Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Amaliy ish
1. Yozuvsiz xaritaga Yevropada XX asrning 80-yillarida va hozirgi vaqtda mavjud 
mamlakatlar siyosiy xaritasini tushiring va tahlil qilib bering.
2. Yevropada mavjud kichik mamlakatlarning umumiy ko‘rsatkichlari (maydoni, aho-
lisining soni, iqtisodiyoti)ni tahlil qilib, daftaringizga yozib oling.
Savol va topshiriqlar
1. Yevropada XX asrning 80 – 90-yillarida va hozirgi vaqtda qancha mamlakat mavjud 
bo‘lgan?
2. Sharqiy Yevropa siyosiy xaritasida 1989 – 2000-yillarda bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlar 
to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
3. Yevropada hududi ulkan bo‘lgan va «mitti» davlatlarning nomlarini «Atlas»dan 
aniqlab, daftaringizga yozing. 
4. Yevropa mamlakatlarining shakllari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
5. Yevropa mamlakatlarini davlat tuzumi va boshqarish shakli bo‘yicha guruhlarga 
ajratib, daftaringizga yozing. (Qo‘shimcha manbalar va o‘qituvchingiz yordamida).


93
25-§. Yevropa mamlakatlarining tabiiy resurslari
Tayanch iboralar
Tabiiy resurslar, ijtimoiy-iqtisodiy holat, iqtisodiy va ijtimoiy omillar, tabiiy-geo-
grafik shart-sharoitlar, mineral resurslar.
Yevropa tabiiy resurslarning barchasi bilan yaxshi ta’minlangan. Qit’a 
mamlakatlari ushbu resurslardan o‘zining imkoniyatlari va ehtiyojlaridan, jahon 
bozoridagi vaziyatdan, mamlakatda shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy holatdan kelib 
chiqqan holda har xil darajada foydalanmoqda. Bunda iqtisodiy va ijtimoiy 
omillardan tashqari tabiiy-geografik shart-sharoitlar ham muhim rol o‘ynamoqda.
Yevropada yer va suv resurslaridan intensiv tarzda foydalanilmoqda. Qit’a 
tabiiy sharoiti qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun umuman qulay hisoblanadi. 
Bu o‘rinda Markaziy va Janubiy Yevropa Shimoliy Yevropadan keskin ajralib 
turishini aytib o‘tish lozim.
Yevropa biologik resurslar, ayniqsa, o‘rmon resurslari bilan nisbatan yaxshi 
ta’minlangan. Bu yerda Shimoliy o‘rmon mintaqasining bir qismi (Rossiya, 
Finlandiya, Shvetsiya, qisman Norvegiya, Buyuk Britaniya) joylashgan. Fin-
landiya va Shvetsiyadan tashqari mamlakatlardagi o‘rmonlar, asosan, yosh 
daraxtlardan tashkil topgan. 
Agroiqlim resurslari Markaziy va Janubiy Yevropada qishloq xo‘jaligini 
intensiv rivojlantirishga imkon beradi.
Yevropada mineral resurslarning sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan konlari 
topilgan.
Yoqilg‘i-energetika resurslaridan toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir, yonuvchi 
slaneslar, neft, tabiiy gaz, gidroenergoresurslardan foydalanilmoqda.
Toshko‘mirning yirik konlari Germaniya (Rur, Saar), Buyuk Britaniya va 
Ukrainada (Donbass) ochilgan. Zaxiralari Buyuk Britaniyada 190 mlrd. tonnadan 
GFR da salkam 300 mlrd. tonnagacha boradi.
Qo‘ng‘ir ko‘mirning yirik konlari GFR va Polshada (185 mlrd. tonna) 
mavjud.
Yonuvchi slaneslar Boltiqbo‘yidagi Estoniya Respublikasida qazib olinadi.
Yevropa neft va tabiiy gazning ulkan konlariga ega bo‘lmasa ham, har 
holda qit’alar ichida oxirgi o‘rinda qolmagan. Bunda Shimoliy va Norvegiya 
dengizlari shelfining ahamiyati juda kattadir. XX asrning 80 – 90-yillarida ushbu 
dengizlarning tubida dastlabki neft va tabiiy gaz konlari ochildi. Hozirgi vaqtda 
qazib olinayotgan neft miqdori 300 mln. t dan, gaz miqdori 200 mlrd. m
3
dan 


94
oshib ketdi. Neft va gaz konlarining asosiy qismi Buyuk Britaniya va Norvegiyaga 
tegishli. 
Neft va tabiiy gaz Niderlandiya, Belgiya, Ruminiya, Ukraina, Belarus, 
Fransiya, Italiya mamlakatlarida ham qazib olinadi.
Temir rudalarining yirik konlari Shvetsiya (Kirunavara), Fransiya (Lotaringiya) 
va Ukraina (Krivoy Rog, Kerch, Belozyorsk konlari)da joylashgan. Marganes 
rudasining yirik koni ham Ukrainada ochilgan.
Yevropada, xususan, Polsha, Bolgariya, Ruminiyada mis-molibden konlari 
juda ko‘p. Fransiya va Gretsiyada yirik boksit, Vengriyada nefelin konlari 
topilgan. Simob rudalari Italiya, Ispaniya, Ukrainada qazib olinadi. Polimetall 
rudalar konlari ko‘pchilik mamlakatlarning hududlarida topilgan, lekin ularning 
zaxiralari unchalik katta emas.
Yevropada, xususan, Italiya, Ukrainada – oltingugurt, Belarus, Ukrainada 
kaliy va osh tuzi konlari juda salmoqlidir.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish