141
Biologik alohidalanishning ikkinchi katta guruhi chatishtirishdan keyingi yoki
genetik alohidalanish bilan uzviy bog`liq. Genetik alohidalanish urug`langandan so`ng
zigota yoki embrionning nobud bo`lishi, duragaylarning to`liq yoki qisman
pushtsizligi va hayotchanligining pasayishi bilan harakterlanadi. Odatda, turlararo
chatishtirishda hosil bo`lgan duragaylar ba’zan hayotchan bo`ladi. Lekin ularda
jinsiy hujayralar normal rivojlanmaydi. Mabodo, gametalar normal rivojlansa ham,
duragaylar kam nasl qoldiradi.
Tabiatda «chatishish orqali alohidalanish» holati ham mavjud. Bu holda ikkita
yaqin forma tarqalgan joy chegarasida ularning chatishishidan hosil bo`lgan
duragaylar uchraydi, lekin ularning nasli nimjon bo`lib, ota-ona turlariga kiruvchi
kuchli individlar bilan raqobatda yashay olmaydi yoki hayotchan bo`lmaydi.
Chatishish orqali alohidalanish Yevropada tarqalgan ba’zi bir hasharotlarda, ola va
qora qarg`alarda uchraydi.
Alohidalanishning o`zi mustaqil evolyutsion omil sifatida yangi genotiplar
yoki tur ichidagi formalarni vujudga keltirmaydi. Alohidalanish ta’siri populyatsiya
geterogen holatda bo`lganda ro`y beradi. Alohidalanishga uchragan organizmlar
guruhida farq yanada ko`payishi uchun evolyutsiyaning boshqa omillari, birinchi
navbatda tabiiy tanlanish zarur. Binobarin, alohidalanish evolyutsiyaning boshqa
omillari bilan uzviy bog`liqdir. Alohidalanish qancha uzoq muddatli bo`lsa, uning
ta’siri shuncha kuchli bo`ladi. Ko`p hollarda biologik va geografik alohidalanishni
vujudga keltiruvchi sabablar uzoq muddat saqlanadi. Shunga qaramay, alohida-
lanishning uzoq muddat ta’siri evolyutsiyaning yo`naltiruvchi faktori bo`la olmaydi.
Shu nuqtai nazardan olganda, alohidalanish ta’siri evolyutsiyaning boshqa omillari,
chunonchi mutatsiya, populyatsiyalar o`zgarishiga o`xshashdir. Alohidalanishning
muhim natijasi inbridingni vujudga keltirishidir. Inbriding tufayli geterozigota
holatda kam uchraydigan resessiv mutatsiyalar fenotipda namoyon bo`ladi. Bunday
hodisalarda alohidalanish evolyutsion omil sifatida dastlabki populyatsiyadagi
panmiksiyaga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Evolyutsiya jarayonida alohidalanish
boshlang`ich bosqichda bo`lgan genotipik differensiyalanishni mustahkamlaydi va
kuchaytiradi. Alohidalanish tur hamda populyatsiyaning bo`linishiga sababchi omil-
dir. Bo`lingan tur, populyatsiyalarga tanlanish har xil ta’sir ko`rsatadi. Binobarin,
alohidalanish boshlang`ich tur va populyatsiyani ikki va undan ko`p bo`laklarga,
populyatsiya guruhini esa o`zaro farq qiluvchi formalarga ajratadi. Tabiatda har
qanday organizmlar guruhi alohidalanish natijasida genetik jihatdan bir-biridan
ajraladi. Bu hol o`z-o`zidan alohidalanish ta’siri har qanday evolyutsiya jarayoni
uchun majburiy hisoblanishini ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: