5-MA’RUZA. TOPOGRAFIK KARTA VA PLAN NOMENKLATURASI
Reja.
1. Topografik karta va uning nomenklaturasi.
2. Kilometrlar to‘ri.
Tayanch iboralar:
karta nomenklaturasi, varaqlarini nomerlash,
varaqlarga bo‘lish, kolonna, meridian, parallel, qator, nomerlash uzoqlamasi,
ekvator, masshtab, sfera, trapetsiya, Gauss proeksiyasi, zona, teng burchakli,
konform proeksiya, o‘qiy meridian, zona nomeri, shartli koordinatalar boshi,
kilometrlar to‘ri, koordinatomer.
To‘rli masshtabdagi kartalar nomenklaturasiga 1:1000000 mashtabli davlat
kartasi asos qilib olingan.
Karta varaqlarini belgilash sistemasi topografik karta nomenklaturasi
deyiladi.
Kartani varaqlarga bo‘lish hamda varaqlar nomenklaturasini belgilash
uchun butun er sharining yuzasi har 6° dan o‘tkazilgan meridianlar bilan 60 ta
kolonnaga
bo‘linadi: kolonnalar arab raqamlari bilan nomerlanadi, nomerlash
uzoqlamasi 180° bo‘lgan meridiandan boshlanib, g‘arbdan sharqqa tomon 1 dan 60
gacha oshib boradi (5.1-shakl).
Kolonnalar ekvatordan boshlab, shimoliy va janubiy qutblarga tomon har
4° dan o‘tkazilgan parallellar vositasida
qatorlarga
bo‘linadi. Qatorlar o‘rni latin
alfavitining bosh harflari bilan belgilanadi. Yuqoridagidek o‘tkazilgan meridian va
parallellar bilan er yuzasida 1:1000000 masshtabdagi kartalarning bir qancha
trapetsiyasi hosil bo‘ladi. Har qaysi trapetsiya bitta alohida varaqda tasvirlanadi;
meridian va parallel chiziqlar esa shu varaq ramkasi bo‘ladi. 1:1000000
masshtabdagi karta bir varag‘ining nomenklaturasi shu karta trapetsiyasi
joylashgan qator o‘rnini ko‘rsatuvchi harf va kolonna nomeridan iborat bo‘ladi
(masalan,
K-
42 va
M-
53). Qator va kolonnalarga bo‘lish, nomerlash, belgilash
5.1-shaklda to‘la ko‘rsatilgan.
Qatorning qaysi yarim sharda ekanligini bilish uchun nomenklatura oldiga
shimoliy yarim sharda
N
harfi, janubiy yarim sharda esa
S
harfi yoziladi. Masalan,
N, M-
53 kabi.
Nutqaning geografik koordinatlari
(kenglik) va
(uzoqlik) ma’lum
bo‘lsa, 1:1 000 000 masshtabli kartaning shu nuqta joylashgan varag‘ining
nomenklaturasini anshqlash uchun qo‘yidagi formuladan foydalanish mumkin
(kolonna nomeri
t,
qator nomeri
p
deb oliigan):
31
6
0
т
1
4
п
(5.1)
Agar
180° bo‘lsa,
1
6
180
0
т
(5.2)
bo‘ladi. Bu formuladan foydalanishda
va
larning faqat gradus qiymatlari
tegishlicha 6 va 4 ga bo‘linib, butun bo‘linmalar olinadi va ular qiymatiga
tegishlicha 31 va 1 qo‘shiladi. Masalan, shimoliy yarim sharda biror nuqtaning
geografik koordinatalari
= 41° 18';
= 69° 17' deylik, shunda kolonna nomeri
42
31
11
31
6
69
0
т
, qator nomeri esa
11
1
10
1
4
41
0
п
bo‘ladi.
5.1-shakl.
Latin alfavitining 11 harfi
K
bo‘lganidan karta varag‘ining nomenklaturasi
N, K-
42 ko‘rinishda yoziladi. Lekin mamlakatimiz faqat shimoliy yarim sharda
joylashgani uchun karta, varag‘ining nomenklaturasini
N
harfini tashlab,
K-
42
ko‘rinishida yozish qabo‘l qilingan.
1:1 000 000 masshtabdagi kartaning bir varag‘ini 4 ta teng bo‘lakka bulib,
1:500 000 masshtabdagi kartaning 4 varag‘i hosil qilinadi; ularning nomlari rus
alfavitining bosh harflari
A, Б, В, Г
bilan belgilanadi va bu millionli varaq
nomenklaturasi davomiga
K-42-Г
tarzida yoziladi (5.2-shakl).
5.2-shakl. 5.3-shakl.
1:1 000 000 masshtabdagi kartaning bir varag‘ini 144 (12x12) bo‘lakka
bo‘lib, 1:100 000 masshtabdagi karta varaqlari hosil qilinadi; bo‘lar 1 dan 144
gacha arab raqami bilan belgilanadi hamda varaq nomeri millionli varaq
nomenklaturasi davomiga
K-42-103
tarzida yoziladi
(
5.3-shakl).
1:50 000 va undan yirik masshtabdagi kartalar uchun 1:100 000
masshtabdagi karta varag‘i asos bo‘ladi. Nomenklaturalarni belgilashda 1:1 000
000 masshtabli karta nomenklaturasi ketidan 1:100 000 li karta varag‘ining nomeri,
so‘ngra esa yirik masshtab varag‘ini belgilovchi harf yoki nomer yoziladi.
1:100 000 masshtabdagi kartaning bir varag‘ida 4 ta 1:50 000 masshtabdagi
karta varag‘i joylashadi, bo‘lar rus alfavitining bosh harflari
A, Б, В, Г
bilan
belgilanadi. Misolimizga tegishli 1:50 000 masshtabdagi karta varag‘ining
nomenklaturasi
K-42-103- Б
deb yoziladi
(
5.4-shakl).
1:50 000 masshtabdagi kartaning bir varag‘iga 4 ta 1:25 000 masshtabli
karta varg‘agi joylashadi, bo‘lar rus alfavitining kichik harflari
a, б, в, г
bilan
belgilanadi va kerakli varaq hapfi 1:50 000 masshtabli karta varag‘i
nomenklaturasi davomiga yoziladi, bunda 1:25 000 masshtabli karta
nomenklaturasi hosil bo‘ladi. Misolimizda
K-42-103-B-a
bo‘ladi
(
5.4-shakl).
1:25 000 masshtabdagi kartaning bir varag‘ida 4 ta 1:10 000 masshtabli
karta varag‘i joylashadi, bo‘lar 1-4 gacha arab raqamlari bilan nomerlanadi va
karta nomenklaturasini belgilashda varaq nomeri yigirma besh mingli karta
varag‘ining nomenklaturasi oxiriga yoziladi. Misolda
K-42-103-B-a-1
bo‘ladi. Bu
varaqlarning joylanishi va nomenklaturasi 5.4-shaklda ko‘r-satilgan.
1:5 000 va undan yirik masshtabdagi planni varaqlarga bo‘lish va
nomenklaturasini belgilash uchun 100 000 masshtabli karta varag‘i asos qilib
olingan.
1:100 000 masshtab karta varag‘ida 256 (16X16) ta 1:5000, masshtabli plan
varag‘i joylashadi, va 1 dan 256 gacha arab raqamlari bilan iomerlanadi.
1:5 000 masshtabli karta varag‘ining nomenklaturasini belgilash uchun
kerakli varaq nomeri yuz mingli karta varag‘i nomenklaturasi davomiga qavs
ichida
K-42-103-(26)
tarzida yoziladi. (5.5-shakl).
5.4-shakl. 5.5-shakl.
1:5 000 masshtabdagi plan bir varag‘ida 9 ta (3X3) 1:2000 masshtabli plan
varag‘i joylashadi, bo‘lar rus alfavitining kichik harflari,
a, б, в, г, д, e, з, и
bilan
belgilanadi va ularning har biri besh mingli plan varag‘ining nomenklaturasi
davomiga (qavs ichida) yoziladi. SHunda 1:2000 masshtabli plan nomenklaturasi
hosil bo‘ladi. Masalan,
K-42-103-(26-г)
(5.6-shakl).
1:2 000 masshtabdagi planning bir varag‘iga 4 ta 1:1 000 masshtabdagi
planning varag‘ini joylashtirish mumkin: bo‘lar 1, 2, 3, 4 raqamlari bilan
belgilanib, ikki mingli plan varag‘i nomenklaturasi davomiga masshtabli plan
nomenklaturasi hosil bo‘ladi:
K-42-103-(26-г-3)
.
5.6-shakl.
Do'stlaringiz bilan baham: |