Genlarning o‘zaro va ko‘p tomonlama ta’sirida belgilarning irsiylanishi Reja



Download 3,82 Mb.
bet5/15
Sana30.12.2021
Hajmi3,82 Mb.
#197977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Genetika maruza

Nazorat savollari:

1.Mendelning tajribalari xaqida gapirib bering.

2.Mendelning qonunlarini qayta ochilish tarixini so‘zlab bering.

3.Gametalar sofligi nazariyasini tushuntirib bering.

4.Taxliliy chatishtirishni tushuntirib bering.
Mavzu: Diduragay chatishtirish.

Reja

1. F2 duragaylarida genotipik va fenotipik ajralishning tahlili.

2. Diduragay chatishtirishning genetik va sitologik asoslari.
Tayanch tushunchalar: Diduragay chatishtirish, diduragay chatishtirishning sitologik asoslari, poliduragay chatishtirish, diduragaylarda olingan natijani statistik usulda o‘rganish, Mendel qonunlarini amalga oshishi uchun zarur shart-sharoitlar.

Mustaqil irsiylanish qonuni. Alohida belgilarning irsiylanishini o‘rganish Mendelga, bir qator muhim qonuniyatlarni aniqlashga imkon berdi.Lekin tabiatda organizmlar bir-birlaridan qator belgilari bilan farq qila dilar.SHuning uchun Mendel bir necha belgilarning bir vaqtning o‘zida, qator avlodlarda qanday irsiylanishini o‘rgandi.Buning uchun u ikki juft belgilari bilan farq qiladigan organizmlarni diduragay chatishtirdi.

Mendel o‘z tajribalarida no‘xatning faqat bir belgisi bilan farqlanadigan xillarini emas, balki ikki, uch belgisi bilan tafovut qiladigan xillarini ham chatishtirgan va ulardan hosil bo‘lgan duragaylar avlodlarida belgilarning irsiylanishini o‘rgangan. Odatda ikki belgisi bilan farqlangan ota-ona organizmlarning chatishishidan olingan duragaylarni diduragay, uchta va undan ortiq belgisi bilan farqlangan duragaylar poliduragay deb ataladi.

Mendel o‘z tajribalarini birida doni sariq, usti tekis, doni yashil, usti burishgan belgili no‘xat navlarini bir-biri bilan chatishtirdi. CHatishtirish natijasida olingan G‘1 duragaylarning hammasida donlar sariq rangli va usti tekis ekanligi ma’lum bo‘ldi. Demak donning sariq rangi yashil rang, tekis formasi burishgan formasi ustidan dominant ekanligi ma’lum bo‘ldi. G‘1 avlod duragaylar o‘z-o‘zi bilan chatishtirilganda ulardan hosil bo‘lgan ikkinchi avlodda ota-onaga o‘xshash ya’ni doni sariq tekis, doni yashil burishgan no‘xatlar bilan bir qatorda, doni sariq burishgan, doni yashil usti tekis bo‘lgan o‘simliklar hosil bo‘ldi. To‘rtta fenotipik sinflarning miqdoriy nisbati 9 sariq tekis : 3 sariq burishgan : 3 yashil tekis : 1 yashil burishgan ekanligi aniqlandi. Agar biz diduragaylardagi ikki xil belgining har birini alohida-alohida o‘rgansak, u holda 12 sariq : 4 yashil : 12 tekis : 4 burishgan bo‘lishini ko‘ramiz.

Tajriba uchun Mendel no‘xatning ikkita navini tanlab oldi, ulardan birining doni sariq-silliq, ikkinchisi esa yashil-burishgan edi.Bunday chatishtirishda, birinchi avlod duragaylari ning birxillik konuniga binoan. G‘1 avlodning xamma donlari sariq – silliq bo‘lib chiqdi, ya’ni donning sariq rangi \A\ yashil rangdan, silliq shakli esa\V\ burishgan shakldan \v\ ustun chiqdi. Birinchi avlod duragaylarini \AaVv\, o‘zini–o‘zi bilan chatishtirilganda, genlar va belgi- larning kombinatsiyalarini qanday bo‘lishini, ingliz genetigi Rejinald Pennet taklif qilgan panjara yordamida bilib olish mumkin. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, belgilarning fenotip bo‘yicha ajralishi 9:3:3:1 nisbatda bo‘ladi. Bunda:

9 ta sariq silliq

3 ta sariq burishgan

3 ta yashil silliq,

1 ta yashil burishgan bo‘ladi
Genotip bo‘yicha ajralish 1:2:2:4:1:2:1:2:1 nisbatda bo‘ladi.

AABB genotipli ----- 1ta

AABB genotipli------- 2ta

AaBB genotipli------- 2 ta

AaBb genotipli------- 4 ta

AAbb genotipli------- 1 ta

Aabb genotipli------- 2 ta

aaBB genotipli------- 1 ta

aaBb genotipli------- 2 ta

aabb genotipli ------ 1 ta

Agar sariq va yashil donlarining nisbatini alohida hisoblansa,nisbat 12:4, ya’ni 3:1 bo‘lib chiqadi.silliq shakl bilan,burishgan shaklni ham alohida hisoblansa, nisbat yana 12:4, ya’ni 3:1 bo‘lib chiqadi.Bundan ko‘rinib turibdiki, no‘xat donlirining ranggi va shakli bir biridan mustaqil tarzda irsiylanadi va ajralish qonunining nisbati \3:1\ aniq yuzaga chiqadi.

Mendel diduragay chatishtirishlan olingan natijalarni taxlil qilib,o‘zining 3- qonunini quyidagicha ta’rifladi:Ikki yoki undan ortiq alternativ belgilari bilan farq qiladigan organizmlarning birinchi avlod duragaylarini o‘zini-o‘zi bilan chatishtirilganda, ikkinchi avlodda genlar va ularga xos bo‘lgan belgilar mustaqil tarzda irsiylanadi va mumkin bo‘lgan barcha variantlarda kombinatsiyalar hosil qiladi”.Bu qonun o‘rganilayotgan genlar xar xil, bir-biriga gomologik bo‘lmagan xromosomalarda joylashgan bo‘lgandagina to‘g‘ri bo‘ladi.

Diduragay chatishtirishning sitologik asoslari. Diduragay chatishtirishni jinsiy hujayralar etilishi va urug‘lanish jarayonlari bilan bog‘lash mumkinmi degan savol tug‘iladi. Mendel hujayrada xromosomalar borligini, xromosomalar sonini ikki marotaba kamayishiga sababchi bo‘lgan meyoz bo‘linish mavjudligini bilmagan.

XX asrning oxirida hujayraning mitoz, meyoz bo‘linishi, o‘simlik va hayvonlarda urug‘lanish tafsilotlari aniqlangach nemis biologi A.Veysman ana shu ma’lumotlarga asoslanib irsiyatni avloddan-avlodga berilishi xromosomalarga bog‘liq degan mulohazani ilgari surdi. Bu mulohazaning to‘g‘riligini 1902 yili Germaniyada Boveri, AQSHda Setton isbotlab berdi ya’ni irsiy omillar gametalarga tarqalishi haqidagi Mendel mulohazalari bilan meyoz bo‘linishda gomologik xromosomalarning gametalarga tarqalishi o‘rtasida aynan o‘xshashlik borligini ta’kidladilar.

Mendel tadqiqotlaridan ancha keyin har bir juft belgini hosil qiluvchi genlar gomologik xromosomalarning o‘xshash nuqtalarida joylashganligi, meyoz jarayonida gomologik xromosomalar gametalarga taqsimlanishi ma’lum bo‘ldi. Har bir jinsiy hujayraga gomologik xromosomalar juftidan faqat bittasi tarqaladi. Modomiki shunday ekan u holda no‘xatning don rangini ifoda qiluvchi A (sariq) va a (yashil) genlar bir juft gomologik xromosomalarda, donning tekis (V) va burishgan (b) bo‘lishini ta’minlovchi genlar ikkinchi juft xromosomalarda joylashgan bo‘ladi.



Diduragay chatishtirishdagi belgilarning irsiylanishini sitologik asoslari.

Tushunishni osonlashtirish maqsadida no‘xat donining rangini rivojlantiruvchi AA va aa allellar joylashgan gomologik xromosomalarni tayoqchasimon shaklda, no‘xat doni tekisligi (VV) va burishganligi (bb) allellari joylashgan gomologik xromosomalarni yumaloq shaklda ifodalaymiz.

Meyoz bo‘linish natijasida har bir gomologik xromosomalar juftligidan gametalarga bittadan allel tarqaladi. Urug‘lanish jarayonida ota-ona gametalar qo‘shilgach zigotada AaBb genlar joylashgan ikkita tayoqchasimon, ikkita yumaloq xromosomalar joylashgan bo‘ladi. Ana shu to‘rtta allelning ikkitasi urug‘chi gameta, ikkitasi changchi gametasidan o‘tgan. G‘1 duragaydan meyoz bo‘linishda to‘rt xil gameta rivojlanadi. CHunki bu gametalarda ota va ona gomologik xromosomalari turlicha kombinatsiyalar hosil qiladi.




Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish