127
individlar o`zaro chatishgani uchun umumiy
morfologik-biologik tipga ega bo`ladi va
bu bilan alohidalashgan qo`shni geografik populyatsiyalardan farq qiladi.
Chunonchi, uzun boshli dala sichqon
keng territoriyada Oltoy, Sibir,
Qozog`istondagi va O`rta Osiyoning shimoli-sharqidagi tog`larda tarqalgan. Turli
rayonlardagi uzun boshli dala sichqonlar har xil geografik populyatsiyalarni tashkil
qilib, ular fiziologik jihatdan va yirik-maydaligi bilan farq qiladi. Masalan, tundra
populyatsiyasi cho`l populyatsiyasidan farq qilib, gavdasi yirikroq, erta urchiydigan,
ko`p nasl beradigan bo`lib, tanasida ko`p yog` to`playdi.
21-rasm.
Oq jiblajibondagi geografik o`zgaruvchanlik:
1-MotacIlla alba alba, 2-M.a. dukhinensls, 3-M.a. bajkalensis,4-M.a.acu’aris,
5-M.a. lugens, 6-M.a. leucepsis, 7-M.a. yarelliio, 8-M.a. ubpersonata, 9-M.a.
persica, 10-M.a. pensonata, 11-M.a.alboides, 12-M.a.grandis, 13-M.a.apulm, 14-
M.a. maderas patensis.
Geografik populyatsiyalar ekologik populyatsiyalarga bo`linadi. Ekologik
populyatsiyalar
bir xil joyda yashab, bir-biridan kam alohidalashganligi bilan farq
qiladi. Moskva atrofida kul rang dala sichqonning ikkita ekologik populyatsiyasi
bor. Daraxtsiz ochiq yerlarda — o`tloqlar, ekinzorlar, dalalarda tarqalgan
128
populyatsiyasi
yozda yaxshi qiziydigan, g`ovak tuproqda in qazib, tez urchiydi va
son jihatdan ko`payadi. Biroq kuzga kelib, yerni haydash natijasida ularning ini
ko`plab
buzilib ketadi, natijada ular boshqa yerlardan in qazishga majbur bo`ladi
va yirtqichlar tomonidan qirilib, soni kamayib ketadi.
Daraxtzor va butazorlarda tarqalgan ikkinchi ekologik populyatsiyada yil
mobaynida bir xil oziq zapasi bo`lganligi va ini kamroq zararlanganligi uchun
individlar soni nisbatan turg`un saqlanadi. Har qanday ekologik -populyatsiya o`z
navbatida yanada kichik — mikropopulyatsiya yoki elementar populyatsiyaga
bo`linadi. Har bir e
lementar populyatsiya
o`ziga xos xatti-harakatga ega bo`lsada,
turg`un morfologik-fiziologik xossalari bilan farq qilmaydi. Chunonchi, o`rdaklar,
g`ozlar kuzda nisbatan turg`un gala hosil qiladi. Bunday galalar birga uchadi, bir
joyda in quradi va qishlaydi, A. S. Malchevskiy kuzatishicha, Leningradda tarqalgan
ola qorayaloqning har bir maydonda (eski Petergof, Gatchinsk, Oxatinsk, O`rmon-
texnika akademiyasi va shu singari parklarda) tarqalgan erkak individlarining o`ziga
xos xonishi borligi ma’lum bo`lgan. Shunga o`xshash dalillar hayvonlarning
elementar populyatsiyalari ekologik jihatdan bir-biridan farq qilishini ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: