38
texnik, texnologik va tashkiliy-iqtisodiy usullari va har bir tizim elementlarida ishlab
chiqarishni yuritishning yaxlitligidir.
Chorvachilikning tarmoq tuzilmasini aniqlashda mahsulot bozorining holati,
sohaning bu bozorda tutgan o’rni (bozor hajmi, raqobatning mavjudligi va darajasi,
mazkur muassasa ishlab chiqargan mahsulotning raqobatdoshligi) eng muhim
omillardan hisoblanadi.
Ekologik jihatdan toza mahsulotlarga bo’lgan talab o’sib bormoqda.
Muammoni hal etish uchun bir qancha tashkiliy,
iqtisodiy, ijtimoiy tadbirlarni
amalga oshirish, chorvachilik tarmoqlari ishlab chiqarishining iqtisodiy
samaradorligini ko’tarish kerak. Bu jarayonni bir necha yunalishlar bo’yicha amalga
oshirish uchun respublika hududlarining, xo’jaliklarning yunalishlarini e’tiborga
olgan holda chorvachilik tarmoqlarini maqsadga muvofiq joylashtirib,
ularni
ixtisoslashtirish jarayonlarini rivojlantirishga e’tibor berish lozim.
Chorvachilik fermalarini zamonaviy talablarga javob beradigan moddiy-
texnika bazasini bosqichma-bosqich rivojlantirish, chorvachilik bino-inshootlarini
fan-texnika yutuqlarini e’tiborga olgan holda moslashtirish, tegishli vositalar bilan
ta’minlash, chorva hayvonlarini yaxshi parvarishlash, sifatli mahsulot etishtirishda
yangi texnikalar, ilg’or texnologiyalar joriy etishga erishish,
tarmoqda ishlab
chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish mehnat unumdorligini oshirishni
ta’minlaydi. Naslchilik ishlarini rivojlantirish sermahsul chorva zotlarini yaratib,
ularni ishlab chiqarishga tezroq tatbiq etilishini ta’minlash tarmoqda iqtisodiy
samaradorlikni ko’tarish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Qoramolchilik respublika chorvachiligida etakchi tarmoq. U respublikada
etishtiriladigan go’shtning to’rtdan uch qismi va sutning hammasini beradi.
Mamlakatda, uning mintaqalararo agroiqlim xususiyatlariga ko’ra, sut, sut-go’sht,
yo’nalishidagi qoramolchilik sohalarida, yirik shahar atrofi xo’jaliklarida
hamda
yangidan sugorilgan mintaqalarda, go’sht-sut go’sht yo’nalishidagi qoramol zotlari
esa tog’-tog’oldi mintaqalarida rivojlangan.
Qoramolchilikning hududiy joylashishida viloyatlararo katta tafovutlar bor.
Samarqand viloyatida mamlakat jami qoramollarining 14,8 foizi, Toshkent,
Qashqadaryo, Fargona, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarining har birida 8-11 foizi
boqiladi.
Qoramol zotlarini yaxshilash sohasida ko’p ishlar qilinmoqda. Jumladan,
Boltiqbo’yi davlatlaridan sersut qoramollar keltirilib rayonlashtirilgan va ularni
chatishtirish orqali yangi zotlar yaratilgan. Mahalliy zotlarni qoraola zotlar bilan
chatishtirib qo’ngir va qora-ola zotlarning O’zbekiston tipi yaratilgan.
Qo’ychilik. Respublikada Qorako’l, hisori va jaydari qo’ylar ko’p boqiladi.
Ularning soni echkilarni ham qo’shib hisoblaganda 17 mln. boshdan ko’p. Shundan
yarmi Qorako’l qo’ylaridir. Yuqorida qayd qilinganidek,
iqtisodiy islohotlarning
dastlabki bosqichidayoq mamlakat chorvachiligi ancha barqarorlashdi.
Qorako’l qo’ylari respublika qo’ychiligining faxri hisoblanadi. U mamlakat
eksportida alohida o’rin tutadigan, ko’p xil tovlanadigan sifatli qorako’l terisi,
go’shti hamda jun olish uchun katta-katta cho’l yaylovlarida boqiladi. Olimlarning
isbotlashicha, qorako’l zotli qo’ylarning asl vatani Zarafshon vohasi hisoblanadi.
Demak Janubiy Afrika, Afg’oniston, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlarida
39
boqilayotgan Qorako’l qo’ylari asl vatani O’zbekistondir. Mamlakatimizda
Qorako’l qo’ylarining boqiladigan
asosiy yaylovlari Qizilqum, Qarshi va Ustyurt
cho’llaridir, qisman tog’ oldi-mintaqalaridir.
O’zbekiston sifatli qorako’l terilari etishtirishda dunyoning uzoq
burchaklarigacha mashhur O’zbekiston qorako’l terilari mo’yna bozorlarida, Sankt-
Peterburg «kim oshdi» savdo bozorida, xalqaro yarmarkalarda, shuningdek,
Amerika va Evropa bozorlarida sotiladi. Mamlakatda qorako’lchilikka
ixtisoslashgan 120 ta yirik xo’jalik mavjud bo’lib, shuning 18
tasi naslchilik
zavodlari va 9 tasi naslchilik xo’jaliklaridir. Respublika naslchilik zavodlari asosan
sifatli teri navlari yaratish bilan shug’ullanadilar.
Mamlakat chorvachiligida yilqichilik, parrandachilik, cho’chqachilik,
quyonchilik, baliqchilik, asalarichilik, tuyachilik hamda pillachilikning ham o’z
o’rni bor. Mazkur tarmoqlarining mamlakat chorvachilik mahsulotlari
etishtirishdagi salmogi tobora ortib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: