’oriladigan g’alla, ayniqsa, bug’doy ishlab chiqarish ko’paytirildi. 
Sug’oriladigan erlar meliorativ holatining yomonlashishi, mineral o’g’itlar 
me’yorining kamayishi, suv tanqisligi va h.k. gektaridan olinadigan hosildorlikka 
salbiy ta’sir etdi. Lekin, g’o’za ekiladigan maydonlarning kamayishiga qaramasdan 
O’zbekiston uning yalpi mahsuloti hajmi bo’yicha jahonda beshinchi, paxta tolasini 
jahon bozorida sotish bo’yicha ikkinchi o’rinni egalladi. 
O’zbekiston paxtachiligida istiqbol vazifa uning yalpi hajmini keskin 
kamaytirmaslik, uning sifatini yaxshilash, asosiy qismini mintaqada qayta ishlash 
hisoblanadi. Paxtachilik va u bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiyot tarmoqlarini intensiv 
rivojlantirish, mavjud mehnat, er, suv va boshqa moddiy resurslardan foydalanish 
samaradorligini oshiradi, respublika iqtisodiyotining barqaror o’sishiga real sharoit 
yaratadi. 
O’zbekistonda unumdor er va ayniqsa, suv resurslari chegaralangan. Mavjud 
resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, birinchi navbatda har bir gektar 
paxtadan olinadigan hosildorlikni oshirish hisobiga erishiladi.
Hosildorlikni oshirish agrotexnologik jarayonlarni sifatli va qisqa 
muddatlarda bajarish bilan bog’liq. Tarmoqni tashkil etishning barcha davrlarida va 
istiqbolida ham yuqori hosil olish uchun paxtachilikning xususiyatlarini hisobga olib 
dastavval almashlab ekishni ilmiy asosda amalga oshirish lozim. Uzoq yillar g’o’za 
va beda almashlab ekish tavsiya etilgan edi. Natijada tuproq unumdorligi saqlanadi, 
ekin maydonlari begona o’tlardan va kasalliklardan himoya etiladi, ularning 
sho’rlanish darajasi pasayadi. Mustaqil rivojlanish yillarida g’o’za-don, g’o’za-em-
xashak va boshqa ekinlar bilan almashlab ekish ham amalga oshirilmoqda.
Hosildorlik selektsiya va urug’chilik ishlarining holatiga ham bog’liq. 
Respublika xo’jaliklarida davlat nav sinovidan o’tgan, tuproq-iqlim sharoitiga mos 
navlar ekiladi. Selektsioner olimlar va mutaxassislar tomonidan yaratilgan 
Toshkent-6, S-6530, Buxoro-6, Oqdaryo-6,7, Navbahor, Yulduz, Mehr va boshqa 
navlar ilmiy asoslangan va texnologik jihatidan joriy etilgan 35-50 ts. va undan 


34 
yuqori hosil berish potentsial imkoniyatiga ega. 
 
Sabzavot ekinlari 14 ta botanik oilaga mansub 80 ga yaqin turni o’z ichiga 
oladi, XX asrdan boshlab shundan 40 ga yaqini O’zbekistonda ekiladi. Ular 
morfologik va biologik belgilari, hosildorligi, sotish baholari bo’yicha bir-biridan 
keskin farq qiladi. Shuning uchun sabzavotchilikning rivojlanish darajasi, ayniqsa, 
ularni tahlil qilish va baholash o’ta murakkab hisoblanadi. Er yuzida, shu jumladan 
O’zbekistonda madaniy ekinlardan sabzi, sholg’om, lavlagi 2 ming yildan, piyoz va 
bodring 4 ming yildan beri ekiladi. Sabzavotchilikning biologik xususiyatlarini 
hisobga olib, ochiq va yopiq maydonlarda o’stirish usullari qo’llaniladi. Ko’pchilik 
sabzavotlar nisbatan sermehnat resurslar salohiyatiga, ayniqsa quyosh nuriga va 
suvga talabchan ekinlar tarkibiga kiradi. Bu tarmoqni intensiv rivojlantirish mehnat, 
sug’oriladigan er va boshqa resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi. 
Ko’pchilik ekinlardan 2 marta hosil olish imkoniyati tarmoqning samaradorligini 
keskin oshiradi. 
Sabzavotlarni ho’l hamda qayta ishlangan shaklda jahon bozorlarida sotish 
respublikaning valyuta fondini ko’payishiga va uning xalqaro aloqalarini yanada 
kengaytirishga sharoit yaratadi 
Kartoshkadan asosan xushxo’r to’yimli oziq-ovqat sifatida foydalaniladi, uni 
me’yor darajasida iste’mol etish inson tomonidan iste’mol etiladigan ko’pgina 
mahsulotlarni yaxshi hazm bo’lishiga ham yordam beradi. Evropa va Lotin 
Amerikasi mamlakatlarida dehqonchilik oziq-ovqatlar balansi tarkibida kartoshka 
don mahsulotlaridan keyin ikkinchi o’rinda turadi. O’zbekistonda ham aholining 
kartoshkaga bo’lgan talabi va uni qondirish darajasi kuzatilib borilmoqda. 
Kartoshkani qayta ishlash jarayonida kraxmal va spirt olinadi. Ular shirinlik va 
alkogol ichimliklar ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
Kartoshka tuganaklaridan 25 foizgacha kraxmal olinadi. Bir gektar kartoshka 
hosilidan g’alla ekinlariga nisbatan 3-4 marta ko’proq spirt olinadi. Bundan tashqari 
1 tonna kartoshkadan spirt olish uchun qayta ishlash jarayonida 1500 l barda olinadi 
va chorvachilikda ozuqa shaklida foydalaniladi. 
Kartoshka cho’chqalarni oziqlantirishda, o’ta sifatli go’sht ishlab chiqarishga 
imkoniyat yaratadi. Sug’oriladigan erlarda ertagi va kechki navlaridan 2 marta hosil 
olish, aholining kartoshkaga bo’lgan talabini taqvim yil davomida barqaror ta’min 
etishga sharoit yaratadi va h.k. O’zbekistonda kartoshkachilikni intensiv 
rivojlantirish er, suv, mehnat va boshqa resurslar potentsialidan foydalanish 
samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. 
O’zbekistonda kartoshkachilikni rivojlantirish tarixi taxminan 130 yilga teng, 
uning urug’i Lotin Amerikasi mamlakatlaridan Rossiyaga, Rossiyadan 
O’zbekistonga keltirilgan. 
Kartoshkachilikni jadal rivojlanishi asosan urug’likka ko’p jihatdan bog’liq 
ekanligini inobatga olib, respublikani tabiiy iqlim hamda tuproq holatini o’ziga 
xosligini inobatga olib yuqori sifatli urug’ etishtirib beradigan maxsus urug’chilik 
xo’jaliklarini tashkil etish va ularni to’laqonli rivojlanishi uchun davlat tomonidan 
imtiyozlar berilishi maqsadga muvofiqdir. 
Bog’dorchilik 75-80 turdagi mahsulotlar beradi, ular quyidagi guruhlarga 
bo’linadi: 


35 
- urug’li mevalar (olma, nok, behi, do’lana va boshqalar); 
- danakli mevalar (o’rik, shaftoli, olxo’ri, gilos va boshqalar); 
- rezavor mevalar (qulupnay, malina, smorodina va boshqalar); 
- subtropik mevalar (anor, anjir, xurmo, chilonjiyda, tutlar, zaytun va 
boshqalar); 
- tsitrus mevalar (limon, mandarin, apel’sin, va boshqalar); 
- yong’oq, bodom, pista va boshqalar; 
- har xil tropik mevalar(banan, ananas va boshqalar). 
Bog’dorchilikning meva va rezavor kabi asosiy mahsulotlari tarkibida inson 
organizmi uchun o’ta foydali bo’lgan shakar (glyukoza va saxaroza)lar, 
aminokislotalar, oqsillar, moylar, mineral tuzlar, vitaminlar, fermentlar, kolloidlar, 
oshlovchi moddalar, peksin va boshqa xushbo’y moddalar mavjud.
Ularni ilmiy asoslangan me’yorlarda (80-90 kg) yil davomida iste’mol qilish 
yuqori kaloriyali (go’sht, yog’, non va boshqalar) mahsulotlarni hazm qilish 
darajasini yaxshilaydi. Insonlarning salomatligini mustahkamlaydi, umrini ham 
uzaytiradi.
Turli xil bog’dorchilik ho’l mahsulotlarning biokimyoviy tarkibi va inson 
organizmi uchun foydalilik darajasi keskin farq qiladi. Masalan, yong’oq va 
pistadan boshqa mevalarda oqsil va moy juda kam. Ko’pchilik to’liq pishgan 
mevalarda shakar va uglevodlar ham turli darajada tashkil topadi. 
Turli xil mahsulotlarning inson organizmiga foydaliligida ham tafovutlar bor. 
Meva-rezavorlarni ho’l shaklida istemol qilish eng yuqori samara beradi. 
Ammo, ularni hosildan-hosilgacha saqlash xarajatlarni ko’paytiradi, ularni 
anchagina qismi buzilib qoladi va sifat belgilari pasayishi mumkin. 
Bog’dorchilik maxsulotlaridan yil davomida foydalanishni amalga oshirish 
maqsadida ularni qayta ishlash zaruriyati tug’iladi. Ularning anchagina qismi oziq-
ovqat sanoatida qayta ishlanadi. Konserva, povidlo, jem, murabbo, marmelad, 
sharbat, meva suvlari va kompotlari, vino va boshqa alkogol ichimliklar va boshqa 
mahsulotlar tayyorlanadi. 
Istiqbolda bog’dorchilik mahsulotlarini ko’payishi gektaridan hosildorlikni 2-
3 marta oshirish hamda o’rik, nok, gilos, anjir, anor, xurmo, shotut va boshqa 
Respublika sharoatida serdaromad maydonlarni kengaytirish maqsadga muvofiqdir. 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish