Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Amaliy ish
1. «Atlas»dan foydalanib, Yevropa mamlakatlarida xo‘jalikning ustun tarmoqlarini aniqlab, 
daftaringizga yozib oling.
2. Hozirgi vaqtda iqtisodiy rivojlanish darajasi yuqori bo‘lgan davlatlarning nomlarini 
aniqlab, daftaringizga yozing.
Savol va topshiriqlar
1. Yevropa jahon miqyosida nimasi bilan ajralib turadi?
2. Yevropaga jahon miqyosida YIM ning qancha qismi to‘g‘ri keladi?
3. Yevropa xo‘jalikning qaysi tarmoqlari bo‘yicha dunyoda peshqadam hisoblanadi?
4. Xo‘jalik rivojlanishining asosiy omillari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
28-§. sanoati va qishloq xo‘jaligi
Tayanch iboralar
Sanoat, qishloq xo‘jaligi, xalqaro geografik mehnat taqsimoti, mashinasozlik, 
avtomobilsozlik, kimyo sanoati, metallurgiya, yengil sanoat, agrar munosabatlar, 
dehqonchilik, chorvachilik.


100
Yevropaning xalqaro geografik mehnat tizimidagi o‘rni va ahamiyati 200 
yildan ziyod davr mobaynida sanoat orqali belgilanadi. Hozirgi vaqtda ham 
sanoat yuqori sur’atlarda rivojlanishda davom etmoqda.
Mashinasozlik Yevropaning yetakchi sanoat tarmog‘i hisoblanadi. Mazkur 
tarmoq butun sanoat mahsulotining 1/2, eksportning 2/3 qismini tashkil qiladi. 
Ayniqsa, avtomobilsozlik yuksak darajada rivojlangan. Dunyoda «Renault» 
(Fransiya), «Wolkswagen», «Mercedes-Benz» (GFR), «Fiat» (Italiya), «Volvo» 
(Shvetsiya), «Tatra» (Chexiya) kabi avtomobil markalari mashhurdir. 
Myunxen, Tuluza, Turin, Manchester, Brussel shaharlari harbiy sanoat 
markazlari bo‘lib hisoblanadi.
Mashinasozlik, avvalo, mehnat resurslari, ilmiy baza va rivojlangan infra-
tuzilmaga asoslanadi. Lekin, sanoat bulardan ham ko‘proq yirik shaharlar 
va aglomeratsiyalarga, poytaxtlarga intiladi. Jumladan, Buyuk Britaniyada 
elektrotexnika, elektronika, kosmik va aviaraketa sanoati tarmoqlarining ri-
vojlanganligi bo‘yicha London, avtomobilsozlik bo‘yicha Birmingem, to‘-
qimachilik mashinasozligi bo‘yicha Manchester, kemasozlik bo‘yicha Glazgo 
shaharlari va rayonlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Yevropada sanoat tarmoqlari ichida mashinasozlikdan keyin ikkinchi o‘rinda 
kimyo va neft-kimyo sanoati turadi. Qit’ada nafaqat regionning, balki butun 
dunyoning eng «kimyolashgan» davlati – GFR joylashgan. Ikkinchi jahon 
urushiga qadar kimyo sanoati, asosan, kon-kimyo xomashyosiga asoslangan holda 
rivojlangan edi. Kaliy va osh tuzlari, oltingugurt va boshqa shu kabi xomashyodan 
foydalanilardi.
Qit’ada neft va tabiiy gaz konlarining ochilishi neft-kimyo tarmog‘ining 
rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Yevropaning g‘arbiy hududlarida joylashgan Temza, 
Sena, Reyn, Elba, Rona kabi daryolar nomlari bilan bog‘liq holda neftni qayta 
ishlovchi markazlar barpo etildi. Eng yirik neft-kimyo tarmog‘i Niderlandiyaning 
Rotterdam shahri hududida joylashgan. Qit’aning sharqidagi neft va gaz magistral 
quvurlari o‘zining yonida neft va tabiiy gazni qayta ishlovchi korxonalar va 
neft-kimyo majmualarining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Chexiya, Slovakiya, 
Polsha va Vengriyadagi neftni qayta ishlovchi korxonalar ham quvurlarga yaqin 
hududlarda barpo qilingan. Bolgariyadagi neft-kimyo majmuasi Qora dengiz 
sohilida joylashgan.
Yevropa ko‘pchilik davlatlarining yoqilg‘i-energetika xo‘jaligida neft va tabiiy 
gaz muhim o‘rin egallaydi. Mazkur xomashyo turlari regionning ehtiyojini to‘la-
to‘kis qondirmaydi. Yetishmagan xomashyo boshqa mamlakatlardan, avvalo, 
Rossiyadan hamda Shimoliy Afrika va Fors ko‘rfazidan import qilinadi.


101
Yevropaning Polsha va Chexiya davlatlarida toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir 
katta miqdorda qazib olinadi. 
Jahon miqyosida yoqilg‘i-energetika balansida muhim o‘rin egallagan qo‘n-
g‘ir ko‘mir havzalari qatoriga 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish