Geodeziya va marksheyderiya


-MA’RUZA. TOPOGRAFIK KARTALAR TUZILISHI



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/69
Sana13.06.2022
Hajmi4,52 Mb.
#661573
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69
Bog'liq
Геодезия маъруза (1)

6-MA’RUZA. TOPOGRAFIK KARTALAR TUZILISHI. 
TOPOGRAFIK KARTALARDA SHARTLI BELGILAR 
 
Reja. 
1.
Topografik karta va planlarda tafsilotni ifodalash. 
2.
Topografik karta va planlarda relefni tasvirlash. 
3.
Relef turlari. 
4.
Gorizontallarning xossalari. 
Tayanch iboralar: 
karta, plan, relef, shartli belgilar, konturli, masshtabli, 
masshtabsiz, yozuvlarda ifodalash, belgilarda ifodalash, bo‘yoqlar, gorizontallar
kesim balandligi, punktir, yarim gorizontal, berg shtrixlar, relef, balandlik, pastlik, 
tog‘, tizma tog‘, egarsimon joy, chuqurlik, soy, suv yig‘iluvchi chiziq, terassa, 
relefni tasvirlash, gorizontal, kesim balandligi, qiyalik burchagi, vertikal burchak, 
gorizontallarning xossalari, shtrix 
Topografik karta va planlar aniq bo‘lish bilan birga, joy ko‘rinishini, ya’ni 
joyning baland-pastligini (relefini) va joyda bor tafsilotni (yo‘l, ariq, bino va 
boshqalarni) yaqqol ko‘rsatishi kerak. Planni ko‘rgan kishi joy haqida to‘g‘ri 
tasavvur hosil qilishi kerak. Buning uchun plan va kartalarda turli tushuntirish 
bilan birga joy tafsilotini va relefni yaqqol ko‘rsatuvchi shartli belgilar qo‘llaniladi. 
Tafsilotni ko‘rsatuvchi 
shartli belgilar konturli 
yoki 
masshtabli 
va 
masshtabsiz 
bo‘ladi. Konturli (masshtabli) shartli belgilar joydagi narsalar (bino, yo‘l, kanal 
kabilar) o‘lchami plan masshtabida kichraytirilib ko‘rsatilsa ham ularning shakli 
aniq bo‘lishi kerak. 
Joydagi narsa o‘lchami plan masshtabining grafikaviy aniqligidan kichik 
bo‘lsa, ya’ni uni plan masshtabi bo‘yicha ko‘rsatib bo‘lmasa, ob’ekt muhim 
ahamiyatga ega bo‘lganda masshtabsiz shartli belgi qo‘llaniladi. Masalan, 
geodezik belgilar, quduq, aloqa liniyalari, yo‘l, ariq, truboprovodlar kabi narsalarni 
masshtabda ko‘rsatib bo‘lmasa ham o‘rinlari shartli belgi bilan ko‘rsatiladiki, ular 
masshtabsiz shartli belgilar deyiladi. Ba’zan shartli belgilarning uzi kifoya qilmay, 
tushuntirish yozuvlari ilova qilinadi. Masalan, qishloqda yashovchi xonadonlar 
soni, ko‘prikning yuk ko‘tarish quvvati, suvning oqish yo‘nalishi va tezligi, 
o‘rmonning qalin-siyrakligi va daraxtlarning turi kabilar tushuntirish yozuvi va 
belgilar bilan ko‘rsatiladi. 
Qabul qilingan shartli belgilarning shakl va o‘lchamlari geodeziya va 
kartografiya bosh boshqarmasi tuzgan shartli belgilar haqidagi ko‘rsatmada 
berilgan. Plan chizishda ana shu qo‘llanmadan foydalaniladi. SHartli belgilari 
to‘g‘ri va aniq chizilgan plan joy tafsilotini yaqqol ko‘rsatganidan joy haqida to‘la 
tasavvur hosil qilish mumkin. 
Joyning relefi ham o‘ziga xos turli shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Bunda 
bo‘yoqlar, turli shtrixlar, gorizontallar va boshqa usullar qo‘llaniladi. Lekin 
topografik kartalarda relef gorizontallar bilan tasvirlanadi. Relefning turlariga 
qarab, gorizontallarning turlicha o‘tishi bilan joyning baland-pastligi yaqqol 


ko‘rsatiladi. 
Planni 
pardozlashda 
yozuvlar yuqori va quyi ramkaga parallel qilib 
yoziladi. Daryo, kanal va tizma tog‘larning nomlari ularning oqish va pasayish 
tomoni bo‘yicha yoziladi. Gorizontallar otmetkasi gorizontalni uzib, orasiga son 
joyning ko‘tarilishi bo‘ylab, ya’ni raqam usti balandlikka qaraydigan qilib yoziladi. 
Har 5 yoki 10 m dan o‘tuvchi gorizontallar yo‘g‘onroq chiziladi. Gorizontallar 
oralig‘i
katta joylarda ikki yonma-yon gornzontal orasida kesim balandligi 

ning 
yarmiga to‘g‘ri keladigan joydan yana gornzontal o‘tkaziladi. Lekin u 
punktir 
bilan 
chiziladi va 
yarim gornzontal 
deyiladi. Joyning pastlashish yoki ko‘tarilishini 
yaqqol ko‘rsatish uchun pasayishga tomon 
berg shtrixlar, 
chiziladi. 
Plan tuzishda turli bo‘yoqlar ishlatiladi. Suv havzalarining chegarasi kuk 
o‘rtasi esa havo rang bo‘yoq bilan, relef va qumliklar jigar rang bo‘yoq bilan 
ko‘rsatiladi. Yozuvlar qora tushda yoziladi. Yo‘l, bino chegara chiziqlari ham qopa 
tushda chiziladi. 
Har qanday injenerlik inshooti qurishdan avval u topografik plan yoki 
kartada loyihalanadi. Shunga ko‘ra, joydagi situatsiya va joy relefi planda to‘g‘ri 
tasvirlangan bo‘lishi kerak. Buning uchun joy relefining turlarini bir-biridan yaxshi 
ajrata bilish va ularni planda gorizontallar bilan tasvirlash yo‘llarini o‘rganish 
lozim. 

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish