Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

dastlabki bosqichlarida
inson, asosan, 
tabiat bergan ne’matlar hisobiga yashagan. U ovchilik, baliqchilik bilan shu-
g‘ullangan, o‘simlik ildizlarini yeb kun kechirgan. Tabiiyki, u davrlarda kishilar 
o‘simlik va hayvonlarga boy bo‘lgan, asosan, iliq va nam hududlarda jamoa 
bo‘lib yashashga intilganlar. Inson hayotining ushbu bosqichlari fanda 
ibtidoiy 
jamoa davri
deb ataladi.
Insoniyat hayotining 2- bosqichida dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari 
rivojlana bordi. Aynan shu davrlardan boshlab Nil, Dajla va Frot, Hind va 
Gang, Xuanxe va Yanszi, Amu va Sirdaryo vodiylari, Qadimiy Yunoniston va 
Rim davlatlari ana shunday katta ijtimoiy o‘zgarishlarga erishgan hududga 
aylandi.
Yillar, asrlar o‘tishi davomida jamiyat bilan tabiatning o‘zaro ta’siri ham 
sekin-asta kengayib bordi. Avvalo, insonning tabiatga ta’siri kuchaya bordi. 


15
Bular, o‘z navbatida, jamiyat hayotida tobora katta o‘zgarishlarning kelib 
chiqishiga sabab bo‘ldi. Asta-sekin aholi soni orta boshladi. Shu sababli jamiyat 
taraqqiyotining 3- bosqichi hisoblanmish 
O‘rta asrlar davrida
yer, mineral va 
o‘rmon resurslarini kengroq o‘zlashtirishga kirishila boshlandi. Karvon yo‘llari 
(Buyuk ipak yo‘li) orqali hududlararo aloqalar kuchaya bordi. Aholining ko‘paya 
borishi yerlarga ishlov berishni kuchaytirish va yangi hududlarni o‘zlashtirishga 
undadi.
Bunday o‘zgarishlar, eng avvalo, «Eski dunyo» hududlariga, ya’ni G‘arbiy 
Yevropa, Osiyoning janubiy mintaqa kengliklarida joylashgan mamlakatlarga 
xosdir. Tabiiyki, O‘rta asrlar davrida aholining yashash hududlari yanada 
kengaydi. Bular, eng avvalo, kashf qilingan «Yangi dunyo» deb atalmish Amerika 
va Avstraliya qit’a larining o‘zlashtirila borishi misolida o‘z ifodasini topadi.
Jamiyat bilan tabiatning o‘zaro ta’siri jarayonining 4-bos qichida inson 
tomonidan tabiatni o‘zlashtirish ancha tezlashdi. Ayniqsa, Yevropada ishlab 
chiqarish kuchlarining yanada rivojlanishi xilma-xil tabiiy resurslarni o‘z-
lashtirish sur’atlarini keskin tezlashtirdi. Shimoliy va Janubiy Amerika, 
Avstraliya, Afrika, shuningdek, insoniyatning eng qadimiy beshiklaridan Osiyo 
hudud larini to‘laroq egallash, ularni mustamlakalarga aylantirish va iqtisodiy 
jihatdan o‘zlashtirish harakatlari mazkur taraqqiyot bosqichining asosiy 
mazmuniga aylangan edi. Tabiiyki, bu holat Yevropada sanoat rivojlanishida 
tub burilishlarning boshlanishiga asos bo‘ldi. Dunyo miqyosida tabiiy landshaft-
larning tez sur’atlarda o‘zlashtirilishi (bo‘sh yotgan yerlarning haydalib, ekin 
maydonlariga aylantirilishi, tabiiy va ijtimoiy boyliklarning ayovsiz ishga solina 
borishi, temiryo‘llar qurilishining avj olishi kabilar) natijasida inson faoliyatining 
atrof-muhitga salbiy ta’siri sekin-asta kuchayib bordi.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan hozirgi fan-texnika inqilobi davrida 
jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar faolligi o‘zining eng yuqori 
darajasiga yetdi. Bu bosqichda «Jamiyat – tabiat»ning o‘zaro munosabatlarida 
jamiyatning faolligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bu davrga kelib inson 
tomonidan yer yuzasi tabiatini keng miqyosda o‘zlashtirishga erishildi. Ayniqsa, 
FTI davrida turli tabiiy resurslardan foydalanish sur’atlarining tinimsiz 
ortib borishi, tabiatga murakkab tarkibli, ko‘p hollarda har taraflama zaharli 
sanoat va boshqa turdagi chiqindilarning tinimsiz chiqarib tashlanishi tobora 
«jamiyat – tabiat» o‘rtasi dagi o‘zaro munosabatlardagi muvozanatning buzila 
borishiga sabab bo‘l moqda. Bu holatda insoniyat o‘z 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish