124
Chunki ularning har biri o`zidan oddiyroq bo`lgan evolyutsiya birliklariga bo`linadi.
Populyatsiya esa bunday birliklarga bo`linmaydi. Shu sababli ham populyatsiya
evolyutsiyaning boshlang`ich birligi hisoblanadi. Bir individ yoki qarindoshligi
jihatidan
yaqin individlar, masalan, populyatsiya tarkibiga kiruvchi oila,
vaqtincha to`da, gala turg`un guruh emasligi sababli evolyutsiyaning boshlang`ich
birligi
bo`la
olmaydi.
Har
qanday
tasodifiy
organizmlar
to`plamidan
populyatsiyaning farqi, tashkiliy turg`unligi, ko`payishi va rivojlanishga qodirligidir.
Populyatsiya ichida evolyutsion o`zgaruvchanlik sodir bo`lishi uchun, u yoki bu
o`zgarishiga ega organizmlar shu turga mansub boshqa organizmlar bilan o`zaro
munosabatda bo`lishi shart. Shunday bo`lgan taqdirdagina individual o`zgarishlar
gruppali, so`ngra evolyutsion o`zgarishga aylana boradi.
Evolyutsiya ayrim organizmlarga emas, balki populyatsiyalarga taalluqlidir.
Ma’lum territoriyada joylashgan individlar soni, tarqalish zichligi, yoshini,
populyatsiyaning xarakterli belgilari qatoriga kiritish mumkin.
Populyatsiya turg`unligi tarixiy
jarayonda tarkib topgan, ko`payish usuli,
organizmlarning ma’lum muddatda almashib turishi mutatsiya va kombinativ
o`zgaruvchanlik tufayli strukturasining o`z-o`zidan boshqarilishi orqali amalga
oshadi. Klonal populyatsiyalar bo`linish yoki vegetativ usulda ko`payish orqali
bunday turg`unlikka erishadi. Qayd etilgan usulda ko`payish yoki o`zini-o`zi
otalantirish natijasida hosil bo`lgan organizmlar turning umumiy ko`payish
qobiliyati, bir butunligiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Klon populyatsiyalarda sof, ya’ni
ayrim belgilari bo`yicha gomozigota liniyalarning vujudga kelishi irsiy
o`zgaruvchanlik rezervi, populyatsiyaning genetik tarkibi
zaiflashuviga sababchi
bo`ladi. Aksincha, chetdan otalanadigan panmiktik populyatsiyalar genotip va
fenotip jihatdan o`zaro farq qiluvchi organizmlarni keltirib chiqaradi. Bunday
organizmlar genotip jihatdan gen va xromosomada uchraydigan mutatsiyalar,
shuningdek, kombinatsion o`zgaruvchanlik bilan farq qilishi tabiiy bir holdir. Fenotip
jihatdan ular ba’zi bir tashqi belgilari,
shu jumladan, yuksak hayvonlarda ikkinchi
darajali jinsiy belgilar borligi, xatti-harakati dir necha hujayradan tashkil topgan.
Volvokslarda ko`p hujayrali organizmlarning ba’zi bir xossalari namoyon bo`ladi.
Koloniyadagi hujayralarning protoplazma iplari bilan bir-biriga bog`lanishi,
hujayralar
harakatining
o`zaro
moslashganligi,
hujayralarda
bir
qator
differensiyalanish ro`y berishi, ya’ni somatik va jinsiy hujayralarga ajralish shular
jumlasidandir. Binobarin, hozirgi vaqtda ham tabiatda tarqalgan sodda
organizmlarning
shunday vakillari borki, ularning tuzilishi ko`p hujayrali
organizmlar ontogenezining muayyan ilk bosqichlariga to`g`ri keladi. Biogenetik
qonunga ko`ra, ontogenezda filogenez qisqacha takrorlanadi. Panmiktik
populyatsiyalarda
xromosomaning
diploid
to’plami retsessiv mutatsiyalar
geterozigota holatda saqlanishiga imkon bersa, krossingover
hodisasi yangi -yangi
genlar kombinatsiyasini hosil qiladi.
Panmiktik
populyatsiyada
ro`y
beradigan
mutatsion
va
kombinativ
o`zgaruvchanlik tufayli ular klonal populyatsiyalarga qaraganda boy irsiy
o`zgaruvchanlikka ega bo`lib, katta evolyutsion ahamiyat kasb etadi. Binobarin,
populyatsiyada evolyutsiya jarayonining yuz berishiga asosiy sabab, uning o`z
tabiatiga ko`ra, geterogen sistema ekanligi, ya’ni genetik jihatdan bir-biridan
birmuncha farq qiluvchi organizmlar yig`indisidan
tashkil topganligi muhit