6.5. Chorvachilik
Chorvachilik
– mamlakat qishloq xo’jaligining muhim tarkibiy qismidir.
Chorvachilik tarmoqlarining maqsadga muvofiq, samarali joylashtirilishi
respublikada mehnat taqsimotining ijobiy hal etilishiga bevosita ta’sir etadi.
Hududlarning tabiiy, iqtisodiy sharoitlarini hamda bozor talablarini e’tiborga olgan
holda chorvachilikning qoramol-chilik, qo’ychilik, baliqchilik, asalarichilik,
ondatrachilik tarmoqlarining joylashtiri-lishi va rivojlantirilishi borasida ishlar olib
borilmoqda. Chunki bu tarmoqlarda oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati korxonalari
uchun go’sht, sut, jun, teri, asal va boshqa mahsulotlar etishtiriladi.
Chorva hayvonlari iqtisodiyoti quyidagi guruhlari va turlari bo’yicha
o’rganiladi:
36
- qoramolchilik- go’sht va sut yo’nalishi bo’yicha;
- qo’ychilik- go’sht, jun, teri yo’nalishi bo’yicha;
- echkichilik- jun va tivit, sut yo’nalishi bo’yicha;
- cho’chqachilik- bekon, yarim yog’, yog’lik go’sht yo’nalishi bo’yicha;
- parrandachilik- tuxum va go’sht broyler yo’nalishi bo’yicha;
- yilqichilik- go’sht va sut, ish hayvonlari hamda sport yo’nalishi bo’yicha;
- tuyachilik- go’sht, jun va sut yo’nalishi bo’yicha;
- pillachilik bo’yicha;
- asalarichilik bo’yicha;
- quyonchilik bo’yicha;
- hovuz baliqchiligi bo’yicha;
- mo’ynachilik bo’yicha va boshqalar.
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi, xalq turmush darajasining muttasil
o’sib borishi hozirgi kunda chorvachilikni yanada tezrok yuksaltirish vazifasini
birinchi o’ringa qo’ymoqda.
Chorvachilikning rivojlanishi natijada sanoat tarmoqlarining rivojlanishi ham
ta’minlanadi, chorvachilik tarmoqlarida inson salomatligi uchun zarur, oqsil
moddalarga boy bo’lgan turli xildagi mahsulotlar ham etishtiriladi. Respublikada
aholi jon boshiga go’sht, sut etishtirish va iste’mol qilish tibbiy me’yorlar darajasi
bo’lishi lozim. Chorvachilik tarmog’ining bugungi holati inson organizmi uchun
zarur miqdor va me’yorlarni ta’minlab bera olmaydi. Shuning uchun respublika
hukumati mamlakatning barcha sohalarida chorvachilikni rivojlantirishga qaratilgan
yirik dasturlar ishlab chiqib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo’yicha qator chora-
tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Bundan tashqari, chorvachilikda dehqonchilik va chorvachilikning ayrim
sohalari rivojlanishini ta’minlaydigan mahsulotlar ham etishtirilmoqda. Chorva
chiqindisi – go’ng tuproq unumdorligini oshiradi, o’simliklar uchun organik o’g’it
hisoblanadi. Talab katta bo’lgan chorvachilik mahsulotidan sut esa aholi tomonidan
iste’mol qilinishidan tashqari yangi tug’ilgan yosh hayvonlarga ham beriladi.
Hozirgi davrda rivojlangan mamlakatlarda chorva chiqindisi - go’ngdan
biogaz-bioenergiya olish yo’lga qo’yilgan, chunki go’ng arzon energiya manbai
hisoblanadi.
Chorvachilik tarmoqlarida yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotining 40 foizdan
ortig’i etishtirilmoqda. Uning 95 foizdan ortig’ini dehqon xo’jaliklari etkazib
bermoqda. Chorvachilik tarmoqlarida etishtirilayotgan mahsulotlarning asosiy
qismi respublika aholisi talablarini qondirish maqsadida ichki bozorlarda
sotilmoqda.
Kelajakda chorvachilik mahsulotlari etishtirishni ko’paytirishga alohida
e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ob’ektiv imkoniyatlar mavjud.
Respublika chorvachiligida ekologik jihatdan barcha talablarga javob beradigan
go’sht, sut mahsulotlarini, teri, ayniqsa, qorako’l terisini, jun etishtirishni
rivojlantirib, ularni tashqi bozorda sotishni yo’lga qo’yish bu soha daromadini
ko’payishiga olib keladi. Chorvachilik rivojlanib, aholining chorvachilik
mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish darajasi ham yuksaltiriladi. Natijada
tarmoqning mamlakat iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati ortadi.
37
Quyidagi 6.5-jadvalda O’zbekiston Respublikasida 2000-2017 yillarda
chorva mollari bosh soni o’sish dinamikasi keltirilgan.
6.5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |