Relef turlari.
Yer yuzidagi baland-pastliklar
relef
deyiladi. Joyning relefi
balandlik
va
pastliklarga
bo‘linadi. Tog‘,
tepa, tizma tog‘,
egarsimon joylar-
balandlikka; chuqurlik, soy, jarlik esa pastlikka kiradi (6.1-shakl). Asosiy relef
turlarining ko‘rinishi sxematik ravishda 6.2-shaklda ko‘rsatilgan. Strelka pasayish
yo‘nalishini ko‘rsatadi.
6.1-shakl
.
Relefning asosiy turlarini qo‘yidagicha xarakterlash mumkin.
1.
Tog‘ (tepa)-
yuqoriga konus tarzida ko‘tarilgan joy bo‘lib, uning eng
baland nuqtasi cho‘qqi, yon tomonlari-qiyalik (yon bag‘ir), atrof bilan tutashgan
chizig‘i
-tog‘ etagi
deyiladi (6.2-shakl,
a
).
6.2-shakl.
2.
Tizma tog‘
(alish)-
bir tomonga cho‘zilib ko‘tarilgan yoki pasaygan joy
bo‘lib, ikki yon tomoni (yon bag‘ri) tikroq pasayadi, boshqacha aytganda, tizma
tog‘da joy bir nuqtadan uch yo‘nalish bo‘yicha pasayadi, bir tomonga cho‘zilib,
ikki yon tomonga tikroq pasayadi. Cho‘zilib pasayish yo‘nalishining baland
nuqtalaridan o‘tgan chiziq
suv ayriluvchi
(suv bo‘linuvchi) chiziq deyiladi (6.2-
shakl,
b
).
3.
Egarsimon joy
(bel)-
ikki tog‘
yoki tepaning yonma-yon qo‘shilishidan
hosil bo‘ladi. Egarsimon joyning ikki tomonidan qarama-qarshi yo‘nalishda soy
boshlanadi. Ko‘pincha, bir soydan ikkinchisiga o‘tgan yolg‘iz oyoq yo‘l egarsimon
joy orqali narigi tomondagi soy yo‘liga tutashadi, egarsimon joydagi bu yul
dovon
deyiladi (6.2-shakl,
v
)
4.
CHuqurlik (kotlovina)-
tog‘ning
aksi bo‘lib, har tomondan o‘ralgan
pastlik joy; eng chuqur joyiga
-tub
deb, yon tomonlari
qiyalik
,
qiyaliklarning atrof
bilan uchrashgan chizig‘i
-chuqurlik chekkasi
deyiladi (6.2-shakl,
g
).
5.
Soy-
tizma tog‘ning
aksi bo‘lib, bir nuqtadan uch tomonga ko‘tariladi
yoki bir uchi ochiq yo‘nalish bo‘yicha asta pasayadi, lekin ikki yoni tikroq
ko‘tariladi. Soyning eng past joylaridan o‘tgan chiziq
suv yig‘iluvchi chiziq
deyiladi, bu chiziq bo‘yicha yog‘in suvlari oqadi. (6.2-shakl,
d
). Agar soy keng va
uzoqqa cho‘zilsa,
vodiy
deyiladi.
Daryolar vodiyning suv yig‘iluvchi chizig‘i bo‘yicha oqadi. Farg‘ona
vodiysidagi Sirdaryo bunga misol bo‘la oladi. Agar soyda suv yig‘iluvchi chiziq
nishabligi katta va tuproq yumshoq bo‘lsa, sel oqimlari orqali yuvilib, o‘piriladi,
keyin bu erda
jarlik
hosil bo‘ladi. Vodiyda tekis maydonchalar uchraydiki, ular
terrasa
deyiladi.
Gorizontallarning mohiyati 6.3-shaklda ravshan ko‘rsatilgan. Tepalik bir-
biridan
h
balandlikda joylashgan bir necha gorizontal tekislik (sathiy yuza)
W, T,
R,
va
S
lar bilan kesilgan. Kesishuv nuqtalari
K, L, A, E, V, S, M,
va
F
proeksiyasi
gorizontal tekislik
Q
ga tushirilsa, shakldagi konqentrik aylanalarga o‘xshash
yopiq chiziqlar hosil bo‘ladiki, ular joyning
h
kesimidagi gorizontallaridir.
W, T, R
va
F
lar orasidagi
h kesim balandligi
deb ataladi.
T
sathiy yuza kesgandagi
AE
kesimlarning
Q
dagi gorizontali
ae
bo‘lib, bo‘lar bir xil otmetkada bo‘ladi.
SHakldagi
BAN
uchburchaklikning
BN
tomoni
va
ga parallel,
BA
qiya chiziq
gipotenuza bo‘lib, uning
Q
tekislikdagi proeksiyasi
va
=
d
1
, BN
=
d;
bu proeksiya
qo‘yilish
deyiladi.
BA
qiya chiziqning og‘ish burchagi
v
qiyalik burchagi
yoki
vertikal burchak
deb ataladi. (6.3-shakldagi
AN
=
h)
bo‘lganligidan quyidagini
yozish mumkin.
d
h
ВN
АN
tg
(6.1)
Do'stlaringiz bilan baham: |