Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I BO`LIM 
EVOLYUTSION TA’LIMOTNING PAYDO BO`LISH TARIXI 
I b o b
. TIRIK TABIAT TO`G`RISIDAGI TASAVVURLARNING
SHAKLLANISHI 
1.
 
Tabiat to`g`risida qadimgi sharq mamlakatlaridagi
tasavvurlar. 
Tayanch tushunchalar va bilimlar

Qadimgi Sharq mamlakatlarida tabiat 
to`g`ri-sidagi tasavvurlar. Qadimgi Yunoniston va Rimdagi tabiat, undagi hodisalar 
haqidagi 
tushunchalar. 
O`rta 
asrlarda 
Markaziy 
Osiyoda 
tabiat 
haqidagi 
tushunchalarning rivoj topishi.
 
Organik olamning tarixiy rivojlanishi haqidagi ta’limot XIX asr o`rtalarida 
yaratilgan bo`lsada, biroq evolyutsion ta’limotga doir ba’zi ma’lumotlar, g`oyalarni 
paydo bo`lishi juda qadimgi davrlarga borib taqaladi. Organik olamning paydo 
bo`lishi to`g`risidagi tasavvurlar ko`p jihatdan odamlarni tirik tabiatni bilish darajasi 
bilan uzviy aloqador bo`lgan. Inson tabiatni ijtimoiy mehnat faoliyatining dastlabki 
qadamlaridanoq o`rgana boshlagan. Uning bu sohadagi tajribasi, bilimi foydali 
o`simliklarni topish va ekish, yovvoyi hayvonlarni ovlash va xonakilashtirish 
jarayonida tobora ortib borgan, takomillashgan. Keyinchalik bu bilimlar turli tarixiy 
davr va ijtimoiy formatsiyalarda amaliy biologiya, tibbiyot, qishloq xo`jalik sohasi 
bo`yicha sekin-asta kengaya borgan. 
Qadimgi Sharq mamlakatlarida yozilgan ba’zi asarlarda olamning moddiyligi, 
tabiat qonunlarining tabiiy xarakteri va tirik mavjudotlarning tabiiy ravishda 
vujudga kelishiga mansub ayrim fikrlar uchraydi. Chunonchi qadimgi misrliklarga 
ko`p shifobaxsh o`simliklar, davolash vositalari, gigiena qoidalari ma’lum bo`lgan. 
Jarrohlikning nisbatan rivoji esa anatomiya asoslarini bilishga imkon bergan. 
Misrda eramizdan 3000 yil muqaddam bug`doyning 3 turi, arpaning 3 turi, tariq, 
no`xat, zig`ir, tok va boshqa o`simliklar ekilgan. 
Hindistonliklarning eramizgacha bo`lgan davrdagi VIII asrda yozilgan 
«Hayot kitobi» nomli asarida olamning moddiyligi va uning 5 ta element (yer, 
suv, olov, havo, efir) dan iboratligi haqida fikr yuritilgan. Tirik tabiatni o`rganish 
ishlari tibbiyot talablariga mos ravishda olib borilgan. Shu sababli ular 760 ta 
xilma-xil shifobaxsh o`simlikni bilganlar. Murtakning rivojlanishi ustida olib 
borilgan dastlabki kuzatishlar ham qadimgi hindilarga tegishlidir. Bu o`sha davrda 
Hindistonda anatomiya, embriologiya kabi fanlarning rivoj topganligidan dalolat 
beradi. 
Qadimgi Xitoyda ham tabiatsunoslik birmuncha rivojlangan. Qishloq 
xo`jaligida almashlab ekish joriy etilgan, yerlarni o`g`itlashda, sug`orishda 
birmuncha yutuqlar qo`lga kiritilgan. Eramizdan 3000—4000 yillar ilgari 
hayvonlarning yangi zotlarini (ot), o`simliklarning navlarini (manzarali 
o`simliklarni) chiqarishda tanlash usuli qo`llanilgan. 
Qadimgi Xitoy tibbiyotida qo`llaniladigan davolash usullarining ba’zilari 
(ninaterapiya, kuydirish yo`li bilan davolash) hozirgacha ham ahamiyatini 
yo`qotgani yo`q. Eramizdan oldin 298—238 yillarda yashagan xitoylik faylasuf 
Syun Szi odam bilan hayvonlar o`rtasidagi farq haqida gapirib, inson aql-idrokka 
ega, jamiyatda yashab, o`z harakatlarini birlashtiradi, bu esa o`ziga qaraganda 
kuchliroq bo`lgan hayvonlar ustidan hukmronlik qilishga, ulardan o`z maqsadlarida 



foydalanishga imkon beradi, degan. O`simliklar bilan hayvonlar dunyosini xitoyliklar 
qadimdan o`rganganlar. Djouli o`simliklarni 5 guruhga — danaklilar, qo`zoqlilar, 
sharbatlilar, yotib o`suvchilar va butalarga bo`lgan. Hayvonlar ham 5 gruppaga 
bo`lingan. Ular jun bilan qoplanganlar, qanotlilar, zirx bilan qoplanganlar, tangacha 
bilan qoplanganlar va chig`anoq bilan qoplanganlar deb nomlangan. Qadimgi 
xitoyliklarning tasavvuriga ko`ra, organizmlarda bir formaning boshqa formaga 
o`tishi nihoyatda turli – tumandir. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish