ISBN 978-9943-01-563-0
Uo‘k: 33.91(100) (075)
kbk 65.04ya721
Q 33
© «o‘zbekiston» nMiU, 2002, 2005, 2010, 2014.
Taqrizchilar:
O‘zbekiston Milliy universiteti tabiiy geografiya va geografiya o‘qitish
metodikasi
kafedrasi dotsenti, geografiya fanlari nomzodi
P. G‘ulomov,
Toshkent viloyati Qibray tumani 16-maktab o‘qituvchisi, O‘zbekiston
Xalq o‘qituvchisi
X. Inog‘omov,
Andijon davlat universiteti geografiya kafedrasi mudiri,
geografiya
fanlari nomzodi, dotsent
R. Qodirov.
Q 33
A. Qayumov va boshq.
«Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi». Umumiy
o‘rta ta’lim maktablarining 9- sinf o‘quvchilari uchun darslik. (A. Qayumov,
i. safarov , M. tillaboyeva) – t.: «o‘zbekiston» nMiU, 2014. 224 b.
1.2 Avtordosh
UO‘K: 33.91(100)(075)
KBK 65.04ya 721
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan ijara uchun chop etildi.
3
K i R i s h
XX asrning so‘nggi 10–15 yili va XXi asrning dastlabki davri mobaynida
sayyoramizda jahonshumul ahamiyatga molik bir qator
ijtimoiy-siyosiy voqea
va hodisalar yuz berdi. Kuchli mafkura va harbiy qudratga tayangan «sotsia-
lizm» tuzumining barham topishi bu boradagi eng muhim va ahamiyatli vo-
qeadir. Buning natijasida deyarli 70 yil davomida mavjud bo‘lgan ikki tuzumli
dunyo o‘z o‘rnini bir tuzumli dunyoga berdi; «sovuq urush» xavfi ko‘p jihatdan
bartaraf etildi; nihoyat, «temir parda» ko‘tarildi. Buning oqibatida dunyoda ta-
momila o‘zgacha yangi geosiyosiy vaziyat shakllandiki, u jahon hamjamiyatida
tub o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga, 2012-yilda o‘zining eng yuqori
pallasiga yetgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi mamlakatlar,
mintaqalar va
butun jahon miqyosida juda katta iqtisodiy-siyosiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.
Haqqoniy ma’lumotlarga asoslangan, mafkuradan xoli bo‘lgan yangi du nyo-
ning shakllanishi davlatlarning bir-biriga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirib yubor-
di. Ma’lumki, har qanday demokratik davlat yaqin qo‘shni davlat bilan ham, uzoq
masofada joylashgan qudratli, rivojlangan davlatlar bilan ham iqtisodiy va ijtimo-
iy-siyosiy munosabatlar o‘rnatishdan o‘zaro manfaatdordir. Chunki, bir siyosiy-iq-
tisodiy tizimdan undan tubdan farq qiluvchi boshqa tizimga, asosan, bozor mu-
nosabatlariga asoslangan jamiyatni barpo qilishga o‘tish sobiq Ittifoq tarkibidagi
davlatlarga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasiga xos bo‘lmoqda. Demak,
ochiq bozor munosabatlariga asoslangan demokratik davlatni barpo qilish, av-
valambor, iqtisodiy munosabatlarda zamonaviy islohotlar o‘tkazish, tashqi iqtiso-
diy aloqalarni dinamik holatda rivojlantirish bilan uzviy aloqadordir. O‘zbekiston
aynan shu yo‘ldan bormoqda. Lekin mamlakatimiz ana shu yo‘lning
dastlabki
qismini o‘tgan bo‘lsa, Yevropa, Amerika va Osiyo davlatlarining aksariyati uning
ancha qismini yoki butunlay bosib o‘tgandir. Shuning uchun, ushbu davlatlarning
tajribasini o‘rganish, ularga xos muammolarni bilish foydadan xoli bo‘lmasa ke-
rak.
Ma’lumki, har qanday davlat mustaqilligi jahonning ommaviy axborot vosita-
lariga chiqishga juda katta imkoniyatlar yaratib berdi. Buning natijasida davlat-
lar, xalqlar o‘rtasida bir-birini to‘g‘ri tushunish, hurmat qilish g‘oyasi borgan sari
mustahkamlanib bormoqda.
Siz quyi sinflarda tabiiy geografiyaning boshlang‘ich kursi, «Materiklar va
okeanlar tabiiy geografiyasi», «O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi»,
«O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi» kurslarida geografiya fanining
asosiy qonuniyatlari bilan batafsil tanishib chiqdingiz.
4
Maktabning yuqori sinflarida o‘rganiladigan «Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geo-
grafiyasi»
fani iqtisodiyot, siyosat, madaniyat hamda ma’naviyatga, xullas, ha-
yotning deyarli barcha jabhalariga ma’lum darajada aloqadordir. Mazkur fan
o‘quvchilarda geografik madaniyatning shakllanishini ta’minlashi, jahon va
uning ayrim qismlariga xos betakror yorqin geografik jozibadorlikni ko‘rsata bi-
lishi, ayniqsa, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotni ifodalovchi eng muhim xususiyat va
qonuniyatlar haqida batafsil ma’lumot bera olishi bilan ahamiyatlidir.
Darslikning asosiy maqsadi Siz, aziz o‘quvchilarga
dunyo mamlakatlari
iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasiga doir chuqur bilim berish, o‘quvchilarni mus taqil
bilim olishga va uni amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatishdan iboratdir.
Darslikni unga mo‘ljallab tayyorlangan «Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiya-
si» geografik «Atlas»i bilan birga taqdim etilishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu
«Atlas»da darslikda keltirilgan deyarli barcha mavzular bo‘yicha xaritalar be-
rilgan. Darslik bilan unga mo‘ljallab tuzilgan yozuvsiz xaritalardan foydalangan
holda ishlash o‘quv mashg‘uloti samaradorligini yana ham oshiradi.
Yozuvsiz
xaritada darslikdagi barcha mavzular bo‘yicha topshiriqlar tavsiya etilgan.
Darslik ikki – «Umumiy» va «Regional» qismlardan iborat bo‘lib, u 68 so-
atga mo‘ljallangan. Shundan 25 soat «Umumiy» qismga va 43 soat «Regional»
qismga ajratilgan.
Umumiy qismning asosiy ilmiy-uslubiy vazifasini jahon iqtisodiy-ijtimoiy geo-
grafiyasiga oid eng muhim tushunchalarning mantiqiy tizimini tashkil etish ho-
sil qiladi. Fanning nazariy masalalariga aloqador bo‘lgan birinchi guruh tushun-
chalari «Umumiy» qismda ham, «Regional» qismda ham tahlil etilgan. Boshqa
guruhga jamlangan masalalar jahon xo‘jaligi, aholisi va siyosiy xaritasida uzoq
davr davomida bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlar va siljishlarni fan-texnika inqilobi va
taraqqiyoti, jamiyatda yuz bergan siyosiy voqea va hodisalar bilan uzviy aloqa-
dorlikda ekanligi yoritilgan.
Darslikning deyarli 2/3 hajmini egallagan regional – mamlakatshunoslik qis-
mida jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasiga oid tushunchalar,
qonu niyatlar, ta-
moyillar va xususiyatlarni ayrim region yoki yirik tayanch mamlakatlar misolida
ko‘rib chiqish va shu asosida ma’lum tasavvurga ega bo‘lish umumiy qismda
olgan bilim va malakalarni mustahkamlashga imkon beradi.
Ayrim mamlakatlarning iqtisodiy-geografik tavsifi mazkur fanda qabul qilin-
gan va sinalgan uslubiy yondashuvdan foydalangan holda bajarildi. Bunda, tabi-
iy sharoit, aholi va boshqa tabiiy-demografik komponentlar iqtisodiy salohiyatda
tutgan o‘rni va ahamiyati nuqtayi nazaridan baholanadi.
Darslikni yozishda mualliflar Rossiya Federatsiyasida nashr etilgan darslik,
ma’lumotnomalar, «Jahon banki» tomonidan Fransiya, AQSH,
Buyuk Britani-
yada chop etilgan ma’lumotnomalar, statistik to‘plamlar va boshqa eng so‘nggi
o‘quv ilmiy-uslubiy hamda internet materiallaridan foydalandilar.