Keys topshirig'iga javoblar
2-bosqich.O'qitish shakllari va ularning uzviy bog'liqligi.
Biologiya o’qitish metodikasida o’qitish jarayonini tashkil etishning turli shakllari belgilangan. Ularga dastur talablarini amalga oshiradigan o’qitishning asosiy shakli bo’lgan dars, unga bog’liq holda ekskursiyalar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va ixtiyoriy ravishda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar kiradi.
Mazkur o’qitish shakllari birgalikda biologiya o’qitish shakllari tizimini tashkil etadi.
O’qitishning asosiy shakli bo’lgan – dars, ularni bog’lovchi vazifasini bajaradi va o’qitishda yetakchi o’rinni egallaydi.
Dars, ekskursiyalar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg’ulotlar birgalikda biologiyani o’qitishdan ko’zda tutilgan umumiy o’quv maqsadlariga erishishni ta’minlaydi, o’quvchilar tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish, olingan natijalarni tahlil qilishga xizmat qiladi.
O’qitishni tashkil etish tizimining tarkibiy qismlari bo’lgan dars, ekskursiya, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg’ulotlarning har biri biologik ta’lim oldiga qo’yilgan umumiy maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan alohida o’z ulushi mavjud. Mazkur ulushni xususiy maqsadlar ham deyish mumkin.
O’qitish jarayonini tashkil etishning turli shakllarida ta’lim mazmuni, maqsadi, vazifasiga bog’liq holda muayyan metod va vositalardan foydalaniladi.
SHu sababli, o’qituvchi tomonidan o’qitish shakllarini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni ta’lim mazmuni, mazkur shakllarning maqsadi, vazifasi, ta’lim-tarbiya jarayonida tutgan o’rni, ularning xususiy maqsadlariga mosligi e’tiborga olinishi lozim.
Masalan, o’rganiladigan mavzu kattalashtiruvchi asboblar yoki laboratoriya jihozlari bilan bog’liq, shuningdek, anatomik mazmun, fiziologik jarayonlar, nazariya, g’oya, tushunchalar, qonunlar, masala yechish o’rganiladigan bo’lsa, unda albatta o’qitishning asosiy shakli bo’lgan darsni tanlash zarur.
Agar ta’lim mazmuni o’simlik yoki hayvonat dunyosining xilma-xilligi, turli ekologik muhit sharoitiga moslashishini o’rganishni talab etsa, bu holda ekskursiya tashkil etilishi, yoki videofilьmlar namoyish qilish maqsadga muvofiq.
Ekologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirishda dars bilan bir qatorda, darsdan va sinfdan tashqari ishlar ham muhim o’rin tutadi.
Kuzatish o’tkazish va tajriba qo’yishda uy ishlari, darsdan va sinfdan tashqari ishlar muhim ahamiyatga ega.
O’qituvchi tomonidan o’qitish shakllarini to’g’ri tanlashda biologiya o’quv xonasining jihozlanishi va o’quv-moddiy texnika bazasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi o’qitish shakllarining maqsadi va vazifalarini to’g’ri anglagan holda, mazkur jarayondan tasviriy, tabiiy va tarqatma materiallar tayyorlash orqali ko’rgazmalilikni amalga oshirishni ko’zda tutishi lozim.
SHunday qilib, biologiyani o’qitish shakllari: dars, ekskursiya, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg’ulotlar muayyan tizimni hosil qilib, ular o’quvchilar tomonidan belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, bilish faoliyati usullarini egallash va o’qitish samaradorligini orttirishga xizmat qiladi.
Dars o’qitishning asosiy shakli bo’lib, unda biologiya o’quv dasturidan o’rin olgan o’quv materialining asosiy qismi o’rganiladi. Darsda o’qituvchi ta’lim mazmuni, o’qitish metodi va vositalarining uyg’unligi orqali o’qitish maqsadlariga erishishni nazarda tutadi. Lekin, hamma masalalarni ham darsda o’rganish imkoni bo’lmaydi, masalan uzoq muddatli kuzatish ishlarini talab etadigan tajribalarni o’tkazishda darsdan tashqari ishlardan foydalaniladi.
Uy ishlari dars bilan uzviy bog’langan bo’lib, u darsda o’rganilgan mazmunning mantiqiy davomi va o’quvchilarning mustaqil bilim olish omili sanaladi. O’qituvchining topshirig’i va ko’rsatmasiga binoan, o’quvchilar uncha murakkab bo’lmagan tajribalarni o’tkazish, tabiatda kuzatishlar olib borish, qo’shimcha adabiyotlarni o’rganish, muayyan mavzularda ma’ruza yoki referat tayyorlash, kollektsiyalar tayyorlash ishlarini amalga oshiradilar. O’quvchilar o’quv topshiriqlarini bajarish orqali bilish faoliyati usullarini egallashga zamin tayyorlanadi.
Darsdan tashqari ishlar o’qituvchining ko’rsatmasi asosida o’quvchilar tomonidan bajariladigan majburiy o’qitish shakli sanaladi. Dastur talablari asosida o’quvchilar darsdan tashqari ishlarni yakka tartibda yoki kichik guruhlarda bajarilishi lozim.
Darsdan tashqari ishlar jumlasiga muayyan mavzularda kuzatish olib borish, tajribalar o’tkazish, o’quv jihozlari, ko’rgazma materialini tayyorlash kiradi.
Darsdan tashqari ishlar mohiyati va mazmuniga ko’ra biologiya o’quv xonasida, tirik tabiat burchagida, tabiatda bajarilishi mumkin. Masalan, botanikani o’qitishda urug’ning unishi uchun zarur shart-sharoitlar, urug’ning nafas olishi, o’simtaning o’sishi va rivojlanishiga oziq moddalar miqdorining ta’siri kabi tajribalar mavzuni o’rganishdan avval o’quvchilar tomonidan o’tkaziladi va natijasi darsda muhokama etiladi.
Darsdan tashqari ishlarning davomiyligiga ko’ra: qisqa muddatli, mavsumiy yoki yillik bo’lishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan tajribalar qisqa muddatli, botanika va zoologiya o’quv fanlaridan beriladigan yozgi topshiriqlar mavsumiy, o’simliklardagi mavsumiy o’zgarishlarni kuzatish yillik darsdan tashqari ishlar sirasiga kiradi.
Botanika va zoologiya o’quv fanlaridan beriladigan yozgi topshiriqlar muayyan tizimga ega bo’lishi lozim, chunki uning natijalaridan kelgusida ko’rgazma materiallari shaklida foydalanish ko’zda tutiladi.
Ekskursiya – o’qitish jarayonining muhim shakli bo’lib, ular o’quvchilarni tirik tabiatning ob’ektlari, hodisalari, qonunlari, asosiy nazariy g’oyalari bilan tanishtirish, nazariy bilimlarni amaliyotga qo’llash, olamni bilish metodlarini egallash imkonini beradi.
Ekskursiya davomida o’quvchilar tomonidan egallangan bilimlar, yangi mavzularni o’rganish jarayonida bilimlarni mustahkamlash, yakunlash, tizimga solish va umumlashtirish kabi maqsadlarda foydalaniladi.
SHu bilan bir qatorda ekskursiyalar o’quvchilarning mustaqil bilim olish faoliyatini faollashtirish va rivojlantirish imkonini beradi. Ekskursiyada o’quvchilar o’quv topshiriqlarini yakka tartibda yoki kichik guruhlarda bajarish jarayonida avval o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalaridan foydalanish orqali yangi bilim va ko’nikmani egallaydilar.
Ekologik jihatdan tabiatga to’g’ri tashkil etilgan ekskursiyalar o’quvchilarda mahalliy biogeotsenozlar, o’simliklar va hayvonat olamining xilma-xilligi haqida bilimlarini kengaytirish, mahalliy ob’ektlardan ko’rgazma materiallarini tayyorlash, ularni jihozlash, tabiatga muxabbat uyg’otish, estetik did va madaniyat, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish imkonini beradi.
Biologiyani o’qitishda sinfdan tashqari mashg’ulotlar muhim o’rin tutadi. Mazkur o’qitish shakli ixtiyoriy bo’lib, o’quvchilarning biologiya o’quv faniga bo’lgan qiziqishi, olamni o’rganishga bo’lgan ehtiyojlari hisobga olingan holda tashkil etiladi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning uch turi mavjud:
Yakka tartibda individual tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar.
Guruhlarda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar.
Ommaviy tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar.
Yakka tartibda individual tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’qituvchi o’quvchilar tomonidan muayyan mavzularda kuzatishlar o’tkazish, tajriba qo’yish, qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash, ma’ruzalar tayyorlash va ularni jihozlash ishlarini rejalashtiradi.
Guruhlarda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda turli sinflarda “Yosh biologlar” to’garagi, fakultativ mashg’ulotlar, tanlovlarga tayyorgarlik ko’rish, tirik tabiat burchagida ishlar tashkil etiladi.
Ommaviy tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda asosan, turli mavzularda kechalar va bayramlar, biolog-olimlar bilan uchrashuvlar tashkil etish bilan bir qatorda ko’qalamzorlashtirish ishlari, ijtimoiy foydali mehnatni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar dasturdagi o’quv materiali asosida tashkil etiladi, lekin uni takrorlamasligi kerak. O’qituvchi o’rganilayotgan o’quv fani mazmuni, mahalliy sharoit, o’quvchilarning qiziqishi va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, sinfdan tashqari mashg’ulotlarning mavzularini tanlaydi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning mavzulari o’quvchilarning dunyoqarashi, ular o’zlashtirayotgan ta’lim mazmunini kengaytirish, to’ldirish, kasbga yo’llash, tabiiy fanlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik va ularning yangi qirralarini yoritishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar darsdan tashqari vaqtda tashkil etilib, maktabning umumiy jadvalidan o’rin olmaydi, lekin o’qituvchi o’zining yillik istiqbol rejasida ularni o’tkazish vaqtini belgilaydi.
Biologiyani o’qitishning yuqorida qayd etilgan shakllari: dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’rtasida doimiy ravishda izchillik, o’zaro uzviylik va aloqadorlik mavjud bo’lib, ular o’quv-tarbiya jarayonining yaxlitligini ta’minlaydi.
Biologiya o’qitish maqsadi va vazifalarini amalga oshirish, samaradorlikka erishish uchun o’qituvchi o’qitish shakllarining umumiy va xususiy maqsadlarini anglagan holda, ularni uyg’unlashtirgan tarzda yillik istiqbol rejasini tuzishi lozim.
3bosqich .Fanning mazmuni asosida metod,vosita,texnologiya tanlash.
0‘qituvchi darsni rejalashtirar ekan, albatta, uni qanday metod asosida o'tkazish haqida bosh qotiradi. Yuzaki qaraganda, har bir mavzuni xohlagan metodni qo'llab o'tkazaversa bo'Iadi, lekin amalda buning iloji yo'q. Bunga qator obyektiv va subyektiv sabab- lar, mavjud sharoit salbiy ta’sir ko'rsatadi.
Psixologiya, pedagogika bo'yicha o'quv va ilmiy adabiyotlarda dars o'tish metodini tanlashga ta’sir qiluvchi juda ko'p omillar ko'rsatiladi.
«Metodika prepodavaniya ekonomicheskix dissiplin» kitobi mualliflarining fikricha ta’lim metodini tanlash yoki aniqfashning oltita umumiy shart-sharoitlarini ajratib ko'rsatish mumkin.1
Bular:
O'qitishning qonuniyatlari va tamoyiliari.
Fanning mazmuni va o'rganish metodi, jumladan, uning predmeti va mavzulari.
O'qitishning maqsadi va vazifalari.
Talabalarning o'quv imkoniyatlari (yoshi, tayyorgarlik darajasi, guruhning xususiyatlari).
Tashqi sharoitlar (geografik, ishlab chiqarish, atrof-muhit).
O'qituvchilarning imkoniyatlari.
Turli-tuman omillarning dars o'tish metodini tanlashdagi o'rinlarini ierarxik tarzda joylashtiradigan bo'lsak, ko'pchilik psixologlar va pedagog olimlarning fikricha, birinchi o'rinda ta’limning maqsadi turadi. Aynan dars o'tish maqsadida biz nimaga erishishimiz lozimligi ifodalanadi, erishishimiz zaair bo'lgan natija belgilanadi. Ikkinchi o'rinda ta’limning motivatsiya darajasi turadi.
Motivatsiya — bu biologik jihatdan insonning irsiy va to‘plangan tajribasi asosida individual va guruhiy ravishda ehtiyoj- larini qondirishga yo'naltirilgan, undaydigan tuyg‘u. Insonni o‘qishga o‘rganishga ham ana shu tuyg‘u undaydi. Subyektiv nuq- tayi nazardan esa motivatsiya birinchi o'rinda turadi. O'qituvchi dars o'tish metodini tanlar ekan, albatta, o'quvchi, talabalardagi motivatsiya darajasiga e’tibor berish kerak.
Ijtimoiy-pedagogik qonuniyatlar quyidagilarda ifodalanadi:
ta’lim jarayoni jamiyat taraqqiyotini aks ettiradi;
ta’lim va tarbiya jarayoni hamda o'quvchi — talabalar tafak- kurini rivojlanishi bir-biri bilan uzviy bog'langan;
o'qitish va o'rganish jarayonlari yaxlit ta’lim jarayoni, muayyan ta’lim mazmuni bilan bir-birini taqozo etadi va ikki to- monlama qonuniy aloqani tashkil etadi;
o'quvchi, talabani biron-bir faoliyatga o'rgatish uni shu faoli- yatga maqsadga muvofiq jalb etish orqali amalga oshiriladi;
o'qitish maqsadi va o’quv yurti ta’lim mazmuni, o'qitish metodlari va shakllari o'rtnsidagi qonuniy bog'liqlik;
o'quv jarayoni o'quvchi - talaba maqsadining o'qituvchi maqsadiga muvofiq bo'lishi tufayli amalga oshadi. Bunda o'qituvchi faoliyati o'/.lashtirishi lozim bo'lgan mazmuniga mos bo'lishi shart;
ta’lim mazmunini o'zlashtirish sur’ati va puxtaligi, o'qituvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan o'quv faoliyatiga, o'quvchi, talabalarni bilishga bo'lgan qiziqishini ta’minlash;
ularning har tomonlama rivojlanishi, kamol topishi uchun o'zlashtirishi mumkin bo'lgan o'quv jarayoniga qay darajada jalb qilinishi;
o'zlashtirilgan o'quv materiali mazmunining puxtaligini ta’minlashda mavzuni to'liq yoki qisman takrorlash.
O'quv jarayonida talabalar bilim qonuniyatlaridan qanday foy-
Albatta, dars o'tish metodlarini tanlayotganiinizda fanni o‘rganishga qo'yilgan talablar va fanning mazmuniga alohida ahamiyat berish lozim. Bir fanni o'zlashtirishda yaxshi natija ber- gan metod boshqa fanga talabalarni chuqur o'zlashtirishlari uchun yaxshi yordam bermasligi mumkin. Shuning uchun ham dars o'tish metodlarini tanlaganda, albatta, fanning xususiyatlariga alohida diqqat qaratish lozim.
Fanni o'rganishda o‘quv materialining murakkabligi va miqdori ham muhim rol o'ynaydi. Demak-; dars o'tish metodini tanlashda fanning bu jihatlarini ham hisobga olish lozim. Masalan, oliy o'quv yurtlarida iqtisodiyot nazariyasi, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida iqtisodiyot asoslari fanini o'rganishda abstrakt tafakkur nihoyatda katta rol o'ynaydi. Buxgalteriya hisobi, tahlil, soliq va boshqa shu kabi fanlarda amaliy metodlar fanni o'rganishga katta yordam beradi. Demak, metodlarni muvofiq ravishda tanlash lozim.
Dars o'tishda qanday metodni tanlash o‘rganilayotgan fanga, uning xususiyatlariga, o‘rganiladigan mavzularga bog'liq. Masalan, statistika fanida iqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash asosiy rol o'ynasa, buxgalteriya hisobi fanida esa hujjatlashtirishga asosiy diqqat qaratiladi. Bir mavzuning mazmuni munozarada chuqur o'zlashtirilsa, ikkinchisiniki, masala-masliq yechishda ko'proq tu- shunarli bo'Iadi.
Dars jarayonini qanday metod asosida tashkil etishda o‘quvchi
talabalarning o‘rtacha bilim darajasi ham muhim rol o'ynaydi.
Guruhda talabalarning bilim darajasi yuqori bo'lsa, muvofiq ravishda ijodiy izlanishga undaydigan metodlarni qo'llash zarur. Bu ularni yanada ko'proq o'qishga, izlanishga olib keladi. Bilim darajasi past bo'lsa, ularga fanning mazmunini o'zlashtirishga yordam beruvchi metodlarni tanlagan ma’qul.
Dars o‘tish qiyin bo'lgan guruh talabalarning bilim darajasi bir-biridan keskin farq qiladigan guruhdir. Shuning uchun bunday guruhlarda bilimdonlar boshqalarga yordam berishiga erishishga, fanni o'zlashtirishga ko'maklashadigan metodlarni ko'proq tanlashga to'g'ri keladi.
O'qituvchi dars metodini tanlar ekan talabalarning faolligi, qiziqishini ham hisobga olishi zarur. Talabalarning qiziqishi past guruhlarda ularning faolligini oshiruvchi, fanni o'rganishga qiziqish uyg'otuvchi metodlarni qo'llash zarur. Bunda modellashtiruvchi o'yin turli qiziqarli mashqlar, konkurslar o'tkazish, talabalarga individual topshiriqlar berish, aytaylik, biron iqtisodiy ko'rsatkich-
larni o'zgarishidan qanday xulosa chiqishi borasidagi fikrlashlar bilan kechadi.
Talabalarning faolligi yuqori guruhlarda ularni o‘z ustida mustaqil ishlashlarini ta’minlovchi, erishgan darajada qotib qolmay, yanada ko'proq bilishga undovchi metodlarni qo'llash muhim.
Dars o‘tish metodining ustun darajada bajaradigan funksiya- lari. Ta’lim berish ko’zda tutilsa bir xil, olingan bilimni nazorat qilish lozim bo’lsa boshqa xil metod qoilash zarur.
Suningdek. olinadigan bilim, malakaning zaruriy manbalariga ko’ra metod tanlash-muhim ahamiyatga ega ( I bob, 3§ga qarang). -
Dars o'tish metodini tanlashda ta’lim berish muddatini ham hisobga olish zarur. Ma’lumki, vaqt inson uchun eng cheklangan resurs. Shuning uchun talabalarni doimo vaqtdan unumli foydala- nishga o'rgatish zarur. Fanni o'rganishga umumiy qancha vaqt ber- ilgani, shulardan mavzularga qancha vaqt ajratilganiga qarab, dars o'tish zarur.
Shubhasiz, dars o'tish metodlarini tanlashda moddiy-texnik baza, o'qitishning tashkiliy shart - sharoitlari ham muhim o'rin tutadi. Shuning uchun o'qituvchi har bir mavzuga ajratilgan vaqtdan kelib chiqib, maqsadga erishish uchun o'rganilishi zarur bo'lgan asosiy savollarga ko'proq vaqt ajratishi, shunga muvofiq dars o'tish metodini tanlash va uni o'tkazishni rejalashtirishi zarur.
Dars o'tish metodini tanlashga ta’sir etadigan yana bir omil darsning sliakli va tarkibidir. Albatta, nazariy darsda tanlangan metodni, amaliy darsda ham qo'llash kutilgan natijani bermaydi. O'qitish metodini tanlashda guruhdagi talabalar soni ham katta rol o'ynaydi. Kichik guruhlarda muvaffaqiyat bilan qo'llanilgan metodlar katta guruhlarda kutilgan natijani bermasligi mumkin yoki umuman qo'llash qiyin bo'Iadi.
Dars jarayonida qo'llaniladigan metodni tanlashda o'qituvchi bilan talabalar o'rtasida o'quv jarayonida shakllanadigan munosa- batlarda o'zaro hamkorlikka diqqat qaratilsa, boshqalarida avtori- tarlik ustun. Dars o'tish metodini tanlashda eng muhim omil bu o'qituvchining darsga tayyorgarligi darajasidir. Chunki qaysi metodni qo'llash, qanday qilib dars o'tish, darsning mazmuni talabalar ongiga yetkazish o'qituvchiga, uning bilimi, salohiyati, kasbiy ko'nikmasi, mahoratiga bog'liq.
Yuzaki qaraganda dars o'tish metodini tanlash murakkab emas. Ularni qanday qo'llash uchun o'qituvchida tajriba bor. Ulardan bi- rortasini tanlasa bo'ldi, deya fikr yuritamiz. Lekin ko'rib o'tgani- mizdek, dars jarayonini tashkil etishga ko'plab omillar ta’sir qiladi.
Bundan tashqari real jarayonga kutilmagan holatlar, sabablar ta’sir qilishi mumkinki, uni avvaldan ko'rib, hisobga olib bo‘lrnaydi. Dars o‘tishda samarali metodlarni qoilash deganda, mavjud turli-tuman metodlarni orasidan qabul qilingan mezonlar bo‘yicha mavjud sharoitda eng yuqori natijaga erishiladigan metodlarni qoilash tushuniladi. Ular har bir fan, mavzu, savol, guruh uchun turli-tuman boiishi mumkin.
Dars o‘tish metodlarini tanlashda yangi mavzuni, materialni o'rganilishi, uni mustahkamlash, mavzuni umumlashtirish va dars jarayoni bosqichlari ham katta rol o'ynaydi.
Mavzuni o'rganish uchun metod tanlashda komterdan foydalanish katta imkoniyatlarga ega. Dars o'tish metodini tanlashning asosi algoritmlar boiib, 0‘qituvchi belgilangan mezonlar orqali mavzu, uzviy savolni o'rganish uchun kompyuter yordamida optimal metodlarni tanlaydi. Hozirgi paytda 60 dan ortiq metodlarni 35 ta shartlar asosida tanlaydigan «Metod» dasturlari boiib, ular so'zsiz o'qituvchiga dars o‘tish metodini tanlashda katta yordam beradi.
4-bosqich.botanika darsini tahlil qilish asosida jadvalni toldirish.
Биология ўқитувчиси 1-соатлик ботаника дарсини таҳлил қилинг.
Фан-Ботаника, 5-синф. Мавзу: Илдиз турлари ва тизимлари.
Ўқувчи билиши керак: Ўсимликларнинг генаратив органлари, илдиз тарлари ва тизмилари, илдизнинг ўсимлик ҳаёти ва табиатдаги аҳамияти, шакли ўзгарган илдизлар ва илдизмевалар.
Ўқувчи бажара олиши керак: Асосий, ён, қўшимча илдизларни ажрата олиш, ўқ илдиз ва попук илдиз тизимларини фарқлай олиш.
Ўқувчи амалда бажара олиши керак: Ўсимликларни кўпайтиришда илдизнинг хсусиятларини ҳисобга олиш.
Дарснинг дидикатик мақсади аниқланган. Мавзунинг илмий тушанчалари кўргазмали воситалар асосида тушунтириб ўтилди. Ўқувчиларнинг мустақил билиш фаолиятини таркиб топтириш мақсадида дидактик тарқатмалардан фойдаланиб ўтилди.
Фаоллаштирувчи топшириқлар берилди.
1-топшириқ- жадвал
2-топшириқ биолоик диктант
Дарс ўқувчилар билан ҳамкорликда мустаҳкамланди фаол ўқувчилар баҳоланди.
Уйга топшириқ берилди
Топшириқ турлари
Биологик диктант, красворд, ботаника китобдан мавзуни ўқиб тест тузиш
|
Tashkiliy qism
|
Darsning didaktik maqsadi
|
Metod,vosita,texnologiya
|
Uyga topshiriq
|
Nazorat bosqichi
|
Yutuq
|
Vaqt togri taqsimlangan
|
Didaktik maqsadiga erishilgan.ko'rgazmali vositalardan foydalanilgan,didaktik tarqatma materiallardan foydalanilgan
|
Og'zaki va ko'rgazmali metodlardan unumli foydalanilgan.hamkorlikda o'qitish texnogiyasi togri tanlangan.
|
Innovatsion metodlardan unumli foydalangan
|
4chi 5 chilar baholangan
|
Kamchilik
|
|
Kamchilik sezilmadi
|
Texnik vositalaridan foydalanmagan
|
Kamchilik deyarli yo'q
|
Passiv oquvchilar etibordan chetda qolgan
|
Taklif
|
Dars avvalida xona tayyorligiga siyosiy daqiqaga ham etibor berish kerak
|
Amaliyotda ishlatilish sohali orqali tushuntirish
|
Ogzaki suhbat metodi maqulroq
|
O'quvchilargaqiziqishi,qobilyatiga qarab vazifalar berish
|
Barcha o'quvchilarni baholashga harakat qilish
|
Fikringizni asoslang: o'quvchilarga mavzuni boshqa fanlarga ham bog'lab tushuntirish shu orqali kasbga yonaltùrish jihatlarga ham alohida e'tibor qaratish kerak.Yangiliklar uchun vaqt ajratish kerak .Texnik vositalar orqali tushuntirish ham yuqori samaradorlikka ega.Bu mavzu bobning ilk mavzusi bo'lganligi uchun o'qituvchi asosiy rol o'ynaydi.Ildiz turlarini tushuntirishda tabiiy ko'rgazmali vositalardan foydalanish kerak.Nazorat bosqichida barcha o'quvchilarni imkoniyati,qobilyatiga qarab topshiriq berib,shunga ko'ra baholashga harakat qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |