Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

suv transporti
dengiz va daryo transporti tarmoqlarini o‘zida birlashtiradi.
Dengiz transporti
jahon transport tizimida alohida o‘rin tutadi. Bu tarmoq, 
avvalo, bir-biridan alohida va uzoqda joylashgan materik va qit’alarni bog‘lab 
turuvchi, xalqaro mehnat taqsimotini amalga oshiruvchi vosita sifatida ahamiyatli. 
Shuningdek, asosan, dengiz transporti minglab tonna yukni uzoq masofalarga
tashiydigan bo‘lganligi uchun boshqa transport tarmoqlariga nisbatan xizmat 
tannarxi eng arzonga tushadi. Har yili barcha xalqaro yuklarning o‘rtacha 4/5 
qismi dengiz transportida tashilmoqda.
Asosiy dengiz yo‘llari turli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va ularni 
iste’mol qiluvchi davlatlar o‘rtasida tashkil qilingan. Odatda, Afrika, Lotin 
Amerikasi, Osiyo, Avstraliyadan turli sanoat va qishloq xo‘jalik xomashyolari, 
asosan, Yevropa, Yaponiya, Shimoliy Amerika mamlakatlariga, ulardan esa aholi 
va xalq xo‘jaligi uchun turli iste’mol mahsulotlari dunyoning barcha iste’molchi 
hududlariga yetkazib beriladi.


85
Jahon dengiz transporti rivojlanishi va geografiyasida 
dengiz bo‘g‘ozlari
va 
xalqaro 
kanallarning
ham ahamiyati katta. Aynan ular jahon dengiz yo‘llarining 
eng serqatnov chorrahalari hisoblanadi.
Dengiz bo‘g‘ozlari orasida eng yirigi La-Mansh bo‘g‘ozidir. U orqali bir 
kecha-kunduzda 500 tagacha kema o‘tadi. Keyingi o‘rinlarda turuvchi bo‘g‘ozlar: 
Eresunn (Zond) – 175 ta, Gibraltar – 200 ta, Xormuz – 100 ta, Malakka – 80 ta, 
Bosfor 40 tagacha kema o‘tkazadi.
Ichki suv (daryo va ko‘l) transport tarmoqlari bajaradigan ish hajmiga ko‘ra 
ancha kichik tarmoqlardandir. Daryo va ko‘l transporti yo‘llari uzunligiga ko‘ra 
jahonda Rossiya, Xitoy, AQSH, Braziliya davlatlari oldinda turadi. Ammo mavjud 
imkoniyatlardan foydalanish davlatlarning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga ko‘p 
jihatdan bog‘liqdir. Shu sababli, hozirgi vaqtda ichki suv yo‘llari orqali yuk 
tashishda AQSH, Rossiya, Kanada davlatlari yetakchilik qilmoqda.
Ichki suv transportidan foydalanishda jahonning yirik daryolarining roli 
kattadir. Bunday daryolar qatoriga Amazonka, Missisipi, Dunay, Volga, Yanszi, 
Kongo va boshqalar kiradi.
havo transporti
barcha transport tarmoqlari orasida alohida xususi yat-
larga egaligi bilan ajralib turadi. Boshqa transport tarmoqlaridan uning ustunligi 
yuk va yo‘lovchilarni uzoq masofalarga juda qisqa vaqt davomida yetkazib 
qo‘yishidir. Shu sababli ham uning ahamiyati doimo oshib bormoqda. Jahon 
bo‘yicha yo‘lovchilar tashish hajmi so‘nggi 50 yil ichida 65 baravarga yaqin o‘sdi. 
Havo transportida tashilayotgan yuk va yo‘lov chilarning 45% i ichki va 55% i 
xalqaro aloqalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Xalqaro aloqalar so‘nggi davrlarda, 
ayniqsa, Yevropa bilan Shimoliy Amerika davlatlari o‘rtasida faol kechmoqda. 
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Atlantika okeani ustida bir vaqtning o‘zida yuzdan ortiq 
havo laynerlari har ikki tomonga qarab harakatda bo‘ladi.
Amaliy ish
Yozuvsiz xaritada asosiy temiryo‘l transporti va dengiz transporti yo‘nalishlarini aks 
ettiring. Daftaringizga kema qatnovi mavjud daryolar ro‘yxatini yozing.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish