11
boshqa boshqa organda ham o`zgarish vujudga keltiradi.
Harakat bir xil
formalarning abadiy
o`rin almashishidan iborat. Yer yuzida asta-sekin yangilanish
jarayoni ham ro`y beradi. Lekin organik olamning evolyutsiyasi tabiiy tarixiy
jarayon ekanligi haqidagi g`oya Aristotel uchun yotdir. Aristotelning shogirdlaridan
biri bo`lgan Teofrast (eramizgacha bo`lgan 372—287 yillar) botanika sohasida
diqqatga sazovor ishlar qilgan. U o`simliklarning 400 dan ortiq turini o`rganib,
ularning organlar tuzilishini, fiziologiyasini tasvirlab bergan hamda o`simliklarning
amaliy ahamiyati haqidagi ma’lumotlarni to`plagan. Teofrast o`simliklarning bir
turi boshqa turga aylanishi mumkin, degan fikrni quvvatlagan.
Demokritning izdoshi bo`lgan Epikur (eramizgacha bo`lgan 341—270 yillar)
barcha
organizmlarning tanasi mayda, bo`linmas atom zarrachalaridan iborat.
Ularning qo`shilishi va ajralishi tufayli olam vujudga keladi va yo`qoladi. Jon ham
atomlardan tashkil topgan, tabiatdagi hamma narsa tabiiy sabablarga ko`ra ro`y
beradi, degan fikr bilan maydonga chiqgan. Epikurning tabiat haqidagi falsafiy
qarashlarida rivojlanish g`oyasining elementlari uchraydi.
Eramizdan oldin tabiiyot fani Rimda ham birmuncha rivojlangan. Epikurning
izdoshi Lukretsiy Kar (eramizgacha bo`lgan 99—55 yillar) falsafadagi afsonaviy
qarashlarga qarshi chiqib,
tabiat doimo rivojlanishini, unda sifat o`zgarishlar ro`y
berishini birinchi mualliflar qatori e’tirof etgan. Agar Qadimgi Yunon falsafasi
harakat bir xil formalarning ma’lum doira ichidagi o`rin almashinishidan iborat
deb tushungan bo`lsa, Lukretsiy Kar harakat ma’lum davrda ro`y beradigan tarixiy
o`zgarishlardan iborat, deb qayd qilgan. U bir tur boshqa turga aylanishini tan
olmasa-da, lekin tabiatda moslashmagan organizmlar nobud bo`lishini, o`zi va
naslini oziq bilan ta’minlaydigan, dushmanlardan himoya qila oladigan
organizmlar yashab qolishini ta’kidlagan.
Lukretsiyning «Moddalar tabiati to`g`risida» degan
asarida yunon falsafasining
barcha ijodiy tomonlari o`z ifodasini topgan. Unda keyinchalik rivojlangan barcha
dunyoqarash tiplari murtak holida bayon etilgan. Lukretsiy Aristotel teleologiyasiga
qarama-qarshi pozitsiyada turgan.
Rim imperiyasining boshqa mamlakatlar bilan keng aloqasi tabiyotshunoslikda
yangi-yangi ma’lumotlar to`planishiga sabab bo`ladi. Biroq rimliklarning o`simliklar
bilan hayvonlarni tekshirish sohasidagi izlanishlarida morfologik yo`nalish o`rniga
organizmlarning hayot sharoiti, o`zaro munosabati, o`simliklar bilan hayvonlardan
inson manfaatlari yo`lida foydalanish kabi yo`nalishlar keng tus olgan. Shu
jihatdan Kay Pliniy ijodi diqqatga sazovordir. U eramizning 23—79
yillarida
yashagan. Olim 37 bo`limdan iborat «Tabiiy tarix» nomli asar yozgan. Bu asarni
yozishda o`z kuzatishlariga va 2000 ga yaqin adabiy manbalarga asoslangan.
Asarning zoologiya bo`limida Aristotelga noma’lum bo`lgan 155 hayvon turi
tasvirlangan. U hayvonlarni guruhlarga ajratishda ularning tuzilishiga emas, balki
ekologiyasiga asoslangan. Barcha hayvonlar suvda yashaydigan,
havoda
uchadigan va yerda yashaydigan guruhlarga bo`lingan. U tasvirlagan har bir
formadan inson qanday foydalanishi kerakligi haqida batafsil to`xtalgan va bu
masala asarning asosiy maqsadi ekanligini qayd qilgan. Asarning botanika bo`limida
rim agronomiyasi va sistematikasi, chunonchi, o`simliklarni parvarish qilish,
tuvak
yasash, payvandlashga doir ma’lumotlar keltirilgan.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar qadimgi dunyo olimlarida tabiat to`g`risidagi
12
bilimlar cheklangan, tor doirada bo`lsada, lekin ular yirik falsafiy masalalarga
yo`naltirilganligini ko`rsatadi.
Shunday qilib, qadimgi zamon tabiyotshunos olimlari kelajak fanlarning rivoji
uchun zarur bo`lgan bir qator xulosalarni ilgari surganlar. Ular dunyo qanday
bo`lsa, uni xuddi shunday anglashni, dunyoning birligi
va umumiyligi haqidagi
g`oyani targ`ib etganlar.
Evolyutsion qarashlarning rivoji uchun quyidagi g`oyalarning;
1) o`lik hamda tirik moddalarning birligi va shu asosda tabiiy ravishda tirik
mavjudotlar paydo bo`lishi;
2) tirik mavjudotlarning birligi va xilma-xilligi;
3) o`zgaruvchanlikning umumiyligi va tirik mavjudotlar bir shakldan ikkinchi
shaklga aylanishi mumkinligi;
4) tirik mavjudotlarning yashash uchun kurashi va eng garmonik hamda
moslashgan formalarning yashab qolishi haqidagi g`oyalar ayniqsa muhimdir.
Xulosa qilib aytganda, qadimgi zamon mutafakkirlarining ta’limotida
evolyutsion tushunchalarning ba’zi qoidalari eng boshlang`ich shaklda o`z ifodasini
topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: