Genlarning o‘zaro va ko‘p tomonlama ta’sirida belgilarning irsiylanishi Reja


Mavzu: Genlarning polimer va pleyotropiya ta'siri Genlarning polimer ta’siri



Download 3,82 Mb.
bet10/15
Sana30.12.2021
Hajmi3,82 Mb.
#197977
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Genetika maruza

Mavzu: Genlarning polimer va pleyotropiya ta'siri Genlarning polimer ta’siri.

Reja:

1. Polimer irsiylanishda F2 dagi xilma-xillikning asosiy sabablari.

2. Pleyotropiya- genlarning ko'p tomonlama ta'siri.

3. Miqdoriy belgilarning irsiylanish qonuniyatlari.

4. Miqdoriy belgilar genetikasining seleksiya uchun ahamiyati.

Tayanch so’zlar: polimeriya, poligenlar, kumulyativ va nokumulyativ, pleyotrop

Bir-biriga allel bo‘lmagan bir necha dominant genlarning, bitta belgining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishini polimeriya hodisasi deyiladi. Bunday polimer genlar genotipda qanchalik ko‘p bo‘lsa, belgi shunchalik kuchli rivojlanadi. Polimeriyada avlodlarda yangi belgi paydo bo‘lmaydi, balki ota-ona belgilari turli darajada rivojlanadi.

Polimeriya hodisasi organizmlarning miqdoriy belgi larida uchraydi.Masalan, hayvonlarning bo‘yi, vazni, suti- ning miqdori, yog‘liligi, rangining intensivligi, o‘simliklarning bo‘yi, hosildorligi, vegetetsiya davrining uzun-qisqaligi, endospermda oqsil va vitaminlarning miqdori va boshqalar.

Polimeriya hodisasini birinchi marta shved genetigi Nilson-Ele 1908 yili qizil va oq donli bug‘doy navlarida o‘rgandi. Bir xil belgining rivojlanishiga ta’sir etadigan genlarni poligenlar deyiladi. Poligenlar odatda bir xil harflar bilan belgilanadi. Masalan, A1A1, A2A2, A3A3 ; a1a1, a2a2, a3a3. Polimeriya hodisasiga bir nechta misollar kelti -ramiz: Bug‘doy donining rangini ikki juft poligenlar belgilaydi. Agar genotipda 4 ta dominant poligenlar bo‘lsa, donning rangi qizil bo‘ladi. Agar genotipda 4 ta retsessiv poligenlar bo‘lsa donning rangi oq bo‘ladi.Oq va qizil donli bug‘doy navlari chatishtirilganda , birinchi avlodning xamma donlari pushti bo‘ladi

Birinchi avlodning diduragay donlari pushti bug‘doy navlarini o‘zaro chatishtirilganda G‘2 da 1:4:6:4:1 nisbatda 5 hil rangli bug‘doy donlari hosil bo‘ladi.

Odamlarda terining rangi 4 ta gomologik bo‘lmagan xromo- somalarda joylashgan poligenlar tomonidan belgi lanadi.Bu genlar teri pigmenti – melaninning sintezini boshqaradi.Eng qora afrikalilarda polimer genlarning A1A1 A2A2A3A3 A4A4to‘plami bo‘ladi. Albinoslarda esa bu genlarning retses- siv allellari - a1a1 a2a2 a3a3 a4a4 bo‘ladi.Bunday genlar to‘plamiga ega bo‘lgan odamlarning aralash nikohidan tug‘il- gan bolalarning terisining ranglari qanday bo‘lishini tasavvur qilib ko‘ring.

Odamlarda bo‘yning uzunligi retsessiv belgi bo‘lib, 3 juft polimer genlar bilan belgilanadi.Bo‘yi 150 sm. bo‘lgan odamlarning genotipi A1A1 A2A2 A3A3 bo‘ladi. Bunda 1 ta dominant gen 25 sm.ni ta’minlaydi.Bo‘yi 180 sm. bo‘lgan odamlarning genotipi a1a1 a2a2 a3a3bo‘ladi . Bunda 1 ta retses- siv gen 30 sm.ni ta’minlaydi.

Otasining bo‘yi 180 sm. onasining bo‘yi 150 sm. bo‘lgan er –xotinlarning bolasining bo‘yi 165 sm. bo‘ladi.

Genlarning polimer ta’sirining kumulyativ va nokumulyativ shakllari farq qilinadi. Kumulyativ polimeriyada belgilarning qay darajada rivojlanganligi poligenlarning soniga bog‘liq bo‘ladi.Kumulyativ polimeriya organizmlarning miqdoriy belgilarida uchraydi. Biz yuqorida tanishib chiqqan bug‘doyning rangi, odamlarda terining rangi va bo‘yining uzunligi kumulyativ polimeriya usulida yuzaga chiqadi.Nokumulyativ polimeriya organizmlarning sifat belgilarida namoyon bo‘ladi.Nokumulyativ polimeriya hodisasini jag‘-jag‘ o‘simligi mevasining shaklining irsiylanishi misolida ko‘rib chiqamiz. Jag‘-jag‘ o‘simligi mevasining uchburchak va ellipssimon shakllari mavjud.Bu shakllarni 2 juft allel bo‘lmagan polimer genlar belgilaydi.


Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish