Amaliy ish
1. «Atlas»dan foydalanib, Yevropa mamlakatlarida xo‘jalikning ustun tarmoqlarini aniqlab,
daftaringizga yozib oling.
2. Hozirgi vaqtda iqtisodiy rivojlanish darajasi yuqori bo‘lgan davlatlarning nomlarini
aniqlab, daftaringizga yozing.
Savol va topshiriqlar
1. Yevropa jahon miqyosida nimasi bilan ajralib turadi?
2. Yevropaga jahon miqyosida YIM ning qancha qismi to‘g‘ri keladi?
3. Yevropa xo‘jalikning qaysi tarmoqlari bo‘yicha dunyoda peshqadam hisoblanadi?
4. Xo‘jalik rivojlanishining asosiy omillari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
28-§. sanoati va qishloq xo‘jaligi
Tayanch iboralar
Sanoat, qishloq xo‘jaligi, xalqaro geografik mehnat taqsimoti, mashinasozlik,
avtomobilsozlik, kimyo sanoati, metallurgiya, yengil sanoat, agrar munosabatlar,
dehqonchilik, chorvachilik.
100
Yevropaning xalqaro geografik mehnat tizimidagi o‘rni va ahamiyati 200
yildan ziyod davr mobaynida sanoat orqali belgilanadi. Hozirgi vaqtda ham
sanoat yuqori sur’atlarda rivojlanishda davom etmoqda.
Mashinasozlik Yevropaning yetakchi sanoat tarmog‘i hisoblanadi. Mazkur
tarmoq butun sanoat mahsulotining 1/2, eksportning 2/3 qismini tashkil qiladi.
Ayniqsa, avtomobilsozlik yuksak darajada rivojlangan. Dunyoda «Renault»
(Fransiya), «Wolkswagen», «Mercedes-Benz» (GFR), «Fiat» (Italiya), «Volvo»
(Shvetsiya), «Tatra» (Chexiya) kabi avtomobil markalari mashhurdir.
Myunxen, Tuluza, Turin, Manchester, Brussel shaharlari harbiy sanoat
markazlari bo‘lib hisoblanadi.
Mashinasozlik, avvalo, mehnat resurslari, ilmiy baza va rivojlangan infra-
tuzilmaga asoslanadi. Lekin, sanoat bulardan ham ko‘proq yirik shaharlar
va aglomeratsiyalarga, poytaxtlarga intiladi. Jumladan, Buyuk Britaniyada
elektrotexnika, elektronika, kosmik va aviaraketa sanoati tarmoqlarining ri-
vojlanganligi bo‘yicha London, avtomobilsozlik bo‘yicha Birmingem, to‘-
qimachilik mashinasozligi bo‘yicha Manchester, kemasozlik bo‘yicha Glazgo
shaharlari va rayonlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Yevropada sanoat tarmoqlari ichida mashinasozlikdan keyin ikkinchi o‘rinda
kimyo va neft-kimyo sanoati turadi. Qit’ada nafaqat regionning, balki butun
dunyoning eng «kimyolashgan» davlati – GFR joylashgan. Ikkinchi jahon
urushiga qadar kimyo sanoati, asosan, kon-kimyo xomashyosiga asoslangan holda
rivojlangan edi. Kaliy va osh tuzlari, oltingugurt va boshqa shu kabi xomashyodan
foydalanilardi.
Qit’ada neft va tabiiy gaz konlarining ochilishi neft-kimyo tarmog‘ining
rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Yevropaning g‘arbiy hududlarida joylashgan Temza,
Sena, Reyn, Elba, Rona kabi daryolar nomlari bilan bog‘liq holda neftni qayta
ishlovchi markazlar barpo etildi. Eng yirik neft-kimyo tarmog‘i Niderlandiyaning
Rotterdam shahri hududida joylashgan. Qit’aning sharqidagi neft va gaz magistral
quvurlari o‘zining yonida neft va tabiiy gazni qayta ishlovchi korxonalar va
neft-kimyo majmualarining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Chexiya, Slovakiya,
Polsha va Vengriyadagi neftni qayta ishlovchi korxonalar ham quvurlarga yaqin
hududlarda barpo qilingan. Bolgariyadagi neft-kimyo majmuasi Qora dengiz
sohilida joylashgan.
Yevropa ko‘pchilik davlatlarining yoqilg‘i-energetika xo‘jaligida neft va tabiiy
gaz muhim o‘rin egallaydi. Mazkur xomashyo turlari regionning ehtiyojini to‘la-
to‘kis qondirmaydi. Yetishmagan xomashyo boshqa mamlakatlardan, avvalo,
Rossiyadan hamda Shimoliy Afrika va Fors ko‘rfazidan import qilinadi.
101
Yevropaning Polsha va Chexiya davlatlarida toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir
katta miqdorda qazib olinadi.
Jahon miqyosida yoqilg‘i-energetika balansida muhim o‘rin egallagan qo‘n-
g‘ir ko‘mir havzalari qatoriga
Do'stlaringiz bilan baham: |