Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd


Yevropa yirik mamlakatlari aholisi va ishchi kuchining soni hamda ulushi



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Yevropa yirik mamlakatlari aholisi va ishchi kuchining soni hamda ulushi
(jami mehnat resurslari soniga nisbatan, % hisobida)
Davlatlar
soni, mln. kishi
ishchi kuchi soni
mln. kishi
Ulushi, %
Rossiya
Germaniya
Fransiya
buyuk britaniya
italiya
Ispaniya
Ukraina
Polsha
Ruminiya
Portugaliya
Gretsiya
belgiya
Vengriya
Chexiya
belarus
Yevropa Ittifoqi
142
81
66
63
61
47
45
38
22
11
1
10
10
10
10
498
75,2
44,0
29,6
31,9
25,3
23,1
22,2
17,9
9,3
5,5
4,9
5,0
4,2
5,5
5,0
229,0
52,8
54,3
44,8
50,6
41,5
49,1
49,3
47,1
42,3
50,0
50,4
50,0
42,0
55,0
50,0
46,0
Yevropa jami 
aholi soni
715
344,6
48,2
XX asr 50-yillarining o‘rtalarida G‘arbiy Yevropada emigratsiya immi-
gratsiyadan ustun kelardi, lekin keyinchalik ahvol keskin o‘zgarib, G‘arbiy Yev ro-
pa dunyodagi eng ko‘p aholini qabul qilish markaziga aylanib qoldi. 70-yillarning 
boshida immigrantlar soni 10 mln. bo‘lsa, 90-yillarning boshida ularning soni 15 
mln. ga yetdi.
G‘arbiy Yevropaga aholining oqib kelishi sabablarini chet el va mahalliy 
geograflar o‘rganib, quyidagi xulosaga keldilar. Immigrantlar, asosan, katta pul
topish hamda mehnat va hayotning qulay sharoitlari izidan keladi. Tahlil na-
tijasida aniq bo‘ldiki, immigrantlarning aksariyat qismi yirik sanoat rayonlarida 
va katta shaharlarda istiqomat qiladi. Masalan, Fransiyadagi immigrantlarning 


97
37% i Parijda, ularning 24 % i esa Brussel (Belgiya)da yig‘ilgan. Buning 
asosiy sababi past malakali, «kelgindi» ishchilar, eng avvalo, qurilish, tog‘-kon 
sanoatida hamda farrosh, gazeta sotuvchisi bo‘lib ishlaydi. Masalan, Fransiyadagi 
«kelgindi» ishchilarning 45 % i qurilish sanoatida, 40 % i yo‘l ishlarida, 15 % i
avtomobilsozlik sanoatida ishlaydi. 
Sharq davlatlari bilan bir qatorda Yevropani ham qadimgi shaharlar vatani deb 
atasa bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, bu regionda, boshqalardan farqli o‘laroq, 
urbanizatsiya jarayoni ertaroq paydo bo‘lgan. XX asr boshidayoq butun jahon 
yirik shaharlarining 1/3 qismi Yevropaga to‘g‘ri kelar edi. Hozirgi vaqtda bunday 
shaharlar soni 400 taga yetgan. Mamlakatlarning urbanizatsiya darajasi 80% dan 
past emas. Yevropa mamlakatlarida aholini taqsimlashning zamonaviy shakli – 
shahar aglomeratsiyasi vujudga kelgan va u rivojlanib bormoqda. Ularning 
taqsimlanishi quyidagicha: Fransiyada – 74, GFR – 72, Buyuk Britaniyada – 
68, Italiyada – 56, Ispaniyada – 37, Niderlandiyada – 22, Shvetsiyada – 11 va 
Belgiyada 10 ta shahar aglomeratsiyasi joylashgan. Buyuk Britaniyaning eng 
asosiy va katta London-Liverpul megalopolisida 30 mln. kishi istiqomat qiladi. 
Yevropa mamlakatlari ichida shahar aholisining ulushiga binoan quyidagi 
mamlakatlar ajralib turadi. Monako mamlakatining urbanizatsiyalashgan darajasi 
100 foizga teng. Ushbu ko‘rsatkich Belgiyada 97,4 foizga, Maltada – 94,8, 
San-Marinoda – 94,1, Islandiyada – 93,5, Andorrada – 87,6, Daniyada – 87,1, 
Fransiyada – 85,9, Finlyandiyada – 85,4, Ispaniyada – 77,6, Germaniyada – 74,0, 
Rossiyada – 73,2, Ukrainada – 69,1, Polshada – 60,9, Senbilda 56,4 foizga teng. 
Qit’ada eng past urbanizatsiyalashgan Bosniya va Gersegovinada 49,2 foizga ega.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish