95
Jahon miqyosida eng past darajadagi tug‘ilish va tabiiy o‘sish mavjud bo‘lgan
Yevropaga hozirgi vaqtda barqaror tarzda «demografik qish» holati xosdir.
Tug‘ilish va tabiiy o‘sish sur’atlari XX asrning ikkinchi yarmida keskin qisqardi.
Tug‘ilish 26 – 28 promilledan 11 – 13 promillega, tabiiy o‘sish 16 –18 promilledan
2 – 4 promillega tushib qoldi. Tug‘ilish va tabiiy o‘sish darajalarining keskin pa-
sayishi har xil sabablar bilan bog‘langan.
Hozirgi vaqtda tug‘ilishning nisbatan yuqori ko‘rsatkichlari Irlandiya,
Lyuksemburg, Malta, Islandiya va Makedoniya mamlakatlariga xosdir. O‘rtacha
tug‘ilish darajasi Avstriya,
Shveysariya,
Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya,
Gretsiya, Finlandiya,
Fransiya, Slovakiya, Shvetsiyada kuzatilmoqda. Shular
bilan birga tug‘ilish darajasi keskin pasayib, tabiiy o‘sish manfiy ko‘rsatkichga
ega (o‘lganlar soni tug‘ilganlar sonidan ortiq) bo‘lgan mamlakatlar soni yildan
yilga ko‘payib bormoqda.
Bolgariya, Xorvatiya, Latviya, Litva, Ukraina, Ru-
miniya, Estoniya, Moldova, Vengriya shunday mamlakatlar jumlasidandir. Maz-
kur davlatlarda tug‘ish yoshidagi ikki ayolga tug‘ilgan ikki-uch bola to‘g‘ri
kelmoqda, xolos. Natijada, aholining mutlaq soni kamaymoqda.
Yevropa aholi o‘rtasida umumiy o‘lim koeffitsiyentining nisbatan yuqori
ekanligi bilan ajralib turadi. Aholining har 1000 kishiga nisbatan o‘lganlar soni
bu yerda 2013-yilda 12 kishini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich aholining yosh-jins
tarkibida keksa yoshdagilarning ulushi yuqori bo‘lgan mamlakatlar (Germaniya,
Shvetsiya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Norvegiya, Finlandiya va b.)
da yana ham yuqori darajaga egaligi bilan ajralib turadi. Shu vaqtning o‘zida
aholi tarkibida bolalar va yoshlar salmog‘i nisbatan katta bo‘lgan mamlakatlar
(Portugaliya, Polsha, Gretsiya, Italiya, Albaniya)da umumiy o‘lim koeffitsiyenti
birmuncha pastdir.
Yevropa davlatlari (Albaniyadan tashqari) aholi sonini tabiiy takror barpo
etilishining birinchi turiga mansubdirlar. So‘nggi chorak asrda Bolgariya va
Vengriyada faol demografik siyosat olib borildi. Shunga qaramasdan, aholining
o‘sish sur’atlari deyarli o‘zgarmadi va uning darajasi pasayishda davom etdi.
Oqibatda, Vengriyada aholi soni 1980 – 2012-yillarda 245
ming kishiga qis-
qardi. Ruminiyada har 1000 ta tug‘ilgan go‘dakdan 23 tasi bir yoshga yetmasdan
o‘lmoqda. G‘arbiy Yevropada bu ko‘rsatkich 5 – 8 bolaga to‘g‘ri keladi. Umu-
miy tarzda shuni ta’kidlash mumkinki, XX asrning so‘nggi 10 yili va XXI
asrning dastlabki davrida Sharqiy Yevropada qoniqarsiz demografik vaziyat
yuzaga keldi.
Yevropa aholi migratsiyalarining yirik markazi ham hisoblanadi. Buyuk
geografik kashfiyotlar davridan beri Yevropa aholisi
okean orti mamlakatla-
96
riga ko‘chib o‘tadigan eng katta region hisoblanadi. Bir asr davomida
(1815 –1914-yillar) emigratsiya 35 – 40 mln. kishini qamrab oldi. Ikkinchi jahon
urushi davrida ayrim davlatlardan yoppasiga aholining emigratsiyasi kuzatildi.
Birinchi navbatda, bu Sharqiy Yevropada namoyon bo‘ldi.
16- j a d v a l
Do'stlaringiz bilan baham: