4
KIRISH
Tayanch tushunchalar va bilimlar:
Evolyutsion ta’limot mazmuni, prinsiplarini
o`rganish usullari, boshqa fanlar bilan aloqasi, muammolari, ahamiyati.
Evolyutsion ta’limotning mazmuni.
Inson qadim zamondan boshlab organik
olamning ikki xossasiga ajablanib qaragan. Bu xossalardan biri uning nihoyatda
xilma-xilligidir. Hozirgi vaqtda o`simliklarning 500000 dan, hayvonlarning 2500000
dan, zamburug`larning 100000 dan ortiq turi mavjud. Bular haqiqatan ham organik
olamning xilma-xilligiga hech qanday shubha qoldirmaydi. Har bir organizm turi
tuzilishi, hayot faoliyati, yashash muhiti bilan bir-biridan keskin farq qiladi.
Organik olamning ikkinchi ajoyib xossasi organizmlarning tuzilishi va hayot
faoliyatiga ko`ra tevarak-atrof muhitiga moslashganligidir. Organik olam qotib
qolmaganligi, o`zgarishi to`g`risida bir qancha nazariyalar vujudga kelib bu
nazariyalar organik olamning evolyutsiyasi biror omilning ta’siri natijasidir deb
tushuntirib
keldilar.
Organik
olamning
evolyutsiyasi
organizmlarning
takomillashishga intilishi (J.B. Lamark), alohidalanishi (Vegenyer), mutatsion
o`zgaruvchanlik (De Friz), muhitga nisbatan adekvat moslashuvchi o`zgaruvchanlik
(T.D. Lisenko) asosida amalga oshadi, degan g`oyalar shular jumlasidandir.
Organik olamning evolyutsiyasi faqat yagona omil ta’siri natijasidan iborat,
deb tushuntirish o`lik va tirik tabiatning o`ziga xos xossalarini chuqur anglamaslik,
materiyaning mexanik, fizik-kimyoviy harakat formalari bilan biologik harakat
formalari o`rtasidagi farqni tushunib yetmaslik oqibatidir. Organik olamning tarixiy
rivojlanishi ba’zi olimlar e’tirof etgan bo`lsa ham, lekin har bir hayvon va
o`simlikning o`zi yashayotgan muhit sharoitiga moslashganligi to`g`risidagi masala
XIX asrning yarmigacha muammo bo`lib qoldi.
Angliyalik buyuk tabiyotshunos olim Charlz Darvin 1859 yili «Tabiiy tanlanish
yo`li bilan turlarning kelib chiqishi yoki yashash uchun moslashgan zotlarning
saqlanib qolishi» degan mashhur asarda hozir mavjud bo`lgan barcha o`simliklar,
hayvonlar, odam to`satdan yaratilmay, balki million yillar davom etgan tarixiy
taraqqiyot mahsuli ekanligini isbotlab berdi. Shu bilan bir qatorda, organizmlarning
xilma-xil moslanish sabablarini ilmiy nuqtai nazardan tushuntirib berdi.
Darvin organik olamning evolyutsiyasi to`g`risidagi ta’limotni yaratishda
tabiiyotshunoslikning turli sohalari (sistematika, qiyosiy anatomiya, embriologiya,
biogeografiya, paleontologiya va boshqa fanlar) da to`plangan ma’lumotlarga, yangi
zot va navlar chiqarish sohasidagi ko`p asrlik seleksiya yutuqlariga hamda o`zi olib
borgan kuzatish, tajriba natijalariga, ilmiy xulosalarga tayandi. U juda ko`p dalillarga
asoslanib, organik olamning evolyutsiyasi o`zgaruvchanlik, irsiyat, yashash uchun
kurash va tabiiy tanlanish tufayli ro`y berishini isbotlab berdi. Darvinning evolyutsion
ta’limotini o`sha davrning mashhur biolog olimlari himoya qildilar va biologiya
fanining turli sohalarida tatbiq etib, mazmunini yangi dalillar bilan boyitdilar.
Evolyutsion ta’limot keyinchalik genetika, ekologiya, bioximiya, molekulyar
biologiya, kabi fanlar yutug`i zaminida mazmunan yanada boyidi va oqibatda XX
asrning ikkinchi yarmida evolyutsiyaning sintetik nazariyasi yaratildi.
Evolyutsion ta’limot organik olamning tarixiy rivojlanishini va uni idora
etishning
Do'stlaringiz bilan baham: