Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd


-§. sanoat va atrof-muhit



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

18-§. sanoat va atrof-muhit
Tayanch iboralar
Atrof-muhit, atrof-muhitni ifloslantirish, tog‘- kon sanoati, elektroenergetika, is va 
oltingugurt gazi, azot oksidi, uglerod oksidi, benzopirin, qattiq moddalar.
sanoat 
– atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy tarmoqdir. U geografik qo-
biqning barcha qatlamlariga faol salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Sanoat-ishlab 
chiqarishning salbiy ta’siri, asosan, ikki yo‘nalishda amalga oshmoqda:
1) tabiiy boyliklar (mine ral, yer, o‘rmon, okean resurslari kabilar)ni o‘zlash-
tirish mobaynida; 2) ish lab chiqarish jarayonida.
Tog‘- kon sanoati mineral tabiiy boyliklarni o‘zlashtiruvchi asosiy tar moqdir. U 
turli yer osti boyliklarini qazib chiqarish va ularni dastlabki qayta ishlash jarayonida 
atrof-muhitga eng ko‘p zarar keltiradi. Masalan, 90-yillarda birgina sobiq Ittifoq 
hududida tog‘- kon sanoati kor xonalari egallagan jami maydon hajmi 2,3 mln. 
gektardan ziyod edi. AQSHda bunday maydonlar undan ham katta bo‘lgan.
Tabiiy resurslarni o‘zlashtirish jarayonida gidroenergetika sanoati tufayli 
ham atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatilmoqda. U elektroenergetika sanoatining 
boshqa tarmoqlariga nisbatan «toza»roq hisoblansa-da, to‘g‘on, suv omborlari 
qurilishi natijasida tabiiy muvozanatning buzilishiga, aholi yashab kelgan yoki 
o‘rmondan iborat katta maydonlarning suv ostida qolib ketishiga sabab bo‘ladi.
Atrof-muhitning ifloslanishi, ayniqsa, sanoat tarmoqlarining ish jarayonida 
juda ham kuchli kechadi.


76
Jahon energetikasining asosiy tarmog‘i hisoblanadigan issiqlik elek-
troenergetika tarmog‘i yerning tuproq, atmosfera va suv qobiqlarini oltingugurt 
gazi (so
2
), azot oksidi (NO), is gazi (CO), benzopirin, mil lionlab tonna qattiq 
moddalar bilan ifloslash xususiyatiga ega. Ayniqsa, ko‘mir yoqilg‘isi asosida 
ishlaydigan issiqlik elektrostansiyalarining bu boradagi «xizmat»lari juda ham 
katta. Masalan, ma’lumotlarga ko‘ra bunday IES lar neft mahsulotlari asosida 
ishlaydigan stansiyalarga nisbatan atrof-muhitni oltingugurt gazi bilan 2 barobar, 
tabiiy gaz asosida ishlaydigan stansiyaga nisbatan esa 100 barobar ko‘proq 
ifloslaydi. Bundan tashqari, bu gazlar, havoga chiqarib yuboriladigan katta 
miqdordagi chang va aerozol chiqindilar qon-tomir, bronxit, ekzema, rak kabi 
kasalliklarni keltirib chiqaradi. Juda kam kuzatilsa-da, AES larda bo‘lib turadigan 
falokatlar, ayniqsa, Chernobildagiga o‘xshash falokatlar, tom ma’noda dunyoviy 
ekologik xavfni keltirib chiqaradi. Eng muhimi, sanoatning tobora rivojlanib 
borishi planetar darajada atrof-muhit ifloslanishining kuchayishiga sabab 
bo‘lmoqda. Bu muammolar esa so‘nggi vaqtlarda ularga alohida munosabatda 
bo‘lishni taqozo etmoqda. Ularning ijobiy yechimi: 1) tabiatni muhofaza qilishga 
qaratilgan samarali sanoat ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish
2) sanoat tarmoqlarini joylashtirishda ularning xususiyatlarini hisobga olish, 
ya’ni «iflos» sanoat tarmoqlarini aholi zich yashaydigan joylardan xoli 
hudud larda joylash tirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Amaliy ish
1. «Atlas»dagi ekologik xaritani o‘rganib chiqib, Yer sharida sanoat chiqindilari bilan 
ifloslangan hududlar nomini daftaringizga yozib oling.
2. Sanoatning zaharli chiqindilari ro‘yxatini daftaringizga yozib qo‘ying.


Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish