Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd


Balxatuv (Polsha),  shimoliy Nesh



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Balxatuv
(Polsha), 
shimoliy Nesh
(Chexiya), 
Post Lauziya
va
 Galle-Leypsig
(Germaniya) havzalari kiradi. Issiqlik 
elektro stansiyalarining ham ko‘pchiligi ko‘mir havzalariga tortiladi. Lekin 
IES larining asosiy qismi dengiz portlari va katta shaharlarda barpo etilgan. 
Elektro energetika tizimida AES lar muhim o‘rin egallaydi. Bu o‘rinda, ayniqsa, 
Fransiya, Belgiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, 
Bolgariya davlatlari ajralib turadi. Ularning hududlarida 80 dan ortiq AESlari
joylashgan.
Dunay va uning irmoqlarida hamda Rona, Reyn, Dnepr, Dnestr va boshqa 
daryolarda ayrim GES lar va ularning kaskadlari barpo qilingan.
Metallurgiya tarmog‘i Yevropada yuz bergan fan-texnika inqilobidan ham 
ilgari shakllangan.
Qora metallurgiya, avvalambor, yoqilg‘isi va xomashyosi mavjud bo‘lgan 
Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Belgiya, Lyuksemburg, Polsha, 
Chexiyada rivojlandi. 
Rangli metallurgiyaning asosiy tarmoqlari aluminiy va mis sanoatidir. 
Aluminiy ishlab chiqarish xomashyo va elektroenergiyaga boy Fransiya, Ita-
liya, Vengriya, Ruminiya, Gretsiya, Germaniya mamlakatlarida rivojlangan. 
So‘ng gi paytlarda aluminiy korxonalari, asosan, rivojlanayotgan mamlakatlar-
dan (Su rinam, Yamayka, Gvineya, Gviana, Hindiston) olinadigan xomashyoga 
tayanmoqda. Mis sanoati Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, 
Polsha hamda Bosniya va Gersogovinada rivojlangan. 
Yevropada yengil sanoat o‘zining oldingi ahamiyatini birmuncha yo‘qotdi. 
Eski to‘qimachilik rayonlari hisoblanmish Buyuk Britaniyadagi 
Lankashir 
va 
Yorkshir
, Polshadagi 
Lodz
hozirgi vaqtda ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Lekin 
so‘nggi yillarda yengil sanoat Janubiy Yevropaga ko‘chayotganligini ta’kidlab 
o‘tish lozimdir. Janubiy Yevropa regioni arzon ishchi kuchiga boy. Ana shunday 
mamlakatlardan biri Portugaliya Yevropaning asosiy tikuvchilik fabrikasi bo‘lib 
qoldi, Italiya esa poyabzal ishlab chiqarishda dunyoda AQSH dan keyin ikkinchi 
o‘ringa chiqib oldi.
Yevropa mamlakatlarida sanoatning boshqa tarmoqlari ham yaxshi 
rivojlangan. 
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yalpi hosili va turlari bo‘yicha Yevropa 
mamlakatlarining ko‘pchiligi o‘zlarining ichki ehtiyojlarini to‘la qondiradi va 
ularning qolgan qismini eksport qiladi.


102
Ikkinchi jahon urushidan keyin mamlakatlarning agrar munosabatlarida, 
yer egaligi va unga ishlov berish tizimida universal mayda dehqon xo‘jaligidan 
katta ixtisoslashgan yuqori tovar ahamiyatga ega xo‘jalikka o‘tish bilan bog‘liq 
bir qator o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Qishloq xo‘jaligi korxonasining asosiy shakli 
sifatida yuqori darajada mexanizatsiyalashtirilgan fermer xo‘jaligi qabul qilindi. 
Bu o‘rinda, ayniqsa, chorvachilik tarmog‘ida katta ijobiy o‘zgarishlar yuz 
berganini ta’kidlab o‘tish zarur. Binobarin, chorvachilik Yevropaning juda ko‘p 
mamlakatlarida, shu jumladan Daniyada yuqori darajada rivojlangan bo‘lib, 
u xalqaro ixtisoslashuv tarmog‘iga aylandi. Daniya sariyog‘, sut, pishloq, 
cho‘chqa go‘shti, tuxum yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha dunyoning eng 
yirik davlatlaridan biriga aylandi. Uni Yevropaning «sut fermasi» deb atalishiga 
ham sabab shudir. Dehqonchilik aholining asosiy ehtiyojlarini qondiribgina 
qolmasdan, balki chorvachilik tarmog‘iga ham xizmat qiladi. Hosildor yerlarning 
aksariyat qismi madaniy ekinlar yetishtirishga ajratilgan.
Janubiy Yevropada dehqonchilik chorvachilikdan ustun ahamiyatga ega. 
Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya va boshqa mamlakatlar boshoqli (bug‘doy, 
arpa, suli, sholi) va moyli (zaytun daraxti, kungaboqar) ekinlarini yetishtirish 
bo‘yicha dunyoda yuqori o‘rinlarni egallaydi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish