Mustaqil ish
Fan: Pul va banlar
Guruh: SBXA-52
Bajardi: Mamarasulov Zohidbek
Tekshirdi: Kenjayev M
2021
Mavzu: Rivojlangan davlatlarda pul agregatlari va ularning tarkibi
Reja:
1.Rivojlangan davlatlarda pul agregatlari va ularning tarkibi
2. Pul va agregat tushunchasi
3. Taniqli olim F.Mishkenning pul agregatlari haqdagi fikri.
4. Sanoti rivojlangan mamlakatlarda pul aylanish tezligi
1. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda pul agregatlari va ularning tarkibi.
Bizning pul ta‘minotida pul bazasidagi o‘sishiga qaramasdan ko‘paytiruvchi pul kamayishini va faqatgina uncha katta bo‘lmagan miqdorda ta‘minlovchi pulning oshishini taxmin qiladi
.Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o‘lchash imkoniyatini beruvchi ko‘rsatkichlardir. Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng foydalaniladi:
1.M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan ya‘ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig‘I ayirib tashlanadi. Tarqqiy etgan mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi.
2. M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo‘l cheklari. Ayrim mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi.
3. M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg‘arma depozitlar. M2 hisoblashda summasi uncha katta bo‘lmagan muddatli va jamg‘arma depoztlar olinadi.
4. M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit sertifikatlari + jamg‘arma sertifikati.
2. Pul tushunchasi- forscha-tojikcha so‘z bo‘lib, mohiyatan baliq tangasi, aqcha, sarmoya, mablag‘, maosh, eskicha kitobiy tilda ko‘prik, oldi-sotdi va to‘lov muomalalarida narx-navo, qiymat ramzi bo‘lmish metall yoki qog‘oz belgi, ba’zi yerlarda yarim yoki bir tiyinga teng pul o‘lchovi birligi va shu miqdordagi mayda valyuta ma’nolarini anglatadi. Inson va jamiyat faoliyatida esa jamiki tovarlar qiyoslanadigan va xizmatlar ayirboshlanadigan, ularning o‘rnini bosa oladigan va bahosini ifodalaydigan eng zarur umumiy omil maqomiga ega. U uch xil xususiyatga ega bo‘lib, hamma narsaga almashtiriladigan muhim xarid usuli, boylik timsoli, mehnatni qiymat tarzida baholovchi mezon hisoblanadi. Muomala doirasi ko‘lamiga ko‘ra, asosan muayyan mamlakat hududida barqaror bo‘ladigan milliy hamda xalqaro yoki mamlakatlararo pulga bo‘linadi. Albatta, maxsus chiqariladigan jahon puli yo‘q. Ammo qadri eng baland, erkin almashtiriladigan valyuta keng qamrovli mushtarak to‘lov vositasi vazifasini o‘taydi. So‘nggi paytlarda bu borada AQSh dollari, Angliya funt sterlingi, Yaponiya iyenasi va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga taalluqli yevro yetakchilik qilmoqda.
Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo’lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o’zida aks ettiradi va tovar xo’jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Bu ta’rif pulni quyidagi xususiyatlarini o’zida ifodalaydi:
Pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi.
Pul – bu umumiy ekvivalent – yagona tovar bo’lib qolgan tovarlar qiymatini o’zida ifoda qilishi.
Pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa xarajatlarni o’zida ifoda qilishi.
Pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar o’rtasidagi yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda qilishi va boshqalar (pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo’lishi).
Pulning muhim xususiyati shundaki, pul ham boshqa tovarlar singari qiymatga va iste’mol qiymatga ega bo’lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga qarama-qarshi turadi. Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda boshqa tovarlar va xizmatlar
Pulning iste’mol qiymati shuki u o’z funksiyasini bajarib iqtisodiyot mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida).Pulning qiymati (qadr qiymati) deganda pul birligining xarid qilish qobiliyati, ya’ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligi tushuniladi. Pulni qiymati metal pulni zabt etish yoki qog’oz pulni bosib chiqarish xarajatlarini bildirmaydi. Bu xarajatlar pul qiymati emas, balki pulni muomalaga kiritish sarflaridir. Pulni qiymati narxga bog’liq, narxlar ko’tarilib, ketsa, uni qiymati (qadri) pasayadi va aksincha. Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng tushunarli bo’lib hisoblanadi. Insoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan bog’liqdir. Inson faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi kuchlardan biri pul bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Taniqli davlat arboblaridan biri ta’kidlaganidek, «Davlatni o’rni uni qancha soldati yoki pushkalarini qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning mustahkamligi bilan belgilanadi». Bunga shuni qo’shimcha qilish mumkinki, korxonaning mavqi unda necha kishini ishlashi, ishlab chiqariladigan maxsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy barqarorligi bilan belgilanadi. Yaxshi ishlayotgan pul tizimi jamiyatning barcha imkoniyatlaridan to’liq foydalanish imkoniyatini beradi, aksincha yomon ishlayotgan pul tizimi pul muomalasini izdan chiqarib ishlab chiqarish darajasidagi keskin pasayishlar, iqtisoddagi bandlikka va bahoga, pulni sotib olish qobiliyatini pasayishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.Tarixiy manbalarga ko’ra birinchi qog’oz pullar XII – asrda Xitoyda chiqarilgan. Shuning bilan birga 700 yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar Buxoro davlatida qog’oz pullardan foydalanilgan.Umuman tarixda birinchi tangalar VII – asrda kichik Osiyodagi Lidiya mamlakatida zabt etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |