Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

3.
 
Epigenez va preformizm oqimlari. 
XVI asrning ikkinchi yarmiga kelib zoologiya, anatomiya, embriologiya fanlarida 
faqat organizmlarni tasvirlash bilan chegaralanmay, balki ularning vazifasini 
taqqoslab, hayoti muhit bilan bog`liq holda o`rganila boshlandi. XVI – XVII asrlarda 
organizmlarning shaxsiy hayoti bo`yicha to`plangan ma’lumotlar nazariy jihatdan 


19 
xulosalandi. Organizmlarning shaxsiy — individual rivojlanishini o`rganish fanda 
e
pigenez 
va 
preformizm 
oqimlarini vujudga keltirdi. Epigenez oqimiga Angliya 
olimi Garvey asos solgan. U qushlar, sut emizuvchilarning embrional rivojlanishini 
o`rganib, faqat qushlar emas, balki sut emizuvchilar ham tuxumdan rivojlanishini 
ta’kidlagan. Golland olimi Svammerdam XVII asrning 60—70-yillarida hasharotlar 
metamorfozini o`rgandi va ularda organlar oldindan tayyor holda mavjud bo`ladi, 
deb qayd qildi. U epigenez oqimini tanqid qilib, preformizm 
oqimini himoya qildi, XVII asr oxirida Anton Levenguk 
mikroskopda spermatozoidlarni kuzatishga muvaffaq bo`ldi. 
Preformistlar Levenguk kashfiyotidan o`z maqsadlarida 
foydalandilar. Chunonchi, 1694 yili gollandiyalik Gartsekyer 
animalkullarni kichik, tayyor odam sifatida tasvirladi (2- rasm). 
Uning tasavvuricha, har bir animalkulning kallasi katta, tanasi 
chuvalchangsimon bo`ladi.
Preformistlar, o`z navbatida, animalkulist va ovistlarga 
bo`lingan. Animalkulistlar barcha organlarga ega bo`lgan kichik 
organizm spermatozoidda ularning muxoliflari bo`lgan ovistlar 
dastlabki murtak (embrion) tuxum hujayrada joylashgan, deb 
ta’kidlashganlar. Ovistlardan Yaller Momo Havo tuxumdnida 
200 milliard odam borligini “hisoblab chiqqan”. 
4.Transformizm g`oyalarining paydo bo`lishi. 
Morfologiya, 
qiyosiy 
anatomiya, 
embriologiya,
fiziologiya va sistematika fanlarining rivojlanishi tufayli XVII asr 
oxirida tabiiyot fanida to`plangan juda ko`p dalillar turlar 
o`zgarmaydi, degan g`oya noto`g`ri ekanligini tasdiqladi. Buning natijasida XVIII 
asrda o`simliklar bilan hayvonlar turi o`zgarishi mumkin, deb ta’kidlaydigan 
transformizm 
g`oyasi paydo bo`ldi. Transformizm bu haqiqiy evolyutsion ta’limot 
bo`lmay, uning boshlang`ichidir. Chunki u bir tur ikkinchi turga aylanishi haqidagi 
g`oyani himoya qilsada, biroq bu jarayonning barcha omil va sabablarini chuqur 
o`rganmagan. 
Transformizm biologiyadagi materializmning rivojlanish bosqichlaridan biri 
bo`lib, kreatsionizmga qarshi kurashdagi dastlabki oqimdir. Transformizm oqimini 
rivojlantirishda va kreatsionizmga qarshi kurashda M. V. Lomonosov,K.T. Volf, 
A.N.Radishchev va Fransuz olimi J. Byuffon hamda XVII asr Fransuz 
materialistlari D. Didro, P. Golbax, K.Gelvetsiy, J. Lamettrilar muhim rol 
o`ynadi.
M. V. Lomonosov (1711—1765) rus tabiathunoslari orasida birinchi bo`lib, 
moddalar doimo harakatda, o`zgarishda deb tasavvur qilgan. Lomonosov barcha 
borliq asosida materiya yotadi, uning asosiy xossalaridan biri harakatdir, materiya 
bilan harakat bir-biridan ajralmas, deb uqtirgan. U geologiyaga doir asarlarida 
transformistik g`oyalarni ayniqsa yaxshi ifodalagan. Uning 1759 yili nashr etilgan 
«yer qatlamlari haqida» degan asarida yerdagi barcha ko`rinadigan narsalar va butun 
olam azaldan biz ko`rib turgan holatdagidek bo`lmaganligini, ya’ni ular 
o`zgarganligini, 
hozirgi 
narsalar 
azaldan 
shunday, 
mana 
shu 
holatda 
2-rasm. 
Odam 
animal 
spermatozoidi


20 
yaratilmaganligini, tog`lar, vodiylar, suvlargina emas, balki har xil minerallar butun 
olam bilan birga paydo bo`lganligini bayon etgan. 
Lomonosov qazilma holdagi organizmlarning toshga aylangan qoldiqlarini 
topilishi qachonlardir yer yuzida sodir bo`lgan halokatlardan dalolat beradi, degan 
o`sha davrda hukmronlik qilgan fikrga qarshi turdi. U Lyayeldan bir necha yil oldin 
organizmlar ilgari ham hozirgiga o`xshash suv toshqini, yer qimirlashi tufayli nobud 
bo`lishini, ularning yoshini yer qatlamlariga qarab aniqlash mumkinligini, 
o`simliklar qoldig`ining chirishi natijasida torf, toshko`mir hosil bo`lganligini qayd 
qildi.
Sh. Bonnening «mavjudotlar narvoni» tuzilishi, unda organizmlarning joylanish 
tartibi albatta qon-qarindoshlik prinsipiga asoslanmagan. Bonnening «mavjudotlar 
narvoni»ga nisbatan rus tabiatsunosi P. Pallas tomonidan tuzilgan organizmlar 
sinflari orasidagi munosabatni «mavjudotlar daraxti» shaklida tasvir qilish 
birmuncha ilg`or hisobladi. 
Transformizm oqimi Kaspar Volf (1733—1794) ijodida yanada rivojlantirildi. 
Volf o`sha davrda keng tarqalgan organik formalar o`zgarmas, rivojlanish faqat 
o`sish, miqdor o`zgarishlaridan iborat, degan g`oyalarga qarshi chiqdi. U 
o`simliklar bargi, guli, mevasi, urug`i va boshqa organlarining rivojlanishini 
mikroskopda o`rganib, ularning hammasi juda oddiy tuzilgan differensiyalanmagan 
pufakchalar — «sharchalarga» ega do`ngliklardan hosil bo`lganligini, binobarin, 
organlar oldindan shakllanmaganligini ta’kidlaydi. U jo`janing rivojlanishini 
o`rganib, tuxumda hech qanday tayyor organ yo`qligini, u asta-sekin rivojlanishini, 
masalan, dastlabki ichak oldin plastinka, so`ng tarnov va nihoyat nay shaklida 
bo`lishini, nayga o`xshash qismlardan jigar va ovqat hazm qilish organlari 
rivojlanishini ta’kidlaydi. Nerv sistemasi ham oldin oddiy plastinka, keyin nerv 
nayini va nihoyat miya pufakchalarini — bo`lajak miya asosini hosil qiladi. O`z 
kuzatishlariga asoslangan Volf preformistlar fikri tamomila asossiz, degan xulosaga 
keldi 
va 
epigenez 
nazariyasini 
e’lon qildi. U epigenez nazariyasini 
organizmlarning faqat shaxsiy rivojlanishiga emas, balki tarixiy rivojlanishiga ham 
tatbiq etdi hamda tabiat doim o`zgarishda, rivojlanishda ekanligini tan oldi. Volf 
irsiyat va o`zgaruvchanlik organizmlarning bir-biriga uzviy bog`liq xossasi ekanligini 
ko`rsatdi. Oziq, yorug`lik, harorat, havo, namlik esa o`zgaruvchanlik sabablari 
ekanligini ta’kidladi. Masalan, Peterburgdan Sibirga ko`chirilgan o`simliklar tanib 
bo`lmas darajada o`zgarishini, ular janubga ko`chirilganda Sibir o`simliklariga ham, 
Peterburg o`simliklariga ham o`xshamasligini, o`simliklar tabiiy sharoitdan dala, 
bog` sharoitiga ko`chirilganda ham yangi turlar hosil bo`lishini qayd etdi. 
Fransuz 
tabiatsunoslaridan 
Jorj 
Byuffon 
(1707—1788) 
transformizmni 
evolyutsionistik oqim bilan birga rivojlantirgan olimlar qatoriga kiradi. U o`z 
asarlarida tabiyotshunoslikning eng murakkab va dolzarb masalalarini chunonchi 
koinot, yer tarixi, hayot paydo bo`lishi, rivojlanishi, tabiatda o`simliklar va hayvonot 
olamining taqdiri, odamning tabiatdagi o`rni kabi masalalarni diqqat markazida 
tutadi. Byuffon taxminiga ko`ra, Quyoshdan ajralgan cho`g` holdagi moddadan 
yer paydo bo`lgan. So`ngra u asta-sekin sovigan. Sovish qutblarda tezroq ro`y 
bergan. Sovish tufayli bug` quyuqlashib, suvga aylangan va jala tarzida yog`ilgan. 
Hayot dastlab anorganik tabiatdan hosil bo`lib, organik molekulalardan mayda tirik 
moddalar hosil bo`lgan. Xuddi shu yo`l bilan quruqlikda ham tuzilish darajasi har 


21 
xil bo`lgan organizmlar rivojlangan. U yerning turli tarixiy davrlarda o`zgarishida, 
qit’alar shakllanishida suvning rolini, yer po`stlog`ining o`zgarishida daryolar, 
shamol, toshqin va suvlarning ahamiyatini ko`rsatgan. Uning asarlarida tabiatning 
bir butunligi haqidagi fikrlar targ`ib qilingan. «Hayvonlar bilan o`simliklarni 
taqqoslash» nomli asarida o`simliklar bilan hayvonlar o`rtasida keskin chegara 
yo`q, barcha hayvonlar bir reja asosida tuzilgan, har xil hayvon guruhlari 
o`rtasida oraliq formalar mavjud, degan fikrlar ilgari surgan. Asarda tashqi 
muhitning organizmga ko`rsatgan ta’siri ta’kidladi hamda bir qancha davrlar 
mobaynida yer yuzida ro`y bergan o`zgarishlar pirovard natijada hayvonot va 
o`simliklar olamiga ta’sir ko`rsatib, uni o`zgartirgan, deyiladi. 
Xilma-xil iqlim sharoiti, oziq, chatishtirish faqat individual o`zgarishga emas, 
balki organizm irqlari orasidagi o`zgarishga, tur ichida yangi irqlar paydo bo`lishiga 
olib kelgan. U hayvonlarning geografik tarqalishi haqida bahs yuritib, yangi va eski 
dunyo hayvonlarini o`zaro taqqoslaydi hamda yangi dunyo hayvonot dunyosi bir 
vaqtlar eski dunyo hayvonot dunyosidan kelib chiqqan, deb e’tirof qiladi. Byuffon 
«Tabiat tarixi» degan asarida tabiatda hosil bo`ladigan yangi turlar to`g`risida 
mulohaza yuritib, har qanday oilada bir tur umumiy o`zak bo`lib, undan har xil 
tarmoqlar — avlodlar, turlar hosil bo`lgan deydi. Vaqt «tabiatning buyuk omilidir», 
u asta-sekin, ma’lum qonuniyat asosida, sakrashsiz harakatlanadi, oqibatda 
organizmlar oldin ko`z ilg`amas darajada o`zgarib, keyinchalik ko`zga yaqqol 
tashlanadi. Byuffonning yer tarixi, o`simliklar bilan hayvonlarning o`zgarishi 
to`g`risidagi qarashlari o`sha davrda juda ilg`or bo`lib, hukmron teleologik 
dunyoqarashga tamomila zid edi. Shu sababli ham Fransiya Fanlar Akademiyasi 
Byuffon ta’limotini bema’ni deb topdi va uning asarlarini yondirib yuborishga 
farmon berdi. Byuffon esa omma oldida o`zining ilg`or fikrlaridan voz kechishga 
majbur bo`lib tirik qoldi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish