93
25-§. Yevropa mamlakatlarining tabiiy resurslari
Tayanch iboralar
Tabiiy resurslar, ijtimoiy-iqtisodiy holat, iqtisodiy va ijtimoiy omillar, tabiiy-geo-
grafik shart-sharoitlar, mineral resurslar.
Yevropa tabiiy resurslarning barchasi bilan yaxshi ta’minlangan. Qit’a
mamlakatlari ushbu resurslardan o‘zining imkoniyatlari va ehtiyojlaridan, jahon
bozoridagi vaziyatdan, mamlakatda shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy holatdan kelib
chiqqan holda har xil darajada foydalanmoqda. Bunda iqtisodiy va ijtimoiy
omillardan tashqari tabiiy-geografik shart-sharoitlar ham muhim rol o‘ynamoqda.
Yevropada yer va suv resurslaridan intensiv tarzda foydalanilmoqda. Qit’a
tabiiy sharoiti qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun umuman qulay hisoblanadi.
Bu o‘rinda Markaziy va Janubiy Yevropa Shimoliy Yevropadan keskin ajralib
turishini aytib o‘tish lozim.
Yevropa
biologik resurslar, ayniqsa, o‘rmon resurslari bilan nisbatan yaxshi
ta’minlangan. Bu yerda Shimoliy o‘rmon mintaqasining bir qismi (Rossiya,
Finlandiya, Shvetsiya, qisman Norvegiya, Buyuk Britaniya) joylashgan. Fin-
landiya va Shvetsiyadan tashqari mamlakatlardagi o‘rmonlar, asosan, yosh
daraxtlardan tashkil topgan.
Agroiqlim resurslari Markaziy va Janubiy Yevropada qishloq xo‘jaligini
intensiv rivojlantirishga imkon beradi.
Yevropada mineral resurslarning sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan
konlari
topilgan.
Yoqilg‘i-energetika resurslaridan toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir, yonuvchi
slaneslar, neft, tabiiy gaz, gidroenergoresurslardan foydalanilmoqda.
Toshko‘mirning yirik konlari Germaniya (Rur, Saar), Buyuk Britaniya va
Ukrainada (Donbass) ochilgan. Zaxiralari Buyuk Britaniyada 190 mlrd. tonnadan
GFR da salkam 300 mlrd. tonnagacha boradi.
Qo‘ng‘ir ko‘mirning yirik konlari GFR va Polshada (185 mlrd. tonna)
mavjud.
Yonuvchi slaneslar Boltiqbo‘yidagi Estoniya Respublikasida qazib olinadi.
Yevropa neft va tabiiy gazning ulkan konlariga ega bo‘lmasa ham, har
holda qit’alar ichida oxirgi o‘rinda qolmagan. Bunda Shimoliy va Norvegiya
dengizlari shelfining ahamiyati juda kattadir. XX asrning 80 – 90-yillarida ushbu
dengizlarning tubida dastlabki neft va tabiiy gaz konlari ochildi. Hozirgi vaqtda
qazib olinayotgan neft miqdori 300 mln. t dan, gaz miqdori 200 mlrd. m
3
dan
94
oshib ketdi. Neft va gaz konlarining asosiy qismi Buyuk Britaniya va Norvegiyaga
tegishli.
Neft
va tabiiy gaz Niderlandiya, Belgiya, Ruminiya, Ukraina, Belarus,
Fransiya, Italiya mamlakatlarida ham qazib olinadi.
Temir rudalarining yirik konlari Shvetsiya (Kirunavara), Fransiya (Lotaringiya)
va Ukraina (Krivoy Rog, Kerch, Belozyorsk konlari)da joylashgan. Marganes
rudasining yirik koni ham Ukrainada ochilgan.
Yevropada, xususan, Polsha, Bolgariya, Ruminiyada
mis-molibden konlari
juda ko‘p. Fransiya va Gretsiyada yirik boksit, Vengriyada nefelin konlari
topilgan. Simob rudalari Italiya,
Ispaniya, Ukrainada qazib olinadi. Polimetall
rudalar konlari ko‘pchilik mamlakatlarning hududlarida topilgan, lekin ularning
zaxiralari unchalik katta emas.
Yevropada, xususan, Italiya, Ukrainada – oltingugurt, Belarus, Ukrainada
kaliy va osh tuzi konlari juda salmoqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: