Populyatsiyaning genetik muvozanati.
XX asr boshlarida daniyalik olim
Iogansen populyatsiyalarni genetik tomondan o`rganishga asos soldi. U 1903 yili
nashr qilingan «Populyatsiyalar va toza liniyalardagi irsiylanish to`g`risida» degan
asarida geterozigota genotipga ega organizmlardagi tanlash ta’sirini tajribada
isbotladi. Hozirgi vaqtda aniqlanishicha, tabiatdagi barcha populyatsiyalar xilma-xil
mutatsiyalarga ega bo`lib, genotip jihatdan geterogen hisoblanadi. Agar
populyatsiyaga tashqi muhitdan biror ta’sir bo`lmasa, undagi genetik geterogenlik
kelgusi bo`g`inlarda o`zgarishsiz, ma’lum muvozanatda saqlanadi. Bu hodisani
birinchi bo`lib 1908 yili Xardi va Vaynberg aniqlaganlar. Buni tushuntirish uchun
misollar keltiraylik. Bir populyatsiyada
AA
va
aa
allellarga ega gomozigota
formalar teng miqdorda va ular o`zaro qiyinchiliksiz chatishadi, deb taxmin qilaylik.
U holda bunday formalarning o`zaro chatishishidan quyidagicha natija hosil
bo`ladi. Olingan raqamlardan ko`rinib turibdiki, organizmlar populyatsiyaning yangi
bo`g`inida gomozigota
AA
0,25;
aa
0,25%; geterozigota
Aa e
sa 0,50% nisbatda
131
uchraydi. Ko`p hollarda populyatsiyaning gomozigota formalarida biror genning
dominant va resessiv allellarining nisbati teng bo`lmay, bir allel ko`proq qirilsa
ham, yozda jadal urchiydi. Bunday holatda tabiiy populyatsiyada
AA
0,7% ni,
aa
0,3% ni tashkil qilishi mumkin.
♀
♂
0,5
A
0,5
0,5
A
0,25
AA
0,25
Aa
0,5
a
0,25
Aa
0,25 aa
Bunday populyatsiyada, mabodo, dominant va resessiv allelga ega bo`lgan
organizmlar qiyinchiliksiz o`zaro chatishadigan bo`lsa, u holda kelgusi bo`g`inda
quyidagicha natija hosil bo`ladi:
Raqamlardan ko`rinib turibdiki, populyatsiyaning yangi bo`g`inidagi 100 ta
zigotadan 42 tasi geterozigota
Aa,
faqat 9 tasi gomozigota aa allellarga ega bo`ladi.
♀
♂
♂♂♂
♂
0,7
A
0,3
a
0,7
A
0,49
AA
0,21
Aa
0,3
a
0,21
Aa
0,09
aa
Agar geterozigota, gomozigota holatdagi allellarning umumiy sonini hisoblab,
teng
2
ga bo`linsa, u holda populyatsiyadagi AA
0,7% ni tashkil etadi,
aa
allellari esa
0,3% ga teng bo`ladi. Bu misolda ham populyatsiyada dominant va resessiv allellarni
saqlovchi organizmlarning o`zaro nisbati kelgusi bo`g`inlarda turg`un holatda saqlanishi
ko`rinib turibdi. Populyatsiyadagi mazkur genning birinchi alleli —
A
ning uchrash
tezligini qq
,
ikkinchi alleli
(a)
ni (1—(
q
) bilan ifodalasak, ularning o`zaro chatishishi
natijasida quyidagi formula hosil bo`ladi. Allellarning yig`indisi esa
q
2
-q
(1—
q
):q (1—
q);(1—q
)
2
yoki q
2
; 2q(1—q):(1—
q
)
2
ga teng bo`lib, u har xil genotipga ega organizmlar
populyatsiyada qanday nisbatda uchrashini ifodalandi:
♀
♂
qA
(1-q)a
qA
q
2
AA
q(1-q)Aa
(1-q)a
q(1-q)Aa
(1-q)
2
aa
Xardi—Vaynberg ilgari surgan mazkur formula hozirgi vaqtda
Xardi
—
Vaynberg qonuni
deb ataladi. Bu qonun tabiiy populyatsiyalarda har xil genotipga ega
organizmlarning bo`g`inlararo munosabatini belgilayvermaydi, chunki tabiiy sharoitda
yashaydigan organizmlar orasida o`zini-o`zi changlatuvchi — urug`lantiruvchi, jinssiz
yo`l bilan ko`payuvchi organizmlar soni kam bo`lgan kichik populyatsiyalar ham
uchraydi. Xardi — Vaynberg qonuni kariotipi diploid bo`lgan, chetdan changlanuvchi
va normal meyozga ega organizmlarda, birinchidan, populyatsiya benihoyat katta,
ikkinchidan, u shu turga mansub boshqa populyatsiyalardan ajralgan holatda bo`lganda,
uchinchidan, populyatsiyada yangi mutatsiya ro`y bermaganda, to`rtinchidan,
populyatsiyada tanlanish bosimi bartaraf etilganda o`z kuchini saqlaydi.
Xardi-Vaynberg
qonuniga
asoslanib,
S.S.Chetverikov
tabiatda
tarqalgan
populyatsiyalarda mutatsiya holatini analiz qildi. Populyatsiyalarda vujudga kelgan
132
fenotip jihatdan ko`zga ko`rinadigan dominant mutatsiyalar bilan bir qatorda resessiv
mutatsiyalar ham ro`y beradi. Ular fenotip tomondan namoyon bo`lmaydi va
populyatsiyaning tashqi qiyofasini deyarli o`zgartirmaydi. Shunga ko`ra, tabiiy
sharoitdagi populyatsiyalar fenotip tomondan nisbatan o`xshash bo`lsada, lekin
genotip tomondan doim geterogen bo`ladi. Tabiatdagi populyatsiyalarning
geterogenligi juda ko`p tekshirishlar natijasida aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |