81
6 – A. Qayumov, i. safarov, M. tillaboyeva
Amaliy ish
«Atlas»dan yozuvsiz xaritaga donli va moyli ekinlar tarqalgan hududlarni tushiring.
Savol va topshiriqlar
1. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy xususiyatlari nimada? Tovar qishloq
xo‘jaligi va an’anaviy qishloq xo‘jaligining asosiy farqlari nimalarda namoyon
bo‘ladi?
2. Darslik matni ma’lumotlaridan foydalanib, donli ekin maydon larining tarkibini tahlil
qiling. Asosiy donli ekinlardan bug‘doy, sholi va makkajo‘xori eng ko‘p ekiladigan
mamlakatlarni aniqlang.
3.
Darslik matnidan foydalanib, o‘z «vatan»larini almashtirgan va boshqa mamlakatlarda
eng ko‘p mahsulot berayotgan dehqonchilik ekinlarini birma-bir hisobga oling.
Ularning kelib chiqqan «vatan»lari va hozirgi vaqtda eng ko‘p yetishtiriladigan
mamlakatlarini aniqlang va tahlil qiling.
20-§. Jahon chorvachiligi va baliqchiligi
Tayanch iboralar
Chorvachilik, baliqchilik, qoramolchilik, qo‘ychilik, cho‘chqachilik, parrandachilik,
darrandachilik, tuyachilik.
Chorvachilik jahon aholisining kundalik iste’molidagi eng asosiy mahsulot
(go‘sht, sut, tuxum, asal kabi)larni, sanoat uchun esa muhim xomashyo (teri, jun,
pilla, mo‘yna kabi)larni yetkazib beradi. Chorvachilik qo‘y va cho‘chqachilik,
yilqichilik,
tuyachilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik kabi tarmoqlarga
bo‘linadi. Ular dunyoning barcha mintaqalarida turli sharoitda boqiladi.
Chorvachilikning muhim xususiyatlaridan biri – mollar soni, odatda, rivojlana-
yotgan
mamlakatlarda, ulardan olinadigan mahsulotlar hajmi esa rivojlangan
mamlakatlarda ko‘proq.
Aholi iste’molidagi jami go‘shtning 1/3 qismi va sutning 9/10 qismini
qoramolchilik yetkazib beradi. Jahonda ularning umumiy soni 1,3 mlrd. bosh
bo‘lib, yarmidan ko‘pi Yevrosiyo mamlakatlarida boqiladi. Qoramollarning
soniga ko‘ra hindiston, AQsh, braziliya, Xitoy
va Argentina mamlakatlari
ajralib turadi.
Chorvachilikning intensiv tarmoqlaridan biri cho‘chqachilikdir. 900 mln.
boshdan ziyod bo‘lgan bu tarmoq jahon aholisi iste’mol qiladigan go‘shtning
2/5 qismini yetkazib bermoqda. Cho‘chqachilik, musulmon davlatlarini istisno
qilganda, jahonning aholi zich joylashgan hududlarida eng ko‘p tarqalgan.
82
Cho‘chqachilikning deyarli yarmi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi. Keyingi
o‘rinlarda AQSH, Braziliya va Yevropaning asosiy yirik davlatlari turadi.
Qo‘ychilik (1,2 mlrd. bosh) jahonning o‘t-o‘lanlarga boy keng yaylovli
hududlari bo‘ylab keng tarqalgan. Ixtisoslashishiga ko‘ra mayin va yarimmayin
junli qo‘ychilik
iqlimi yumshoq, namroq dasht, chalacho‘l mintaqalarda; teri
va go‘sht beruvchi qo‘ychilik, jumladan, qorako‘l qo‘ychiligi esa qur g‘oqchil
chalacho‘l va cho‘l mintaqalarida rivojlangan.
Qo‘ylar soniga ko‘ra Avstraliya (165 mln.), Xitoy (110 mln.),
Yangi
Zelandiya (85 mln.), Rossiya (58 mln.) davlatlari jahonda eng yirik hisoblanadi.
Jahonda eng intensiv rivojlangan qo‘ychilik Avstraliya va Yangi Zelandiyada
tarkib topgan. Ular jahon bozoriga eng ko‘p qo‘y go‘shti, jun va teri yetkazib
bermoqda.
So‘nggi yillarda chorvachilikning jahon bo‘yicha tez rivojlanib bora yotgan
yirik tarmoqlaridan yana biri – parrandachilikdir. U aholi iste’molida kat-
ta o‘rin tutadigan parhez go‘sht (jami iste’moldagi go‘shtning 20%i) va tuxum
yetishtirishda asosiy o‘rin tutadi. Bu tarmoq intensiv rivojlanish xususiyatiga ega
bo‘lib, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan. Shuningdek,
chorvachilikning pillachilik (Xitoy, Yaponiya, O‘zbe kiston,
Ispaniya, Italiya va
h.k.), tuyachilik (cho‘l va chalacho‘l mintaqasi davlatlari), bug‘uchilik (Rossiya,
Kanada) kabi sohalari ham joyiga ko‘ra ahamiyatga ega.
Baliq va boshqa dengiz mahsulotlari inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan
oqsil va boshqa biologik faol birikmalarga boyligi bilan ahamiyatlidir. Hozir
jahonda oqsilga bo‘lgan ehtiyojning 25% ini baliqchilik bermoqda. Baliq
ovlash hajmi so‘nggi yillarda 110 mln. t ni tashkil qilmoqda.
Baliq ovlash
bilan amalda suv havzalariga ega bo‘lgan jahonning deyarli barcha davlatlarida
shug‘ullaniladi. Jahon bo‘yicha aholi jon boshiga o‘rtacha 17 –18 kg baliq
mahsuloti iste’mol qilingani holda, Yaponiyada bu ko‘rsatkich 40 –50 kg ni,
Nepalda 0,2 kg ni tashkil qiladi. Jahonning jami 15 mln. aholisi hozirgi vaqtda
baliqchilik bilan shug‘ullanadi. Ovlanayotgan baliq mahsulotlarining 1/2 qismi
Yaponiya, Xitoy, AQSH, Chili, Peru va Rossiya davlatlari hissasiga to‘g‘ri
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: