6-Амалий машғулот. Тўғри чизиқ ва текисликнинг кесишуви.
To‘g‘ri chiziqning xususiy vaziyatdagi tekislik bilan kesishuv nuqtasini topish
EF to‘g‘ri chiziqning umumiy vaziyatdagi ABC tekislik bilan kesishgan nuqtasini topish uchun berilgan EF to‘g‘ri chiziq orqali proeksiyalovchi R tekislik o‘tkaziladi bu tekislikning berilgan ABC tekislik bilan kesishgan chizig‘i 1,2 topiladi (ABCR/=>1,2). Bu (1,2) nuqtalar ikkita tekislik uchun ham umumiydir (55-rasm).
1, 2 to‘g‘ri chiziq bilan EF to‘g‘ri chiziq K nuqtada kesishadi. (1,2EF=>K). Demak, EF to‘g‘ri chizig‘ining ABC tekislik bilan kesishgan nuqtasi EFABC=>K, ABC tekislik uchun ham, EF to‘g‘ri chiziq orqali o‘tkazilgan R tekislik uchun ham umumiydir. To‘g‘ri chiziqning proeksiyalovchi tekislik bilan kesishgan nuqtasini topish uchun to‘g‘ri chiziqning tekislik izi bilan kesishgan nuqtasini topib uning ikkinchi tekislikdagi proeksiyasini topish kerak bo‘ladi. 52-rasmda ABC frontal proeksiyalovchi tekislik bilan EF to‘g‘ri chiziqning kesishgan nuqtasini topish ko‘rsatilgan. Ma’lumki, proeksiyalovchi tekislikning izi to‘g‘ri chiziq bo‘ladi, undagi barcha nuqtalar iziga proeksiyalanadi. ABC tekislikning frontal proeksiyasi ABC ko‘rinib turibdiki, to‘g‘ri chiziq xolatda, u bilan EF to‘g‘ri chiziq K nuqtada kesishayapti (A,BCEF) nuqtaning gorizontal proeksiyasi K.
52-rasm. 53-rasm.
53-rasmda EF to‘g‘ri chiziq frontal proeksiyalovchi P tekislik bilan kesishgan nuqtasi (K)ni topish ko‘rsatilagan. EFPv=>K.
7.5. To‘g‘ri chiziqning umumiy vaziyatdagi tekislik bilan kesishuv nuqtasini topish
54-rasmda ABC tekislik bilan EF to’g’ri chiziqning kesishgan nuqtasini topish yaqqol tasvirda bajarish kursatilgan. 55-rasmda esa ABC tekislik bilan EF to’g’ri chiziqning kesishgan nuqtasini topish epyurda bajarish ko’rsatilgan. Buning uchun EF to’g’ri chizigining gorizontal proeksiyasi EF buyicha gorizontal proeksiyalovchi P tekislikning gorizontal proeksiyasi Pv o‘tkaziladi va 12 nuqtalar hosil qilinadi. Bu nuqtalarning frontal proeksiyalari 12 topilib, ular tutashtirilsa EF to‘g‘ri chiziq bilan Knuqtada kesishadi. K nuqtaning gorizontal proeksiyasi K topiladi. Endi ularning ko‘rinar va ko‘rinmas tomonlari aniqlanadi.
Agar epyurda uchburchak tekisliklar berilgan bo’lsa, birinchisining bir qirrasi, ikkinchisining tomonini kesib o‘tgan nuqtasi topiladi va ikkinchi tekislik qirrasining birinchi tekislik tomoni bilan kesishgan nuqtasi topiladi va ular tutashtiriladi.
54-rasm. 55-rasm.
56-rasmda ana shunday ABC va EFD uchburchak tekisliklarining kesishgan chizig‘ini topish ko‘rsatilgan. Bunda uchburchak EFD tekislikning gorizontal proeksiyasi E’F’ tomoni bo‘yicha gorizontal proeksiyalovchi S tekislikning izi SH o‘tkazildi. Bu AB chiziqni 1 nuqtada AC chiziqni esa 2 nuqtada kesib ularning frontal proeksiyalari 12 topiladi va ular tutashtiriladi. Ana shu 12 to‘g‘ri chiziq EFD tekislikning EF qirrasi bilan kesishib M nuqtani hosil qiladi.
Endi ABC tekislikning BC qirrasi bo‘yicha P frontal proeksiyalovchi tekislikning P V izi. EFD tekislikning EF qirrasi bilan 3 nuqtada, ED qirrasi bilan esa 4 nuqtada kesishadi. Bu nuqtalarning gorizontal 34 nuqtalari topilib tutashtiriladi. Bu 34 to‘g‘ri chiziq BC qirra bilan N nuqtada kesishadi, uning frontal N nuqtasi topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |