22
qo’ymaslik orqali raqobatchilik muhitini yaratish hisoblanadi. Bu agrar sohada
davlat mulki hissasini keskin kamaytirishni taqozo etadi, fermer,
dehqon
xo’jaliklari, agrofirmalarni rivojlantirish talab etiladi.
Respublikamizdagi fermer xo’jaliklariga mulk tariqasida uzoq muddatga
ijaraga berilgan er resurslaridan maqsadli, oqilona va samarali foydalanishni
rag’batlantirish, huquqiy shart – sharoitlar va kafolatlar yaratish, ularning haq
huquqlarini to’laqonli himoya qilish fermer xo’jaliklarining to’liq mulkiy, iqtisodiy
va moliyaviy mustaqilligini ta’minlaydi. Fermer xo’jaliklarini
rivojlantirish bilan
birga qishloq aholisining bandligini oshiradi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida mulkiy islohotlarni takomillashtirish
natijasida qishloqda dehqonning erga va o’zi yaratgan mahsulotga egalik hissini
oshirishga qaratilgan mulkiy munosabatlar hamda uning mukammal huquqiy
asoslari shakllantirildi.
O’zbekiston qishloq xo’jaligida mulkiy islohotlarni takomillashtirish
natijasida fermer xo’jaliklari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va
uni rivojlantirishga oid munosabatlar, fermerlik harakatining
huquqiy asoslari
rivojlanib bormoqda. Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor
vazifalaridan biri va mulkiy islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan biri etib
belgilandi.
Mulk egalarini rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish
va uni doimiy ravishda takomillashtirib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining Er kodeksi, «Fermer xo’jaligi to’g’risida», «Dehqon
xo’jaligi to’g’risida» «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi
qonunlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish hamda qishloqda tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
Fermer xo’jaliklarining moliyaviy aktivlarini oshirish, aylanma mablag’lar
zaxira bazasini yaratish, garov kapitalini ko’paytirish orqali moddiy-texnik
ta’minotni mustahkamlash, qolaversa, kredit resurslari bo’yicha foydalanilmayotgan
imkoniyatlarni
ishga solish, mavjud mablag’larni o’z xo’jaligini kapitallashtirish
uchun yo’naltirish hamda iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.
Prezidentimiz farmonida belgilab berilgan barcha masalalar qonun loyihasida
o’z aksini topgan. Asosiy maqsadi ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rivojlantirish
uchun qulay sharoitlar yaratish, fermerlar faoliyatining moliyaviy barqarorligi va
samaradorligini oshirishga qaratilgan ushbu qonun loyihasida fermer xo’jaliklari
ustav fondi shakllantirilishining mukammal qoidalari, shuningdek,
faoliyat
yo’nalishlarini kengaytirish, kommunal va muhandislik tarmoqlariga ulanishi
borasida davlat va mahalliy hokimiyat organlarining amaliy yordam ko’rsatishi,
ishlab chiqarishga tomchilatib sug’orish tizimini joriy etuvchi qishloq xo’jaligi
sub’ektlariga soliq imtiyozlari berishga oid huquqiy normalar ham kiritilgan.
Bunday choralar, shubhasiz, mamlakatimizda fermerlik harakati istiqbolini yanada
kengaytirishga xizmat qiladi. Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi fermer
xo’jaliklarining jamiyatdagi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi o’rnini yanada
mustahkamlash yo’lida ular uchun qo’shimcha huquqiy kafolati bo’lib ham xizmat
qiladi
Amalga oshirilgan maqbullashtirish jarayoni natijasida 2016
yil yakuniga
23
kelib respublikamizdagi fermer xo‘jaliklarining soni 101070 tadan 160372 tagacha
yoki 60,0% ga ko‘paytirildi, bunda bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha
yer maydoni hajmini 35,8 gektardan 22,3 gektargacha kamaytirishga erishildi.
O‘rtacha bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan yer maydonlarini tarmoqlar
bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich paxtachilik va g‘allachilikda 55,2
gektarga, sabzavotchilikda va polizchilikda 4,0 gektarga, bog‘dorchilik va
uzumchilikda 2,8 gektarga, chorvachilikda 29,3 gektarga teng bo‘lmoqda (9.2-
jadval).
Bugungi kunda respublika bo‘yicha 160 ming 372 ta fermer xo‘jaliklari
bo‘lib, ularga 5 mln. 854 ming gektar yer ajratilgan. Bir fermer xo‘jaligining
o‘rtacha yer maydoni 22,3 gektarni tashkil etmoqda. Paxtachilik va g‘allachilik
yo‘nalishida 53 ming 862 ta fermer xo‘jaliklari bo‘lib, ularga 1 mln. 667 ming gektar
yer ajratilgan. Ularning o‘rtacha yer maydoni 55,2 gektar (6.6-jadval, 6.6-rasm).
Sabzavotchilik-polizchilik yo‘nalishida 6 ming 480 ta fermer xo‘jaliklari
bo‘lib, ularga 22 ming 776 gektar yer ajratilgan, ularning o‘rtacha yer maydoni 4
gektar.
Bog‘dorchilik-uzumchilik yo‘nalishida 74 ming 113 ta fermer xo‘jaliklari
bo‘lib, ularga 34 ming 50 gektar yer ajratilgan. Ularning o‘rtacha yer maydoni 2,8
gektar.
Xo'jaliklar toifalari bo'yicha tahlillar, qishloq xo'jaligi mahsulotlar umumiy
hajmining 63,6 foizi – dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklariga, 34,7 foizi – fermer
xo’jaliklariga, 1,7 foizi – qishloq xo'jaligi faoliyatini
amalga oshiruvchi
tashkilotlarga to'g’ri kelishini ko'rsatmoqda.
Fermer xo’jaliklarining er, suv va moddiy-texnika resurslaridan yanada
oqilona foydalanish hisobiga ishlab chiqarish hajmlari muttasil oshib bormoqda,
fermer xo’jaliklari samaradorligi va rentabelligi o’sishini ta’minlash imkonini
beradigan moddiy-texnik baza mustahkamlanmoqda, ularning er maydonlarini
maqbullashtirish borasidagi kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Qishloqda
fermer xo’jaliklariga barcha zarur xizmatlarni ko’rsatuvchi zamonaviy ishlab
chiqarish va bozor infratuzilmasi shakllantirilmoqda.