8-MA’RUZA. O‘LCHASH XATOLARI NAZARIYASI
Reja:
1.
O‘lchash va uning turlari.
2.
O‘lchash xatolari va turlari.
3.
Xatolar qonuniyati.
4.
Teng aniqli o‘lchash.
5.
Teng aniqsiz o‘lchash.
Tayanch iboralar:
o‘lchash, o‘lchash natijasi, bevosita o‘lchash, bilvosta
o‘lchash, zaruriy o‘lchash, ortiqcha o‘lchash, teng aniqli va teng aniqsiz o‘lchash,
o‘lchash xatosi, haqiqiy xato, asbob xatosi, shaxsiy va sharoit xatosi, murakkab
xato, qo‘pol xato, sistematik xato, tasodifiy xato, cheklilik, unimadol,
simmetriklik, kompensatsiya xossalari, Gauss qonuniyati, normal tarqalish,
arfmetik o‘rta miqdor prinsipi, ehtimoliy qiymat, o‘rta kvadratik, chekli, ehtimoliy,
o‘rtacha xatolar, vazn, tenglash, bog‘lanmaslik, tuzatmalar.
Geodezik o‘lchash ishlarini joyda yoki qog‘ozda bajarishda turli
kattaliklarning qiymatini aniqlash talab qilinadi. Biror kattalikni shu jinsdagi
o‘lchov birligiga taqqoslab, uning shu birlikdan qancha kattaligini aniqlash
o‘lchash
deb ataladi; bu kattalikni ko‘rsatuvchi son
o‘lchash natijasi
bo‘ladi.
Geodezik ishlarda chiziqning uzunligi, ikki chiziq orasidagi burchak, havo
temperaturasi, bosimi kabi kattaliklar o‘lchanadi. O‘lchashda o‘lchanadigan
kattalik turiga qarab turli asboblardan foydaniladi.
O‘lchash qanday bajarilishiga qarab, ikkiga
-vositasiz
(bevosita)
o‘lchash
bilan
vositali (bilvosita)
o‘lchashga bo‘linadi.
Agar o‘lchanadigan kattalik qiymati o‘lchash vositasi bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri o‘lchab olinsa (masalan, masofa po‘lat lenta bilan o‘lchansa), bu
bevosita
o‘lchash
bo‘ladi. Agar o‘lchanadigan kattalik qiymati o‘lchash vositasi bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchanmay, balki o‘lchangan boshqa kattalik qiymati orqali
matematik munosabatlar asosida hisoblab topilsa,
bilvosita
o‘lchash bo‘ladi.
Masalan, biror uchburchaklikning ikkita
va
burchagi teodolit bilan o‘lchab
topilsa,
bevosita o‘lchash,
uchinchi
burchagi formula
=180-(
+
)
bilan
hisoblab topilganda esa
vositali (bilvosita)
o‘lchash bo‘ladi.
O‘lchash soniga qarab, o‘lchash
zaruriy
va
ortiqcha o‘lchashga
bo‘linadi.
Noma’lum kattalikning qiymatini aniqlash uchun zarur o‘lchash soni
zaruriy
o‘lchash
bo‘ladi. O‘lchash soni bundan oshsa, ortiqcha o‘lchash deyiladi. Masalan,
noma’lum kattalik qiymatini aniqlash uchun uni kamida bir marta o‘lchash
zaruriy
o‘lchash
bo‘ladi. Agar shu kattalik
p
marta o‘lchansa,
n
—1
ortiqcha o‘lchash
bo‘ladi. Ortiqcha o‘lchash o‘lchash natijasini tekshirishga yordam beradi. Har
qanday kattalik kamida ikki marta o‘lchanadi. O‘lchash sharoitining o‘zgarish-
o‘zgarmasligiga qarab, o‘lchash
teng aniqli va teng aniqsiz
o‘lchashga bo‘linadi.
O‘lchash ishi bir sharoitda, bir asbob va bir kishi tomonidan bir usul bilan
bajarilsa, topilgan natijalar bir xil aniqlikda bo‘ladi va
teng aniqli o‘lchash
deyiladi. O‘lchash ishi turli sharoitda, turli asbob bilan, bir necha kishi tomonidan
bajarilsa, o‘lchash natijalari bir xil aniqlikda bo‘lmaydi, bunday o‘lchash
teng
aniqsiz o‘lchash
deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |