Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Amaliy ish
1. «Atlas»dan foydalanib, yozuvsiz xaritaga Yevropa aholisining zichligini tushiring va 
uning turlicha bo‘lishining asosiy sabablarini aytib bering.
2. Aholi migratsiyasi va urbanizatsiya darajasiga xos hududiy farqlar hamda ularning 
sabablari to‘g‘risida so‘zlab bering.
Savol va topshiriqlar
1. Yevropada shakllangan demografik vaziyat, uning sabablari va omillari to‘g‘risida 
so‘zlab bering.
2. Yevropa mamlakatlarining qaysilarida tug‘ilish va o‘lim darajasi yuqori, qaysilarida
past darajaga ega va nima uchun?
3. Yevropa mamlakatlarining qaysilari ko‘p millatli, bu holat davlatda mavjud ijtimoiy-
siyosiy vaziyatga qanday ta’sir ko‘rsatdi va ko‘rsatmoqda?
7 – A. Qayumov, i. safarov, M. tillaboyeva


98
4. Yevropa nima uchun aholi migratsiyalari markazi hisoblanadi?
5. Yevropada mavjud shahar aglomeratsiyalarini «Atlas»dan aniqlab, nomlarini 
daftaringizga yozib qo‘ying.
27-§. Yevropa mamlakatlari xo‘jaligi
Tayanch iboralar
Jahon xo‘jaligi, tovarlar, xizmatlar, eksport, import, oltin va valuta zaxiralari, 
xalqaro turizm, ishlab chiqarish sohasi, tarmoq, iqtisodiy ochiqlik, bozor tamoyillari, 
bank-moliya markazlari, turmush darajasi.
Yevropa bugungi dunyoda iqtisodiy, fan-texnika va madaniy salohiyatining 
ulkanligi va serqirraligi, industrial tarmoqlar, aholi va shaharlarning juda yuqori 
darajada konsentratsiyalashganligi, rivojlangan infratuzilmasi bilan alohida ajralib 
turadi. Yevropada qadimgi va yangi davrlar, an’anaviy sohalar va eng yangi 
texnologiyalar, tarixiy shaharlar va o‘ta madaniy landshaftlar, ulkan aeroportlar 
va transkontinental tezyurar magistrallar o‘zining yorqin ifodasini topgan.
Yer quruqlik yuzasining atigi 5 % ini egallagani holda, Yevropa (Rossiyadan 
tashqari) jahon aholisining 8 % ini o‘zida jamlaydi. Bu yerda iqtisodiy va 
demografik salohiyati ulkan davlatlar – GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya va 
Italiya bilan bir qatorda mitti mamlakatlar – Vatikan, Monako, San-Marino va 
boshqalar joylashgan.
Yevropa dunyoning yuqori darajada urbanizatsiyalashgan regionidir. Shahar 
aholisining salmog‘i 65 – 68 % dan (Janubiy Yevropa davlatlari) 74 – 92 % va, 
hatto, 100 % gacha (G‘arbiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlari) boradi. Yevropa 
Ittifoqining o‘zida salkam 50 ta millioner shahar mavjud.
Yevropaga jahon miqyosida YIM ning 19,6 % i (AQSH ga 18,3 %, Yaponiyaga 
5,3 %), jahon eksportining 12,1% i (AQSH ga 8,2 %, Yaponiyaga 4,8 %) to‘g‘ri 
keladi.
Dunyoda YMD eng katta 10 ta mamlakatning 5 tasi, 100 ta eng yirik TMK 
(Transmilliy korporatsiya)ning 28 tasi, 20 ta eng salmoqli bankning 11 tasi ham 
Yevropada joylashgan.
Dunyodagi jami xorijiy investitsiyalarning salkam yarmi Yevropa davlatlari 
tomonidan jalb qilinadi (ushbu ko‘rsatkich AQSH bo‘yicha 20% ga teng).
Milliy (global) raqobatbardoshlik reytingiga binoan (2008 –2009-yy.) Yevropa 
mamlakatlari quyidagi o‘rinlarni egallaydi: Shveysariya 2 (AQSH dan keyin), 


99
Daniya, Shvetsiya, Finlandiya, Germaniya va Niderlandiya tegishli tarzda 3, 4, 6, 
7 va 8-o‘rinlarni.
Yevropada jahonning yetakchi bank-moliya markazi – London joylashgan. U 
barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Nyu-York va Tokio shaharlaridan oldinda turadi.
Yevropa jahon xo‘jaligida sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, tovarlar 
va xizmatlar eksporti, oltin va valuta zaxiralari, xalqaro turizm rivojlanganligi 
bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Regionning iqtisodiy salohiyatini «Katta 
sakkizlik»ka kiruvchi to‘rt davlat – Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va 
Italiya belgilab beradi. Aynan ana shu davlatlar ulkan ishlab chiqarish sohasi 
va tarmoqlariga ega. Biroq, ular o‘rtasida «kuchlar» nisbati oxirgi o‘n yil 
ichida o‘zgardi. Hozir asosiy rolni Germaniya o‘ynamoqda. Mazkur mamlakat 
reindustrializatsiya yo‘lidan ildam sur’atlarda rivojlanmoqda. Boshqa davlatlar 
ichida Ispaniya, Niderlandiya, Shveysariya, Belgiya va Shvetsiya katta iqtisodiy 
salohiyatga ega. Ularning iqtisodiyotlari to‘rt yirik davlatlardan farqli o‘laroq, 
Yevropa va butun dunyoda tan olingan alohida tarmoqlarga ixtisoslashgan. 
Iqtisodiy ochiqlik Belgiya va Niderlandiyada keng tus olgan. Qit’ada Sharqiy 
Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti ham munosib o‘rin egallaydi. Ushbu mam-
lakatlarda XXI asrda ham bozor tamoyillariga asoslangan tizimga o‘tish davom 
etmoqda.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish