Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd


Xalqaro iqtisodiy aloqalarning



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Xalqaro iqtisodiy aloqalarning
tayanch yo‘nalishlaridan biri – 
xalqaro 
savdodir.
Qadimdan ijtimoiy hayotda muhim rol o‘ynab kelayotgan xalqaro 
savdo FTI davrida yangi yuksalish bosqichiga kirdi. Xalqaro savdoning muhim 
xususiyatlaridan biri – unda tovarlar tarkibi, salmog‘i va yo‘nalishlarining doimo 
o‘zgarib borishidir.
15-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, jahon bozorida, hatto oziq-ovqat mahsu-
lotlarini hisoblamaganda ham, aholi va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun 
tayyor zaruriy mahsulotlar hissasi tez o‘sib borgan. Xalqaro savdoning muhim 
talablaridan biri ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar sifatiga
e’tiborning katta-
ligidir. Jahon andozalariga mos holda ishlab chiqarilgan tovarlargina ayovsiz 
raqobatlarga bardosh bera olishi mumkin. Boshqacha aytganda, jahonga mashhur 
«Sony», «Нitachi», «Samsung», «Panasonik», «Adidas», «Mersedes-benz», 
«boing»
 
kabi firma va kompaniyalar ishlab chiqarayotgan mah sulotlarining sifati 
va turlari shu kun talabiga mosligi tufayli doimo o‘sishga erishmoqdalar.


87
Jahon savdosi ham geografik xilma-xillikka ega. Bunda ikki yo‘nalish 
ajralib turadi. Jahon bozorida qatnashadigan mintaqalar, davlatlar, ya’ni G‘ar-
biy Yevropa, Shimoliy Amerika, ayrim Sharqiy Osiyo mamlakatlari va boshqalar 
xalqaro savdoga, asosan, yuqori texnologiya asosida ishlab chi qarilgan turli ishlab 
chiqarish vositalari va aholi iste’mol buyumlari yetkazib ber sa, Afrika, Osiyo va 
Lotin Amerikasi mamlakatlari turli yoqilg‘i, ma’dan kabi mineral boyliklar, xilma-
xil qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan iborat xomashyo mahsulotlari chiqaradi. 
Ayniqsa, Fors qo‘ltig‘i mamlakatlari neft, Markaziy va Janubiy Afrika hamda 
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari rangli metall rudalari, Markaziy va Janubiy 
Amerika davlatlari tropik dehqonchilik mahsulotlari bilan jahon savdosida keng 
ishtirok etadilar.
Jahonning tashqi savdosida Xitoy, Germaniya, AQSH kabi mamlakatlar 
yetakchilik qiladi. Jumladan, Xitoy 50 mingdan ortiq nomenklaturadagi tovarlarni 
eksport qiladi. U dunyoda avtomobillarni eksport qilish bo‘yicha 1-o‘rinni 
egallaydi (2012-y. 17 mln. mashina eksport qildi). AQSH avtomobillar (14 mln. 
dona), aerokosmik telekommunikatsion mahsulot, Germaniya kimyo mahsuloti, 
avtomobillar eksportida yetakchilik qiladi. Xuddi shunday fikrni boshqa 
rivojlangan davlatlar to‘g‘risida ham bildirish mumkin.
O‘zbekiston ham jahonning savdo aloqalarida o‘ziga munosib o‘rinni 
egallashga harakat qilmoqda. Eng muhimi, mamlakatda keyingi yillarda 
xomashyo eksportidan tayyor mahsulot eksportiga o‘tishga harakat qilinmoqda 
va bu yo‘nalishda katta ijobiy o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mamlakatda 
eksport hajmi 2011-yilda 2010-yilga nisbatan 13023,4 mlrd. AQSH dollaridan 
15 021,3 mlrd. AQSH dollariga ko‘paydi yoki 115,3 foizga oshdi. Shu yil ichida 
paxta tolasini eksport qilish hissasi 12,1 foizdan 9,0 foizgacha qisqardi, mashina 
va uskunalarning eksporti esa 5,5 foizdan 6,6 foizgacha o‘sdi. Umuman olganda 
15- j a d v a l

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish