K omplementarlik. Mendelning qonunlari organizmlarning har qaysi belgisi, faqat bitta gen ta’sirida irsiylanishiga oid holatlarni aks ettiradi.Lekin organizmlarning ba’zi belgilari faqat allel bo‘lmagan bir necha belgilarning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga chiqadi. Masalan, oq gulli hushbo‘y no‘xatning ikkita toza liniyasini o‘zaro chatishtirilganda, birinchi avlod duragaylarining xammasining gulining rangi qizil bo‘ladi. Birinchi avlod diduragaylarini o‘zaro chatishtirilganda, ikkinchi avlodda belgilarning ajralishi 9:7 nisbatda bo‘ladi, ya’ni 9 ta qizil gulli, 7 ta oq gulli no‘xat o‘simliklari hosil bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, dominant A va V genlarining xar biri alohida antotsian pigmentining sintezini ta’minlay olmas ekan.Faqatgina bu ikkala dominant gen genotipda birga bo‘lganda antotsian pigmenti sintezlanadi va gullarning rangi qizil bo‘ladi.Bunga sabab,dominant genlardan biri propigmentning sintezini ta’minlaydigan fermentni kodlaydi, ikkinchi dominant gen esa propigmentni pigmentga aylanishini ta’minlaydigan fermentni kodlaydi.Genotipda bu genlarning birortasi bo‘lmasa gullarning rangi oq bo‘ladi. Har xil genotipli oq donli jo‘xorilar o‘zaro chatishtirilganda ham , birinchi avlodda jo‘xorilarning doni qizil bo‘ladi va ikkinchi avlodda ajralish 9:7 nisbatda bo‘ladi.
Ikki xil genotipli yumaloq qovoqlar o‘zaro chatishtiril- ganda,birinchi avlodning xamma qovoqlarning shakli gardishsimonbo‘ladi.Birinchi avlodning gardishsimon qovoqlari o‘zaro chatishtirilganda, ikkinchi avlodda 9 ta gardishsimon, 6 ta yumaloq va 1 ta uzunchoq qovoqlar 9:6:1 nisbatda hosil bo‘ladi.
Genotipi AAvv bo‘lgan oq piyoz bilan, genotipi aaBB bo‘lgan sariq piyozlar o‘zaro chatishtirilganda, birinchi avlodda genotipi AaBB bo‘lgan qizil piyozlar hosil bo‘ladi. Qizil piyozlar o‘zaro chatishtirilganda, ikkinchi avlodda 9 ta qizil, 3 ta sariq va 4 ta oq piyozlar 9:3:4 nisbatda hosil bo‘ladi Oq va kulrang quyonlar chatishtirilganda xam xuddi shunday natijalar olinadi.
Odamlarda ham komplementarlik bilan yuzaga chiqadigan belgilar mavjud. Masalan, “Inson genomi” loyihasining ma’lumotlariga qaraganda, silliq muskul to‘qimasining hujayralarining normal rivojlanishi 127 ta genning, ko‘ndalang-targ‘il muskulning shakllanishi esa 735 ta genning ta’siri natijasida yuzaga chiqar ekan.
Genlarning komplementar ta’siri tabiatda keng tarqalgan va u evolyusiya uchun material bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |