agrosanoat
xo‘jaliklar
iga aylangan. Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda so‘nggi yillarda
fermerlikning o‘ziga xos
agrobiznes
shakli yuzaga keldi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa tovar qishloq xo‘jalik mahsulotlari
yetishtirishga e’tibor kuchayayotgan bo‘lishiga qaramay, ular hamon an’anaviy,
faqat o‘zlari uchun iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi notovar xo‘jalik
mamlakatlari bo‘lib qolmoqdalar. Notovar qishloq xo‘jaliklari aslida yuz
millionlab mayda va o‘rta xo‘jaliklar asosida tashkil topgan. Ular, odatda,
o‘zlarinigina oziq-ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlashga
arang qurbi yetishi mumkin. Jahonning ayrim mintaqalarida, jumladan,
Markaziy va Sharqiy Afrika, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida
hali ham omoch, motiga kabi oddiy ish qurollari va almisoqdan qolgan qoloq
ishlab chiqarish texnol
ogiyasidan foydalaniladi.
JAhON DEhQONChiLiGi
Dehqonchilik
qishloq xo‘jaligining yerga ekin ekib, hosil olish bilan
shug‘ullanadigan eng asosiy tarmog‘idir. Jahon dehqonchiligi o‘zida nihoyatda
xilma-xil tarmoqlarni birlashtiradi.
79
Donli ekinlar
dehqonchilikning eng yirik tarmog‘idir. Donli ekinlar turi ancha
ko‘p bo‘lib, jahon ekin maydonlarining o‘rtacha yarmi (0,7 mlrd. ga) da ekiladi.
Don mahsulotlari aholi ozig‘ining asosi bo‘lib, jahon bo‘yicha yalpi hosili 1,9
mlrd. t ni tashkil qiladi.
Jahon don xo‘jaligining eng samarali vakillari bug‘doy, sholi va mak-
kajo‘xoridir. Bular orasida eng ahamiyatlisi esa bug‘doydir. Uning asl vata-
ni Kichik Osiyo va O‘rta dengiz bo‘yi hamda Habashiston yassi tog‘ligi
hududlaridir.
Bug‘doy jahonning deyarli barcha davlatlarida ekiladi va jami donli ekinlar
maydonining 1/3 qismini band qilib kelmoqda. Jahonning asosiy bug‘doyzor-
lari Yer sharining birinchi «bug‘doy belbog‘i» hisoblanadigan Shimoliy yarim-
sharning o‘rta kengliklari bo‘ylab tarqalgan. Bu kengliklarda joylashgan AQSH,
Kanada, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Xitoy jahon ning eng yirik bug‘doy
yetishtiruvchi mamlakatlari hisoblanadi. Dun yoning ikkinchi bug‘doy mintaqasi
esa Janubiy yarimsharning o‘rta kengliklari bo‘ylab yastanib yotadi (4-rasm).
Undagi bug‘doyli maydonlar Lotin Amerikasi, Afrika va Avstraliyaning
janubiy hududlari bo‘ylab joylashgan. Ushbu mintaqada joylashgan Avstraliya
va Argentina davlatlari ham jahonda bug‘doy yetishtiruvchi yirik davlatlardan
hisoblanadi. Aholi jon boshiga eng ko‘p sifatli bug‘doy yetishtirish va uni
eksport qilishda yirik davlat sifatida Kanada alohida muhim o‘rin tutadi.
Mashhur Shimoliy Amerika preriyasining yuqori kengliklari bo‘ylab joylashgan
Vinnipeg shahri Kanadaning «bug‘doy poytaxti» hisob lanadi.
7,7%
15,4%
15,4%
31,1%
17,2%
13,2%
7,7%
15,4%
15,4%
31,1%
17,2%
13,2%
4-rasm.
80
Jahon donli ekinlari orasida yalpi hosili va ahamiyatiga ko‘ra ikkinchi o‘rinni
sholi egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |