30
oshirish, suvlarning sifatini yaxshilashga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasini
samarali amalga oshirish orqali zarur qishloq xo’jalik mahsulotlari hajmini va
miqdorini ko’paytirishga hamda sifatini yaxshilashga erishish mumkin.
Respublikamizda suv resurslari manbalari cheklangan. Ularning umumiy
miqdori 49,4 mlrd. m
3
atrofida. Shundan 30,6 mlrd. m
3
yoki 61,9 foizi yirik
daryolarning suvidan, 16,5 mlrd. m
3
respublika hududidagi mayda daryolarning
suvlaridan, qolgan qismi esa er osti hamda kollektor-zovurlardan olinadigan
suvlardan iborat.
Mavjud suv resurslari hozirgi o’sib borayotgan talabni to’liq qondira olmaydi.
Shu suv resurslarining aksariyat qismi qishloq xo’jaligi tarmog’ida ishlatiladi. Suv
resurslari davlat muhofazasida, mulkchilik shakllari bo’yicha taqsimlanmagan.
Respublikada mustaqillik yillarida suvdan foydalanish borasida tub islohotlari olib
borilmoqda.
Sug’oriladigan dehqonchilikni rivojlantirish va qishloq xo’jaligida ishlab
chiqarishni jadallashtirish sug’oriladigan erlarda suv tanqisligini vujudga keltiradi.
Bu esa o’z navbatida xo’jalik sug’orish tizimlarida suvni behuda nobud qilmaslik,
suv sarfini kamaytirish, sug’orish usullarini takomillashtirish bo’yicha qator
tadbirlarni amalga oshirish va suvdan foydalanishni qat’iy hisob-kitobini olib borish
tartibini joriy etishni talab qiladi.
Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda tuproqdan sizib yo’qoladigan va
sug’orish tizimlari takomillashtirilmaganligi tufayli isrof bo’ladigan suv miqdori 35-
40 foizga teng bo’ladi. O’zbekistonda ekinlarni sug’orishda foydalaniladigan suv
asosan o’z oqimi bilan keladigan suv bo’lib, asosiy sug’orish usuli qator oralari
ishlanadigan ekinlar va em-xashak ekinlarini egatlar orqali sug’orish hisoblanadi.
Kelajakda sug’orish usullari va texnikasini takomillashtirish, sug’orish tizimlariga
xizmat qilishni tegishli yo’lga ko’yish, mavjud sug’orish mashinalarini
takomillashtirish va shu asosda egatlar orqali sug’orish uchun suv etkazib berishga
qilinadigan qo’l mehnati sarflarini kamaytirish talab qilinadi.
Bu borada O’zbekistonda irrigatsiya tizimlarini boshqarishning ma’muriy-
hududiy tamoyilidan havza tamoyiliga o’tishni ko’zda tutuvchi, suv resurslarini
boshqarish, shuningdek suvdan foydalanishda bozor tamoyillarini barcha darajada
tadbiq qilish amalga oshirilmoqda.
Er-suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini yuksaltirish
uchun
er-suv
munosabatlarini
takomillashtirish,
chuqurlashtirish,
ya’ni
liberallashtirish masalalarini hal etishni tezlashtirish maqsadga muvofiqdir. Buning
uchun er va suvning baholarini va ulardan foydalaganlik uchun to’lanadigan
haqlarni, soliqlar miqdorini real aniqlash lozim. Bunda bozor iqtisodi qonuniyatlari
talablariga asoslanish, shuningdek, er va suv resurslarining cheklanganligi, takror
ishlab chiqarilmasligi, holati, sifati, iste’molchilarga uzoq-yaqinligi, ishlab chiqarish
vositalari hamda infratuzilmalar bilan ta’minlanganligi, olinayotgan mahsulot,
foyda summasi kabi indikatorlarni ham e’tiborga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: