8
I BO`LIM
EVOLYUTSION TA’LIMOTNING PAYDO BO`LISH TARIXI
I b o b
. TIRIK TABIAT TO`G`RISIDAGI TASAVVURLARNING
SHAKLLANISHI
1.
Tabiat to`g`risida qadimgi sharq mamlakatlaridagi
tasavvurlar.
Tayanch tushunchalar va bilimlar
:
Qadimgi Sharq mamlakatlarida tabiat
to`g`ri-sidagi tasavvurlar. Qadimgi Yunoniston va Rimdagi tabiat,
undagi hodisalar
haqidagi
tushunchalar.
O`rta
asrlarda
Markaziy
Osiyoda
tabiat
haqidagi
tushunchalarning rivoj topishi.
Organik olamning tarixiy rivojlanishi haqidagi ta’limot XIX asr o`rtalarida
yaratilgan bo`lsada, biroq evolyutsion ta’limotga doir ba’zi ma’lumotlar, g`oyalarni
paydo bo`lishi juda qadimgi davrlarga borib taqaladi. Organik olamning paydo
bo`lishi to`g`risidagi tasavvurlar ko`p jihatdan odamlarni tirik tabiatni bilish darajasi
bilan uzviy aloqador bo`lgan. Inson tabiatni ijtimoiy mehnat faoliyatining dastlabki
qadamlaridanoq o`rgana boshlagan. Uning bu sohadagi tajribasi,
bilimi foydali
o`simliklarni topish va ekish, yovvoyi hayvonlarni ovlash va xonakilashtirish
jarayonida tobora ortib borgan, takomillashgan. Keyinchalik bu bilimlar turli tarixiy
davr va ijtimoiy formatsiyalarda
amaliy biologiya, tibbiyot, qishloq xo`jalik sohasi
bo`yicha sekin-asta kengaya borgan.
Qadimgi Sharq mamlakatlarida yozilgan ba’zi asarlarda olamning moddiyligi,
tabiat qonunlarining tabiiy xarakteri va tirik mavjudotlarning
tabiiy ravishda
vujudga kelishiga mansub ayrim fikrlar uchraydi. Chunonchi qadimgi misrliklarga
ko`p shifobaxsh o`simliklar, davolash vositalari, gigiena qoidalari ma’lum bo`lgan.
Jarrohlikning nisbatan rivoji esa anatomiya asoslarini bilishga imkon bergan.
Misrda eramizdan 3000 yil muqaddam bug`doyning 3 turi, arpaning 3 turi, tariq,
no`xat, zig`ir, tok va boshqa o`simliklar ekilgan.
Hindistonliklarning eramizgacha bo`lgan davrdagi VIII asrda yozilgan
«Hayot kitobi» nomli asarida olamning moddiyligi va uning 5 ta element (yer,
suv, olov, havo, efir) dan iboratligi haqida fikr yuritilgan. Tirik tabiatni o`rganish
ishlari tibbiyot talablariga mos ravishda olib borilgan. Shu sababli ular 760 ta
xilma-xil shifobaxsh o`simlikni bilganlar. Murtakning
rivojlanishi ustida olib
borilgan dastlabki kuzatishlar ham qadimgi hindilarga tegishlidir. Bu o`sha davrda
Hindistonda anatomiya, embriologiya kabi fanlarning rivoj topganligidan dalolat
beradi.
Qadimgi Xitoyda ham tabiatsunoslik birmuncha rivojlangan. Qishloq
xo`jaligida almashlab ekish joriy etilgan, yerlarni o`g`itlashda, sug`orishda
birmuncha yutuqlar qo`lga kiritilgan. Eramizdan 3000—4000
yillar ilgari
hayvonlarning yangi zotlarini (ot), o`simliklarning navlarini (manzarali
o`simliklarni) chiqarishda tanlash usuli qo`llanilgan.
Qadimgi Xitoy tibbiyotida qo`llaniladigan davolash usullarining ba’zilari
(ninaterapiya, kuydirish yo`li bilan davolash) hozirgacha ham ahamiyatini
yo`qotgani yo`q. Eramizdan oldin 298—238 yillarda yashagan xitoylik faylasuf
Syun Szi odam bilan hayvonlar o`rtasidagi farq haqida gapirib,
inson aql-idrokka
ega, jamiyatda yashab, o`z harakatlarini birlashtiradi, bu esa o`ziga qaraganda
kuchliroq bo`lgan hayvonlar ustidan hukmronlik qilishga, ulardan o`z maqsadlarida
9
foydalanishga imkon beradi, degan. O`simliklar bilan hayvonlar dunyosini xitoyliklar
qadimdan o`rganganlar. Djouli o`simliklarni 5 guruhga — danaklilar, qo`zoqlilar,
sharbatlilar, yotib o`suvchilar va butalarga bo`lgan. Hayvonlar ham 5
gruppaga
bo`lingan. Ular jun bilan qoplanganlar, qanotlilar, zirx bilan qoplanganlar, tangacha
bilan qoplanganlar va chig`anoq bilan qoplanganlar deb nomlangan. Qadimgi
xitoyliklarning tasavvuriga ko`ra, organizmlarda bir formaning boshqa formaga
o`tishi nihoyatda turli – tumandir.
Do'stlaringiz bilan baham: