Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Tabiiy boyliklari
Rudali foydali qazilmalarning konlari o‘rtacha balandlikdagi tog‘larga, neft va 
tabiiy gaz konlari esa Shimoliy Germaniya pasttekisligiga to‘g‘ri keladi. 
G‘arbiy Yevropa davlatlari o‘rtasida Germaniya o‘zining toshko‘miri va 
qo‘ng‘ir ko‘miri bilan ajralib turadi. Toshko‘mirning asosiy konlari Rur, Saar va 
Axen havzalarida joylashgan, ko‘mirning 2/3 qismi yuqori sifatli kokslanadigan 
ko‘mirdir.
Qo‘ng‘ir ko‘mir ishonchli zaxiralarining katta qismi (80 mlrd. t) Sharqiy 
Germaniyada joylashgan. U ochiq usulda qazib olinadi. 
Tabiiy gaz konlari mamlakatning shimolida to‘plangan. Temir rudalari 
zaxiralari mavjud bo‘lsa-da, biroq ularning sifati past. Shimoliy Germaniya 
pasttekisligida toshtuzning katta qatlamlari joylashgan. Kaliy va magniy 
tuzlarining zaxiralari ham mavjud.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish va shisha sanoati uchun xomashyo 
resurslari kattadir.
Mamlakatning yirik daryolari – 
Reyn, Elba, Vezer, Ems 
(Shimoliy va Boltiq 
dengizlari havzalari) va 
Dunay
(Qora dengiz havzasi). Barcha muhim daryolar 
kanallar bilan tutashtirilgan. 1993-yilda Shimoliy dengizdan Qora dengizgacha 
bo‘lgan transyevropa suv yo‘lining qurilishini yakunlagan 
mayn–Dunay
kanali 
ochildi. Markaziy Germaniya kanali va uning Berlin hamda Vezer daryosigacha 


109
bo‘lgan davomi ta’mirlanmoqda. Xalqaro daryo mavqeyiga ega bo‘lgan Reyn 
daryosining iqtisodiy ahamiyati Germaniya uchun juda muhimdir.
Aholisi
Ikki nemis davlati birlashganidan so‘ng mamlakat aholisi keskin ko‘paydi 
va hozir 81,0 mln. kishini tashkil qiladi (G‘arbiy Yevropada birinchi o‘rinni 
egallaydi). Tug‘ilish o‘lim bilan deyarli teng, 1 km
2
ga 240,3 kishi to‘g‘ri keladi. 
Germaniya aholisining soni muhojir (Turkiya, sobiq Yugoslaviya respublikalari, 
Italiya, Gretsiya, Portugaliya va boshqa mamlakatlardan kelayotgan)lar hisobiga 
oshib bormoqda. Davlatning qayta birlashishi arafasida g‘arbiy yerlarda 5 mln. ga 
yaqin, sharqda esa 0,2 mln. chet elliklar bor edi. Hozirgi paytga kelib ular soni 7 
mln. dan oshdi.
Davlat tili – nemis tili. Aholining eng ko‘p qismi nemislar, qolganlari – 
dunyoning turli davlatlaridan kelgan muhojirlardan iborat.
Ustuvor din – xristian dini. Mamlakatda 40 mln. protestantlar, 35 mln. 
katoliklar mavjud. Janub va g‘arbda katoliklar ko‘p uchraydi, qolgan hududlarda 
protestantlar ustunlikka ega.
Urbanizatsiya darajasi 74 % dan ortiq. Ko‘pgina shaharlar aglomeratsiyalar 
yadrosi hisoblanadi, biroq aholisi 1 mln. dan ortiq bo‘lgan shaharlar ko‘p emas 
(Berlin, Gamburg, Myunxen). Hozir mamlakatda (Niderlandiya bilan birga) Reyn 
megalopolisi rivojlanmoqda. Unda jami 30 mln. kishi yashaydi.
Amaliy ish
1. Yozuvsiz xaritada Yevropaning iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarini ajrating va 
ularning nomlarini daftaringizga qayd qiling.
2. Yozuvsiz xaritada GFR ning 16 yerini ajrating va ularning nomlarini daftaringizga 
yozib qo‘ying.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish