Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

BiOLOGiK REsURsLAR
Biologik resurslar deb, Yer yuzasining o‘simlik va hayvonot boyliklariga 
aytiladi.
O‘simlik resurslari madaniy va yovvoyi o‘simliklarni o‘z ichiga oladi. 
Ularning turlari nihoyatda xilma-xildir. O‘simlik resurslari ham tuproq, hayvonot 
resurslaridek tugaydigan, shu bilan birga, tiklanadigan tabiiy resurs hisoblanadi va 
ular azaldan insoniyatning ko‘p hollarda hayotiy ehtiyojlarini qondirishda muhim 
ahamiyat kasb etib kelgan. Ayniqsa, bu borada o‘rmonlarning ahamiyati nihoyatda 
katta. Jahonda jami o‘rmon maydonlari 40 mln. km
2
(4 mlrd. gektar)ni yoki butun 
quruqlikning 30% ga yaqinini tashkil qiladi. Lekin o‘rmonlarni kesish tobora 
oshib borishi (yiliga o‘rtacha 4 mlrd. m
3
yog‘och tayyorlanmoqda), o‘rmonli 
maydonlar hisobiga yangi yerlarni o‘zlashtirish, turli industrial qurilishlarning 
ko‘payib borishi kabi hollar o‘rmonlarning amalda kamayishiga olib kelmoqda.
Darhaqiqat, keyingi 200 yil davomida sayyoramiz o‘rmonlari 2 baravarga 
kamaydi. So‘nggi yillarda esa jahon bo‘yicha o‘rmonli maydonlar yiliga o‘rtacha 
25 mln. gektardan qisqarib bormoqda. Demak, kislorodni qayta tiklaydigan
grunt suvlarini me’yorida ushlab turadigan, tuproq qoplamini ortiqcha yemirilib 
ketishdan saqlaydigan, qimmatli yog‘och boyliklarining manbayi, hayvonot 
dunyosining makoni va yana ko‘p qimmatli xususiyatlarga ega bo‘lgan 
o‘rmonlarni har jihatdan asrash, undan ehtiyotlik bilan foydalanish zarur.
Dunyo «o‘rmon resurslari» xaritasida («Atlas»ning 8-beti) kenglik chiziqlari 
bo‘ylab katta masofalarga cho‘zilgan ikkita mintaqa ko‘zga yaqqol tashlanadi. 
Bular: Shimoliy va Janubiy o‘rmon mintaqalaridir.
Shimoliy o‘rmon mintaqasi mo‘tadil va qisman subtropik iqlimli hududlar 
bo‘ylab joylashgan. Jahondagi jami o‘rmonli maydonlarning yarmi, yog‘och 
zaxiralarining esa deyarli yarmi shu mintaqa hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu 
mintaqa o‘rmonlarining muhim xususiyati, ularda, asosan, tik o‘sadigan sifatli, 


26
ignabargli daraxtlarning o‘sishidir. Bunday o‘rmonlarga boy davlatlar Rossiya, 
Kanada, AQSH, Finlandiyadir. Ularda, garchi daraxt kesish ishlari ancha keng 
miqyosda olib borilayotgan bo‘lsa-da, daraxt ekish yo‘li bilan o‘rmonlarni 
tiklashga katta e’tibor berib kelinayotganligi sababli o‘rmonli maydonlar deyarli 
kamaymayapti.
Janubiy o‘rmon mintaqasi, asosan, tropik va ekvatorial iqlim mintaqalari 
bo‘ylab joylashgan. U yer yuzasidagi o‘rmonli maydonlarning yarmi va umumiy 
o‘rmon zaxiralarining yarmidan sal ko‘pini o‘zida birlashtiradi. Mintaqaning 
o‘ziga xos xususiyatlaridan biri unda, asosan, keng bargli daraxtlarning qalin, 
aralash va ko‘p yarusli bo‘lib o‘sishidir. Shuningdek, bu o‘rmonlar yog‘ochlik 
xususiyatlari yuqori bo‘lgan qimmatli daraxtlarga ancha boy. Bu mintaqa 
o‘rmonlariga, ayniqsa, Braziliya, Peru, Boliviya, Kolumbiya, Kongo Demokratik 
Respublikasi, Hindiston, Myanma, Indoneziya, Malayziya kabi mamlakatlar 
ancha boy. Tartibsiz, samarasiz foydalanishlar (o‘rmonlarni yoqib ekin maydon-
larini kengaytirish, tartibsiz kesish va daraxtlarni o‘tin sifatida ishlatish) keyingi 
yillarda Janubiy mintaqa o‘rmonlarining tez kamayib borishiga olib kelmoqda. 
Lotin Amerikasi va Osiyoning keng bargli o‘rmon maydonlari faqat XX asrning 
so‘nggi 30 – 35 yilida 40% ga, Afrika o‘rmonlari esa yanada ko‘proq qisqarib 
ketdi. Mutaxassislar fikricha, agar tropik o‘rmonlarga bo‘lgan munosabat ijobiy 
tomonga o‘zgarmasa, XXI asr davomida ulardan ajralib qolishimiz mumkin. 
Bunday xavf insoniyat oldiga o‘rmon resurslaridan oqilona foydalanish va ularni 
har jihatdan muhofaza etishdek dolzarb vazifani qo‘yadi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish