98
4. Yevropa nima uchun aholi migratsiyalari markazi hisoblanadi?
5. Yevropada mavjud shahar aglomeratsiyalarini «Atlas»dan aniqlab,
nomlarini
daftaringizga yozib qo‘ying.
27-§. Yevropa mamlakatlari xo‘jaligi
Tayanch iboralar
Jahon xo‘jaligi, tovarlar, xizmatlar, eksport, import, oltin va valuta zaxiralari,
xalqaro turizm, ishlab chiqarish sohasi, tarmoq, iqtisodiy ochiqlik, bozor tamoyillari,
bank-moliya markazlari, turmush darajasi.
Yevropa bugungi dunyoda iqtisodiy, fan-texnika va madaniy salohiyatining
ulkanligi va serqirraligi, industrial tarmoqlar, aholi va shaharlarning juda yuqori
darajada konsentratsiyalashganligi, rivojlangan infratuzilmasi bilan alohida ajralib
turadi. Yevropada qadimgi va yangi davrlar, an’anaviy
sohalar va eng yangi
texnologiyalar, tarixiy shaharlar va o‘ta madaniy landshaftlar, ulkan aeroportlar
va transkontinental tezyurar magistrallar o‘zining yorqin ifodasini topgan.
Yer quruqlik yuzasining atigi 5 % ini egallagani holda, Yevropa (Rossiyadan
tashqari) jahon aholisining 8 % ini o‘zida jamlaydi.
Bu yerda iqtisodiy va
demografik salohiyati ulkan davlatlar – GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya va
Italiya bilan bir qatorda mitti mamlakatlar – Vatikan, Monako, San-Marino va
boshqalar joylashgan.
Yevropa dunyoning yuqori darajada urbanizatsiyalashgan regionidir.
Shahar
aholisining salmog‘i 65 – 68 % dan (Janubiy Yevropa davlatlari) 74 – 92 % va,
hatto, 100 % gacha (G‘arbiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlari) boradi. Yevropa
Ittifoqining o‘zida salkam 50 ta millioner shahar mavjud.
Yevropaga jahon miqyosida YIM ning 19,6 % i (AQSH ga 18,3 %, Yaponiyaga
5,3 %), jahon eksportining 12,1% i (AQSH ga 8,2 %, Yaponiyaga 4,8 %) to‘g‘ri
keladi.
Dunyoda YMD eng katta 10 ta mamlakatning 5 tasi, 100 ta eng yirik TMK
(Transmilliy korporatsiya)ning 28 tasi, 20 ta eng salmoqli bankning 11 tasi ham
Yevropada joylashgan.
Dunyodagi jami xorijiy investitsiyalarning salkam yarmi Yevropa davlatlari
tomonidan jalb qilinadi (ushbu ko‘rsatkich AQSH bo‘yicha 20% ga teng).
Milliy (global) raqobatbardoshlik reytingiga binoan (2008 –2009-yy.) Yevropa
mamlakatlari quyidagi o‘rinlarni egallaydi: Shveysariya 2 (AQSH dan keyin),
99
Daniya, Shvetsiya, Finlandiya, Germaniya va Niderlandiya tegishli tarzda 3, 4, 6,
7 va 8-o‘rinlarni.
Yevropada jahonning yetakchi bank-moliya markazi – London joylashgan. U
barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Nyu-York va Tokio shaharlaridan oldinda turadi.
Yevropa jahon xo‘jaligida sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, tovarlar
va xizmatlar eksporti, oltin va valuta zaxiralari, xalqaro
turizm rivojlanganligi
bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Regionning iqtisodiy salohiyatini «Katta
sakkizlik»ka kiruvchi to‘rt davlat – Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va
Italiya belgilab beradi. Aynan ana shu davlatlar ulkan
ishlab chiqarish sohasi
va tarmoqlariga ega. Biroq, ular o‘rtasida «kuchlar» nisbati oxirgi o‘n yil
ichida o‘zgardi. Hozir asosiy rolni Germaniya o‘ynamoqda. Mazkur mamlakat
reindustrializatsiya yo‘lidan ildam sur’atlarda rivojlanmoqda. Boshqa davlatlar
ichida Ispaniya, Niderlandiya, Shveysariya, Belgiya va Shvetsiya katta iqtisodiy
salohiyatga ega. Ularning iqtisodiyotlari to‘rt yirik davlatlardan farqli o‘laroq,
Yevropa va butun dunyoda tan olingan alohida tarmoqlarga ixtisoslashgan.
Iqtisodiy ochiqlik Belgiya va Niderlandiyada keng tus olgan. Qit’ada Sharqiy
Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti ham munosib o‘rin egallaydi. Ushbu mam-
lakatlarda XXI asrda ham bozor tamoyillariga asoslangan tizimga o‘tish davom
etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: