Biologiya fanini o’qitishda ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari



Download 198,42 Kb.
bet1/6
Sana20.07.2022
Hajmi198,42 Kb.
#825172
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi


Mavzu: Umumiy o’rta ta’lim maktablari biologiya nazariy va amaliy jihatdan chuqur o’zlashtirishga ixtisoslashgan maktablarda biologiya o’qitishining dolzarb muammolar.
Kirish.
Biologiya fanini o’qitishda ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari.

Asosiy qism.


Maktablarda biologiya xonalarini tashkil etishda innovatsion yondashuv.
Biologiya fanidan o’quv ishlarini to’g’ri tashkil etish.
Biologik ta’limda ekskursiya va tirik tabiat burchagining ahamiyati.

Xulosa: biologik ta’lim jarayoniga kompetinsiyaviy yondashuv.


Foydalanilgan adabiyotlar.

Biologiya fanini o’qitishda ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari.



tizimida bilimlarni egallashning yangi kontsepedagogik texnologiyasiyasi - noan’anaviy ta’lim texnologiyalarining uslublarini qoʻllashni taqazo etmoqda. Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi: Hamkorlikda oʻrganish, modellashtirish, tadqiqot(loyiha) texnologiyalariga boʻlinadi va u yaxlit uzviy tizim asosida olib boriladi. Pedagogik texnologiyaning asosiy tushunchasi, soʻzsiz, oʻquv jarayoniga tizim sifatida yondashishdir. Noan’anaviy ta’lim berish usuli ta’limiy maqsadni amalga oshirish boʻyicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi bilan hamkorlik faoliyatining asosi hisoblanadi. Usullar: ta’lim oluvchi bilishi, udallashi va qadrlashi lozim boʻlgan koʻzlanayotgan natijalarga erishishni ta’minlaydi. Bunda ta’limtarbiyada ishtirok etuvchi barcha narsa va hodisalar oʻzaro funksional bog’liqda boʻlib, bir butunlikni, ya’ni pedagogik jarayon majmuini tashkil qiladi.
Biologiya fanini o’qitishda ta’lim samaradorligini oshirish yo’llarini tahlil etib o’rganar ekanmiz. Biologiya mutaffakirlarimiz ta’lim jarayonini samarali yo’llarini tashkil etishni quyidagicha izohlashgan: Ibn Sino bolani maktabda oʻqitish va tarbiyalash masalasiga katta ahamiyat berib, «Tadbir ul manozil» asarining maxsus boʻlimini ana shu masalaga bag’ishlagan. Kitobning «Bolani maktabda oʻqitish va tarbiyalash» boʻlimida bolani maktabga jalb qilish haqida toʻxtalgan. Uning ta’kidlashica, maktabga barcha kishilarning bolalari jalb etilishi va hamma bolalar birga oʻqitilishi va tarbiyalanishi lozim. U bolani uy sharoitida yakka oʻqitishga qarshi boʻlgan, bolani maktabda jamoa bilan oʻqitishning foydasini quyidagicha ifodalagan:
1. Agar bolalar birga oʻqisa, zerikmaydi, ularda fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat qilishadi, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bularning hammasi oʻqishning yaxshilanishiga yordam beradi.
2. Oʻzaro suhbatda bolalar bir-birlariga kitobdan oʻqib olganlarini, kattalardan eshitganlarini hikoya qiladilar.
3. Bolalar birga toʻplanganlarida bir-birlarini hurmat qila boshlaydilar, doʻstlashadilar, oʻquv materiallarini oʻzlashtirishda bir-birlariga yordamlashadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni oʻrganadilar. Ibn Sino oʻz asarlarida oʻquvchiga ta’lim-tarbiya berishda quyidagi tamoyillarga amal qilish kerakligini ta’kidlaydi: birdaniga darslik bilan band qilib qoʻymaslik; yengildan og’irga oʻtish; jamoa boʻlib oʻqitishga e’tibor berish; bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi, qobiliyatini hisobga olish va hokazolar haqida oʻz fikrini yozib qoldirgan. Burxoniddin az-Zarnujiy «Ta’lim oluvchiga ta’lim berish va ta’lim berish yoʻllari» risolasida ilm va kasb-hunar oʻrganishning asosiy shartlari sifatida oʻquvchida jiddiy istak, kayfiyat boʻlishi lozimligini, shundan keyin yaxshi muallim hamda yetarlicha vaqt zarurligini yozgan. Yapon olimi T. Sakamoto tomonidan “oʻqitish texnologiyasi - bu oʻqitishning maqbulligini ta’minlovchi yoʻl-yoʻriqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi” ekanligi e’tirof etiladi. Rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani “belgilangan oʻquv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat“ deb tushuntiradi pedagogik texnologiyani fan sifatida e’tirof etish. K.K Selevko tomonidan ham ma’qullandi: “Pedagogik texnologiya oʻqitishning birmuncha oqilona yoʻllarini taqdim qiluvchi fan sifatida ham ta’limda qoʻllaniladigan usullar, printsiplar va regulyativlar sifatida ham, real oʻqitish jarayoni sifatida ham mavjuddir”. Olimning ta’kidlashicha “pedagogik texnologiya” tushunchasi ta’lim amaliyotida ierarxik darajada ishlatiladi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchi o'qituvchining bevosita rahbarligida, ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari yordamida organik olamning qonuniyatlari, hodisa va voqealaming mohiyati, o'ziga xos xususiyatlarini o'rganadi va bilim, ko'nikma hamda malakalarni egallaydi. Biologiya fanini o’qitishda ta’lim samaradorligini oshirishda o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning quyidagi yo'llari ko'rsatilgan:
Bilimlarni o'zlashtirish jarayonida o'quvchilarning bilish faoliyati quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
• o'quv materiali bilan dastlabki tanishish;
• o'quv materiallarini o'rganish; www.ziyouz.com kutubxonasi
• o'zlashtirilgan bilimlarni awal o'zlashtirilgan bilimlar bilan taqqoslash;
• bilimlarni tizimga solish va mustahkamlash;
• o'zlashtirilgan bilimlarni yangi holatlarda qo'llash.
O'quvchilarning bilish faoliyatini mustaqil ish asosda tashkil etish:
• muammoli vaziyatlarni keltirib chiqarish;
• o'quv topshiriqlarining maqsadini aniqlash;
• mustaqil izlanish orqali savollarga javoblar topish;
• nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalar asosida javoblarning to'g'riligini tekshirib ko'rish;
• bilimlarni tizimga solish va mustahkamlash;
• bilim, ko'nikma va malakalami yangi vaziyatlarda qo'llash.
O'quvchilarning bilish faoliyatini ko'nikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etish:
• o'quv faoliyatini amalga oshirish maqsadi, borishini aniqlash;
• o'quv faoliyatning modelini tuzish;
• jaoliyatni bajarish namunasini ko'rsatish;
• o'quvchilar tomonidan ishni bajarish;
• Faoliyatni takrorlash va xatosiz bajarishni o'rganish.
O'quvchilarning bilish faoliyatini axloqiy sifatlarni shakllantirish maqsadida tashkil etish:
• o'qituvchining ko'rsatmasi yoki tavsiyasiga binoan, tavsiya etilgan adabiyotlami topish;
• qo'shimcha o'quv adabiyotlar bilan tanishish;
• o'rganilgan axborotlarni tahlil qilish va baholash;
• adabiyot muallifming jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy sohasida yoki fan rivojiga qo'shgan hissasini aniqlash va baho berish;
• o'quvchilarning o'z xulqi va axloqiy sifatlarini rivojlantirish yuzasidan umumiy xulosasi.
Biologiya fanini o’qitish jarayonining samaradorligini oshirishda quyidagilar e’tiborga olinishi lozim:
- O’qitish jarayonining maqsadiga erishish uchun uning mazmuniga mos holda, vosita, metod va shakllarini tanlash.Ularning tahsil oluvchilarining motivi, ehtiyoji, qiziqishiga uyg’unligi.
- O’qitish jarayonini loyihalash,o’qitish mazmuni va maqsadga erishish vositalarini tanlash, o’quv materialini turli usullar yordamida yetkazish va ongli o’zlashtirishga erishish.
- Tahsil oluvchilarning o’quv operatsiyalarini bajarish,o’qituvchi va tahsil oluvchilarning o’quv ishlarini samarali tashkil etish.
- O’qitish jarayonida teskari aloqani tashkil etish, nazorat va o’quv materialini o’zlashtirish jarayoniga tegishli o’zgartirishlar kiritish va o’z-o’zini nazoratini amalga oshirish.
- Tahlil va o’z-o’zini tahlil qilish, o’qitish natijasini baholash.
- Darsni, o’qitishning boshqa shakllari(darsdan,sinfdan, maktabdan tashqari ishlar,ekskursiyalar) bilan uyg’unlikda tashkil etish. Ushbu 1-rasmda o’qitish jarayoni modelini tahlil etilgan.
Bundan tashqari, samaradorlikni oshirishda o’qitish jarayonining tashkilotchisi,boshqaruvchisi bo’lgan o’qituvchi faoliyati muhim rol o’ynaydi. O’qituvchining faoliyati yosh avlodning aqliy, axloqiy, ruhiy, jismoniy qobiliyatlarini uyg’un ravishda rivojlantirsh maqsadida ta’lim mazmuniga binoan ularning o’quv-bilish faoliyatini tashkil qilish va boshqarish sanaladi. U quyidagilardan iborat:
O’quv materialini tanlash,sistemaga solish,mantiqiy ketma-ketlikda loyihalash;
Tahsil oluvchilarning o’quv materialini qabul qilish, anglash va ongli o’zlashtirish imkonini beradigan o’qitish vositalari,metodlari va shakllarini tanlash;
Pedagogik jarayonni yaxlit holda har bir tahsil oluvchilarning o’qitish maqsadlariga muvofiq o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish,ularning bilimlar tizimi va bilimlarni o’zlashtirish usullarini egallashlariga erishish;
O’zining va tahsil oluvchilarning mashg’ulot davomidagi faoliyatini rejalashtirish;
Tahsil oluvchilarning bilimlar va ko’nikmlarni o’zlashtirish usullarini egallashga qaratilgan ongli va faol faoliyatini tashkil etish va rag’batlantirish metodlarini belgilash;
Tahsil oluvchilar tomonidan o’quv topshiriqlarini bajarilish sifatini orttirish yo’llarini belgilash;
Nazorat,o’qitish natijalarini tahlil qilish va tahsil oluvchilar shaxsini rivojlantirish bo’yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan tadbirlarni belgilash;
O’qitish jarayonining natijasiga muvofiq mazkur jarayonni tashkil etish va boshqarish yuzasidan tegishli o’zgartirishlar kiritish;
O’qituvchining ta’lim jarayonini boshqarish vazifasi o’qitish jarayoniga faqat tegishli o’zgartirishlar kiritish bilan cheklanmasdan balki, mazkur jarayonning subyekti bo’lgan tahsil oluvchilar shaxsida axloqiy sifatlarning shakllanishi, ma’naviy yuksalishni ko’zda tutadi.Bunday faoliyatni boshqarish uchun o’qituvchi avvalo faoliyat turlari, unga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillar, istiqboldagi maqsad va vazifalarni loyihalashi, olinadigan natijalarni faraz qilishi zarur.
Biologiya fanini o’qitishda ta’lim samaradorligini oshirishda o’qituvchi va o’quvchi ya’ni tahsil oluvchining o’rni birdekdir. Hozirgi zamon ta’lim-tarbiya jarayonida o'z hukmronligini saqlab kelayotgan an’anaviy ta’lim, o'quvchilami yalpi o'qitishni va o'quvchilaming bilish faoliyati passiv tinglovchi sifatida tashkil etishni nazarda tutadi. O'qitish ishlarini tashkil etishda o'rta saviyali o'quvchi nazarda tutiladi, o'quvchilarning mustaqilligi e’tibordan chetda qoladi, o'quv faoliyati o'qituvchi tomonidan boshqariladi.
Maktablarda biologiya xonalarini tashkil etishda innovatsion yondashuv.
Tabiiy fanlar fanning olamni “u biror tabiiy qonunlarga bo‘ysunadi”, deb qarovchi va uni ratsional o‘rganuvchi bo‘limlaridir. Tabiiy fanlar uslubiyati ijtimoiy va aniq fanlar uslubiyatidan farq qiladi. Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kiradi. Bugungi zamonaviy ta’limda maktablarni o`quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o`quv uslubiy materiallar bilan ta`minlash zarurati har qachongidan ham dolzarb masaladir. Umumiy o`rta ta`lim maktablarиning moddiy texnika bazasini mustahkamlash orqali o`quvchilarda DTS talablariga mos holda bilimlarni shakllantirish, ko`nikma va malakalarni tarkib toptirish jarayoniga amaliy yordam ko`rsatish uchun biologiya xonasini zamon talablari asosida tashkil etish zarur. Biologiya xonasi uchun yo`lakka yaqin joylashgan oxirgi xonani tanlash maqsadga muvofiq bo`ladi. Chunki bu joylarda tabiat muzeyi, ko`rgazmalar tashkil etish mumkin. Biologiya xonasi 2 ta: dars olib boriladigan o`quv xonasi, laboratoriya hamda tirik tabiat burchagi xonalaridan iborat bo`lishi kerak. Biologiya xonasining talab darajasida jihozlanishi biologiya o`qituvchisi zimmasiga yuklatiladi. Biologiya xonasi quyidagi asosiy vazizfalarni bajarishga yo`naltirilgan: - ta`limning samaradorligi oshirish maqsadida o`quv jarayonini tashkil etishda kerak bo`ladigan jihozlar bilan ta`minlash; dars va o`quv jarayonining boshqa shakllarida o`qitishning texnik vositalaridan foydalanish; - o`quvchilar bilimini aniqlash, nazorat qilish va baholashda EHMning nazorat dasturlaridan foydalanish; - biologiya bo`yicha sinf va maktabdan tashqari mashg`ulotlarni olib borishda kerak bo`ladigan jihozlar bilan ta`minlash; Biologiya o`quv xonasi quyidagilar zarur bo`lgan mebel va maxsus jihozlar bilan jihozlanadi: doska, o`qituvchi stoli va stuli, namoyish stoli, o`quvchilar uchun parta va stul, preparat va mulyaj saqlanadigan alohida shkaflar, biologiya xonasini bezatishda predmetining etika va estetik talablariga ahamiyat berish kerak. Xonada o`simlik va hayvonot dunyosining evolyutsion rivojlanish tarixini, ko`zga ko`ringan biologlarning portretlari qo`yilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Biologiya xonasining barcha jihozlari dars davomida tajriba, amaliy ish va kuzatishlar o`tkazishda, jadvallar, videofilm diapozitivlarini o`z vaqtida namoyish etish, amaliy ishlarda material va asboblarni tarqatish hamda yig`ib olishga moslashgan bo`lishi kerak. Bu o`z navbatida o`quv qurollarini muayyan tizimda saqlashga, ularni darsda foydalanish uchun tez topish va tayyorlashga imkon beradi. Bularning hammasi o`quvchilarda o`quv mehnatini tashkil qilish madaniyatini tarbiyalaydi. Laboratoriya xonasi biologiya xonasining ajralmas tarkibiy qismidir. Unda asosan o`quv ko`rgazma qurollar, asboblar, idishlar, ya`ni o`qitish jarayonini tashkil etishga kerak bo`lgan barcha qo`llanmalar saqlanadi. Audio va videokassetalar, videodisklar, didaktik materiallar, laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar olib borish uchun yo`riqnoma berish hamda ko`rsatmalarni hammasi ma`lum bir mavzu yuzasidan tuzilgan bibliografik kartatekalar tizimiga kiritiladi. Bulardan tashqari, laboratoriya xonasidagi stolda tajribalar o`tkazish uchun zarur materiallar tayyorlanadi, ko`rgazmalar ta`mirlanadi. Stolda jo`mrakli suv krani bo`ladi. Undan idishlarni yuvishda foydalaniladi. Biologiya o`qitish xonasi, laboratoriya xonasidan tashqari, tirik tabiat burchagini tashkil qilish lozim. Tirik tabiat burchagida faqat tirik o`simlik va hayvonlarni saqlash, ular ustida tajribalar o`tkazish hamda darslarda namoyish etish uchungina emas, balki darslardan va sinfdan tashqari ishlarni bajarish uchun foydalidir. Tirik tabiat burchagini imkon darajasida biologiya xonasining yaqinidagi tashkil qilish mumkin. Umumta`lim maktablarida biologik ta`limning samaradorligi ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari bo`lgan dars, darsdan va sinfdan tashqari ishlar, ekskursiyalarni talab darajasida o`tkazishga bog`liq. Mazkur mashg`ulotlarni talab darajasida tashkil etilishi, avvalo biologiya o`quv xonasi, laboratoriya, tirik tabiat burchaklarini to`liq jihozlashga bog`liqdir. Biologiya o`quv fani asosan tirik organizmlar to`g`risida bilim beruvchi fan. Biologiya o`quv fanini DTS talablari asosida o`qitish, tirik organizmlar ustida ko`rgazmali va amaliy usullarni qo`llash asosida mashg`ulotlar o`tkazishga imkon beradigan moddiy bazani tashkil etishni talab etadi Biologiya darsida o`quv asbob uskunalaridan foydalanishda zarur bo`lgan umumiy talablar mavjud. 1. Pedagogik talablar: 2. Biologiya xonasiga qo`yiladigan xavfsizlik va gigiyena talablari: 3. Estetik talablar: Xonaga qo`yilgan har bir jihoz, shuningdek, ularning elementlari va umumiy ko`rinishi go`zalllik qonuniyatlariga javob berishi, o`quvchilarning badiiy didini tarbiyalashi o`quvchida ham, o`qituvchida ham qoniqish hissini hosil qilishi kerak. Biologiya o`qitishning moddiy bazasini asosiy qismini tirik tabiat burchagi tashkil etadi. Unda o`quvchilarning biologiyaga bo`lgan qiziqishlari, bilim doirasini kengaytirish uchun boy imkoniyatlar bor. Tirik tabiat burchagi dastlab, o`quvchilar kuchi bilan biologiya kabinetida, sinf derazalarida tashkil etiladi Tirik burchakda biologik xususiyatlarini o`rganish uzoq vaqt diqqat bilan kuzatishlar olib borishini va tajribalar qo`yishni talab qiluvchi yovvoyi o`simliklar ham bo`lishi zarur. Bunday o`simliklarni ekskursiya vaqtida tuprog`i bilan kovlab olinib, kichikroq gultuvaklarga o`tqaziladi. Tirik tabiat burchagi yosh tabiatshunoslarning ish joyi hamdir. Bu yerda yosh tabiatshunoslar kuzatuv ishlarini olib borib, uni natijalarini yozadilar, hayvonlar uchun oziq tayerlaydilar,turli moslama yasaydilar va ta`mirlaydilar. Xulosa qilib aytganda, o’quvchilarning biologiya fanini a’lo darajada o’zlashtirishlariga nafaqat dars jarayonlari, balki ularning qiziqishlarini ortishiga sabab bo’luvchi laboratoriya mashg’ulotlari va tirik tabiat burchagi ham muhim rol o’ynaydi.

Biologiya fanidan o’quv ishlarini to’g’ri tashkil etish.


O’qitish jarayoni deganda, o’quvchilarning muayyan o’quv materialini o’zlashtirish, bilish usullarini egallashga qaratilgan o’quv-bilish faoliyati va o’qituvchining mazkur jarayonni tashkil etish va boshqarishga asoslangan pedagogik faoliyati orqali o’zaro hamkorlikda o’quv maqsadlariga erishiladigan jarayon tushuniladi.
O’qitish jarayoni tashkil etiladigan va boshqariladigan jarayon ekan, u qanday shakllarda tashkil etiladi degan savol tug’iladi?
Didaktika va biologiya o’qitish metodikasiga oid manbalarda o’qitish jarayoni va uning shakllariga turlicha ta’rif berilgan. Jumladan, didakt olim Yu.K. Babanskiy fikricha, o’qitishni tashkil etish shakllari ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar bilan individual yoki yalpi o’qitishning nisbati, o’quv-bilish faoliyatining faollik darajasi, hamkorlikda tashkil etilgan o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyati va o’qituvchining rahbarlik roli, pedagogik faoliyatining me’yorini belgilaydi.
B.P. Yesipov tomonidan chop etilgan “Osnovы didaktiki” kitobida o’quv ishlarini tashkil etish shakllari o’quvchilarning bilish faoliyati turlarining ketma-ketligi, o’qituvchining mazkur faoliyatni boshqarish usullari, mashg’ulotlarning mazmuni, tarkibi va vaqtini belgilaydi deb uqtirilgan.
N.M. Verzilin, V.M. Korsunskaya ta’rifi bo’yicha o’qitish jarayonini tashkil etish shakllari – o’qituvchi tomonidan tarbiyalovchi ta’lim jarayonida foydalaniladigan turli sharoit (biologiya o’quv xonasi, ekskursiya, tirik tabiat burchagi, tabiat)da o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish tushuniladi.
O’quvchilar tomonidan biologiya o’quv fani dasturlari va DTS bilan me’yorlangan muayyan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish, ularni tarbiyalash va rivojlantirish jarayoni o’qitishning turli shakllaridan foydalanishni taqoza etadi.
Biologiya o’qitish metodikasida o’qitish jarayonini tashkil etishning turli shakllari belgilangan. Ularga dastur talablarini amalga oshiradigan o’qitishning asosiy shakli bo’lgan dars, unga bog’liq holda ekskursiyalar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va ixtiyoriy ravishda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar kiradi.
Mazkur o’qitish shakllari birgalikda biologiya o’qitish shakllari tizimini tashkil etadi.
O’qitishning asosiy shakli bo’lgan – dars, ularni bog’lovchi vazifasini bajaradi va o’qitishda yetakchi o’rinni egallaydi.
Dars, ekskursiyalar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg’ulotlar birgalikda biologiyani o’qitishdan ko’zda tutilgan umumiy o’quv maqsadlariga erishishni ta’minlaydi, o’quvchilar tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish, olingan natijalarni tahlil qilishga xizmat qiladi.
O’qitishni tashkil etish tizimining tarkibiy qismlari bo’lgan dars, ekskursiya, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg’ulotlarning har biri biologik ta’lim oldiga qo’yilgan umumiy maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan alohida o’z ulushi mavjud. Mazkur ulushni xususiy maqsadlar ham deyish mumkin.
O’qitish jarayonini tashkil etishning turli shakllarida ta’lim mazmuni, maqsadi, vazifasiga bog’liq holda muayyan metod va vositalardan foydalaniladi.
SHu sababli, o’qituvchi tomonidan o’qitish shakllarini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni ta’lim mazmuni, mazkur shakllarning maqsadi, vazifasi, ta’lim-tarbiya jarayonida tutgan o’rni, ularning xususiy maqsadlariga mosligi e’tiborga olinishi lozim.
Masalan, o’rganiladigan mavzu kattalashtiruvchi asboblar yoki laboratoriya jihozlari bilan bog’liq, shuningdek, anatomik mazmun, fiziologik jarayonlar, nazariya, g’oya, tushunchalar, qonunlar, masala yechish o’rganiladigan bo’lsa, unda albatta o’qitishning asosiy shakli bo’lgan darsni tanlash zarur.
Agar ta’lim mazmuni o’simlik yoki hayvonat dunyosining xilma-xilligi, turli ekologik muhit sharoitiga moslashishini o’rganishni talab etsa, bu holda ekskursiya tashkil etilishi, yoki videofilьmlar namoyish qilish maqsadga muvofiq.
Ekologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirishda dars bilan bir qatorda, darsdan va sinfdan tashqari ishlar ham muhim o’rin tutadi.
Kuzatish o’tkazish va tajriba qo’yishda uy ishlari, darsdan va sinfdan tashqari ishlar muhim ahamiyatga ega.
O’qituvchi tomonidan o’qitish shakllarini to’g’ri tanlashda biologiya o’quv xonasining jihozlanishi va o’quv-moddiy texnika bazasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi o’qitish shakllarining maqsadi va vazifalarini to’g’ri anglagan holda, mazkur jarayondan tasviriy, tabiiy va tarqatma materiallar tayyorlash orqali ko’rgazmalilikni amalga oshirishni ko’zda tutishi lozim.
SHunday qilib, biologiyani o’qitish shakllari: dars, ekskursiya, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg’ulotlar muayyan tizimni hosil qilib, ular o’quvchilar tomonidan belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, bilish faoliyati usullarini egallash va o’qitish samaradorligini orttirishga xizmat qiladi.
Dars o’qitishning asosiy shakli bo’lib, unda biologiya o’quv dasturidan o’rin olgan o’quv materialining asosiy qismi o’rganiladi. Darsda o’qituvchi ta’lim mazmuni, o’qitish metodi va vositalarining uyg’unligi orqali o’qitish maqsadlariga erishishni nazarda tutadi. Lekin, hamma masalalarni ham darsda o’rganish imkoni bo’lmaydi, masalan uzoq muddatli kuzatish ishlarini talab etadigan tajribalarni o’tkazishda darsdan tashqari ishlardan foydalaniladi.
Uy ishlari dars bilan uzviy bog’langan bo’lib, u darsda o’rganilgan mazmunning mantiqiy davomi va o’quvchilarning mustaqil bilim olish omili sanaladi. O’qituvchining topshirig’i va ko’rsatmasiga binoan, o’quvchilar uncha murakkab bo’lmagan tajribalarni o’tkazish, tabiatda kuzatishlar olib borish, qo’shimcha adabiyotlarni o’rganish, muayyan mavzularda ma’ruza yoki referat tayyorlash, kollektsiyalar tayyorlash ishlarini amalga oshiradilar. O’quvchilar o’quv topshiriqlarini bajarish orqali bilish faoliyati usullarini egallashga zamin tayyorlanadi.
Darsdan tashqari ishlar o’qituvchining ko’rsatmasi asosida o’quvchilar tomonidan bajariladigan majburiy o’qitish shakli sanaladi. Dastur talablari asosida o’quvchilar darsdan tashqari ishlarni yakka tartibda yoki kichik guruhlarda bajarilishi lozim.
Darsdan tashqari ishlar jumlasiga muayyan mavzularda kuzatish olib borish, tajribalar o’tkazish, o’quv jihozlari, ko’rgazma materialini tayyorlash kiradi.
Darsdan tashqari ishlar mohiyati va mazmuniga ko’ra biologiya o’quv xonasida, tirik tabiat burchagida, tabiatda bajarilishi mumkin. Masalan, botanikani o’qitishda urug’ning unishi uchun zarur shart-sharoitlar, urug’ning nafas olishi, o’simtaning o’sishi va rivojlanishiga oziq moddalar miqdorining ta’siri kabi tajribalar mavzuni o’rganishdan avval o’quvchilar tomonidan o’tkaziladi va natijasi darsda muhokama etiladi.
Darsdan tashqari ishlarning davomiyligiga ko’ra: qisqa muddatli, mavsumiy yoki yillik bo’lishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan tajribalar qisqa muddatli, botanika va zoologiya o’quv fanlaridan beriladigan yozgi topshiriqlar mavsumiy, o’simliklardagi mavsumiy o’zgarishlarni kuzatish yillik darsdan tashqari ishlar sirasiga kiradi.
Botanika va zoologiya o’quv fanlaridan beriladigan yozgi topshiriqlar muayyan tizimga ega bo’lishi lozim, chunki uning natijalaridan kelgusida ko’rgazma materiallari shaklida foydalanish ko’zda tutiladi.
Ekskursiya – o’qitish jarayonining muhim shakli bo’lib, ular o’quvchilarni tirik tabiatning ob’ektlari, hodisalari, qonunlari, asosiy nazariy g’oyalari bilan tanishtirish, nazariy bilimlarni amaliyotga qo’llash, olamni bilish metodlarini egallash imkonini beradi.
Ekskursiya davomida o’quvchilar tomonidan egallangan bilimlar, yangi mavzularni o’rganish jarayonida bilimlarni mustahkamlash, yakunlash, tizimga solish va umumlashtirish kabi maqsadlarda foydalaniladi.
SHu bilan bir qatorda ekskursiyalar o’quvchilarning mustaqil bilim olish faoliyatini faollashtirish va rivojlantirish imkonini beradi. Ekskursiyada o’quvchilar o’quv topshiriqlarini yakka tartibda yoki kichik guruhlarda bajarish jarayonida avval o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalaridan foydalanish orqali yangi bilim va ko’nikmani egallaydilar.
Ekologik jihatdan tabiatga to’g’ri tashkil etilgan ekskursiyalar o’quvchilarda mahalliy biogeotsenozlar, o’simliklar va hayvonat olamining xilma-xilligi haqida bilimlarini kengaytirish, mahalliy ob’ektlardan ko’rgazma materiallarini tayyorlash, ularni jihozlash, tabiatga muxabbat uyg’otish, estetik did va madaniyat, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish imkonini beradi.
Biologiyani o’qitishda sinfdan tashqari mashg’ulotlar muhim o’rin tutadi. Mazkur o’qitish shakli ixtiyoriy bo’lib, o’quvchilarning biologiya o’quv faniga bo’lgan qiziqishi, olamni o’rganishga bo’lgan ehtiyojlari hisobga olingan holda tashkil etiladi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning uch turi mavjud:
Yakka tartibda individual tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar.
Guruhlarda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar.
Ommaviy tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar.
Yakka tartibda individual tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’qituvchi o’quvchilar tomonidan muayyan mavzularda kuzatishlar o’tkazish, tajriba qo’yish, qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash, ma’ruzalar tayyorlash va ularni jihozlash ishlarini rejalashtiradi.
Guruhlarda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda turli sinflarda “Yosh biologlar” to’garagi, fakultativ mashg’ulotlar, tanlovlarga tayyorgarlik ko’rish, tirik tabiat burchagida ishlar tashkil etiladi.
Ommaviy tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda asosan, turli mavzularda kechalar va bayramlar, biolog-olimlar bilan uchrashuvlar tashkil etish bilan bir qatorda ko’qalamzorlashtirish ishlari, ijtimoiy foydali mehnatni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar dasturdagi o’quv materiali asosida tashkil etiladi, lekin uni takrorlamasligi kerak. O’qituvchi o’rganilayotgan o’quv fani mazmuni, mahalliy sharoit, o’quvchilarning qiziqishi va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, sinfdan tashqari mashg’ulotlarning mavzularini tanlaydi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning mavzulari o’quvchilarning dunyoqarashi, ular o’zlashtirayotgan ta’lim mazmunini kengaytirish, to’ldirish, kasbga yo’llash, tabiiy fanlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik va ularning yangi qirralarini yoritishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar darsdan tashqari vaqtda tashkil etilib, maktabning umumiy jadvalidan o’rin olmaydi, lekin o’qituvchi o’zining yillik istiqbol rejasida ularni o’tkazish vaqtini belgilaydi.
Biologiyani o’qitishning yuqorida qayd etilgan shakllari: dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’rtasida doimiy ravishda izchillik, o’zaro uzviylik va aloqadorlik mavjud bo’lib, ular o’quv-tarbiya jarayonining yaxlitligini ta’minlaydi.
Biologiya o’qitish maqsadi va vazifalarini amalga oshirish, samaradorlikka erishish uchun o’qituvchi o’qitish shakllarining umumiy va xususiy maqsadlarini anglagan holda, ularni uyg’unlashtirgan tarzda yillik istiqbol rejasini tuzishi lozim.
Dars – biologiyani o’qitishning asosiy shakli bo’lib, uning tuzilishi, tashkil etilishi, unda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish masalalari biologiya o’qitish metodikasining asosiy muammosi sanaladi.
Darsda o’quv dasturi talablari asosida ta’lim-tarbiya uzviyligini ta’minlash, bu jarayonda o’qitish metodi, vositalaridan samarali foydalanish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, DTS bilan me’yorlangan ta’lim mazmuni va uning tarkibiy qismlarini shakllantirish, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ular ongi va qalbiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish amalga oshiriladi.
O’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish sifati va o’qitish samaradorligi darsni tashkil etilishi, ularda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish masalalariga bog’liq bo’ladi.
Dars - biologiya o’quv dasturi bilan me’yorlangan mazmunni o’rganish maqsadida yoshi, tayyorgarlik darajasi bir xil, doimiy tarkibga ega bo’lgan o’quvchilardan iborat guruh (sinf)larda belgilangan vaqt doirasida, qat’iy jadval asosida biologiya o’quv xonasida tashkil etiladi.
O’rganiladigan mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda darslar tirik tabiat burchagida, o’quv tajriba maydonida, biologik muzeylarda tashkil etilishi ham mumkin.
Biologiya o’quv dasturida ta’lim mazmuni o’quvchilarning yosh va psihologik xususiyatlari, bilim zahiralari hisobga olingan holda berilgan. Biologiya o’quv fanlarining mazmuni mantiqiy ketma-ketlikdagi alohida qismlar – boblar, mavzularga bo’lingan. Har bir mavzu mazmunini o’rganish darslarda amalga oshirganligi sababli, darslar ham muayyan sistemani tashkil etadi, birbiri bilan mantiqiy bog’langan bo’ladi.
Darsda o’qitish hamma o’quvchilar uchun umumiy bo’lgan o’quv dasturi asosida tashkil etiladi, o’qituvchi o’rganilayotgan mavzu mazmuni, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga muvofiq, o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirishga qaratilgan pedagogik faoliyatni amalga oshiradi.



Download 198,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish