OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
“KONCHILIK” FAKULTETI
“KONCHILIK ISHI” KAFEDRASI
“
GEODEZIYA
”
fanidan
MA’RUZA MATNLARI
1-MA’RUZA
.
GEODEZIYA FANI, UNING AHAMIYATI VA
VAZIFALARI. YERNING SHAKLI VA O‘LCHAMLARI
Reja:
1.
Geodeziya fani haqida umumiy ma’lumotlar.
2.
Geodeziya fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
3.
Geodeziya fani tarixidan qisqacha ma’lumot.
4.
Yerning shakli va o‘lchamlari haqida yangi qarashlar.
5.
Sathiy yuza.
6.
Geoid.
7.
Referens ellipsoid.
Tayanch iboralar:
Nyuton nazariyasi, qutblar, ellipsoid, gradus o‘lchash
usuli, sathiy yuza, og‘irlik kuchi, dengiz sathidan balandlik, geoid, Listing,
geologik o‘zgarishlar, shovun chiziq, referens ellipsoid, ekvator tekisligi, aylanish
o‘qi, oriyentirlash, yer parametrlari, gravimetrik aniqlash, fizik geodeziya, Shubert,
Krasovskiy ellipsoidi, yer, bo‘lish, yerning shakli va o‘lchamlari, nuqtalar o‘rni,
xarita, plan, qog‘ozda tasvirlash, matematika, astronomiya, fizika, mexanika,
kosmik, Misr, Gretsiya, Xitoy, O‘rta Osiyo, Nil daryosi, xarobot, Pifogor, Evdoks,
Eratosfen, gradus o‘lchash usuli, Beruniy, Hindiston, ufqning pasayish burchagi.
Geodeziya so‘zi grekcha so‘z bo‘lib geo-yer, dezus-bo‘lish degan ma’noni
bildiradi.
Geodeziya fani-yerning shakli va o‘lchamlari, yer yuzidagi nuqtalarning
bir-biriga nisbatan o‘rnini aniqlashda, yer yuzining xarita, plan, qirqimlarini,
tuzishda hamda muxandislik inshootlarini qurishda bajariladigan o‘lchashlar
nazariyasi va amaliyoti haqidagi fandir.
Shunga ko‘ra, geodeziya fani amaliy geometriya (yer o‘lchash) deb ham
yuritilgan. Lekin hozirda geodeziya xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi qurilishga
doir muhim va murakkab masalalarni yechish bilan shug‘ullanadi. Masalan, yer
shakli va kattaligini aniqlash, yer yuzasi ma’lum qismining plan, karta va
profillarini chizish, qishloq xo‘jaligini planlashtirish, turli inshootlar barpo qilishda
bajariladigan qidirish, o‘lchash va loyihalash ishlarini turli asboblar yordamida
amalga oshirish yo‘llarini o‘rganish hozirgi geodeziya faninig umumiy vazifasidir.
Bajariladigan ishning mazmuni va usuliga qarab geodeziya quyidagicha bo‘linadi
va ta’riflanadi.
Yer yuzasi bo‘laklarining ko‘rinishi va kattaligini aniqlab, uni plan, karta
va profillarda tasvirlash yo‘llarini va bunda ishlatiladigan asboblarni o‘rgandigan
fan
Do'stlaringiz bilan baham: |