Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Amaliy ish
1. Turizm rivojlangan Yevropa mamlakatlari nomlarini va uning asosiy sabablarini 
daftaringizga yozing.
2. «Atlas»dan foydalanib, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining salbiy ta’siri
sezilarli bo‘lgan Yevropa hududlarini yozuvsiz xaritaga tushiring.
Savol va topshiriqlar
1. Yevropaning asosiy turizm regionlari va markazlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
2. Turizm qaysi davlatlarda katta daromad manbayiga aylangan?
3. Nima uchun atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi Yevropa uchun o‘ta aha-
miyatli?
4. Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar to‘g‘risida so‘zlab 
bering. 
31-§. Yevropadagi eng rivojlangan davlatlar
Tayanch iboralar
Yevropa regionlari, iqtisodiy-geografik va siyosiy-geografik o‘rni, transyevropa 
bosh yo‘li, parlamentlik respublika, federatsiya, Rur, saar, Axen, muhojirlar, katoliklar, 
protestantlar.
Yevropa dunyoning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan regionlaridan biridir. 
Shuning uchun ham uning hududida dunyo miqyosida iqtisodiy jihatdan eng 
rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarning joylashganligi bejiz emas. Bunday 
mamlakatlar sirasiga «sakkizlik» davlatlari: GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya 
va Italiya bilan bir qatorda Ispaniya, Shveysariya, Avstriya, Shvetsiya, Belgiya, 
Niderlandiya, Norvegiya, Finlandiya va boshqalar kiradi.
Yevropadagi eng rivojlangan davlatlar ichida o‘zining ulkan iqtisodiy 
salohiyati va rivojlanganlik darajasiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi 
keskin ajralib turadi.
GERmANiYA FEDERATiV REsPUBLiKAsi
Geografik o‘rni, mamlakat haqidagi umumiy ma’lumotlar
Germaniya Yevropa markazida joylashgan. Quruqlikda u Niderlandiya, Bel-
giya, Lyuksemburg, Fransiya, Shveysariya, Avstriya, Chexiya, Polsha, Daniya 
bilan chegaradosh. Germaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida 


108
uning iqtisodiy va siyosiy-geografik holatining o‘ziga xos xususiyatlari muhim 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Yevropaning markazida, iqtisodiy jihatdan yuksak 
rivojlangan davlatlarga yaqin, transyevropa bosh yo‘lining kenglik va uzunlikdagi 
kesishgan yerida joylashganligi Germaniyaga katta foyda keltirmoqda. Muhim 
afzalliklardan yana biri – Germaniyaning dengiz yaqinida joylashgani va qo‘shni 
mamlakatlarning yirik port shaharlari (Rotterdam, Antverpen va b.) ga yaqinligi 
bilan bog‘langandir.
1989-yilning oktabrida ikki davlat – GFR va GDR birlashganidan keyin
Germaniya hozirgi chegaralariga ega bo‘ldi. Natijada, GFR hududi 43 % ga, 
aholisi esa 27 % ga ko‘paydi.
GFR – parlamentlik Respublikasi. Hududiy-siyosiy tuzilishiga ko‘ra 16 yerdan 
tashkil topgan federatsiya, bular quyidagilardan iborat: Baden-Vyurtemberg, 
Bavariya, Berlin, Brandenburg, Bremen, Gamburg, Gessen, Meklenburg (oldingi 
Pomeraniya), Quyi Saksoniya, Reynland-Pfals, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Saar, 
Saksoniya, Saksoniya-Apgalt, Tyuringiya va Shlezvig-Golshteyn, pul birligi 
yevro.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish